SOTSIOLINGVISTIKADA PSIXOLINGVISTIK VA SOTSIOLOGIK
TUSHUNCHALAR. KOMMUNIKATSIYA. KOMMUNIKATIV VAZIYAT
Reja:
1. Kommunikatsiya.
2. Kommunikativ vaziyat.
Tayanch so‘z va iboralar:
kommunikatsiya, verbal va noverbal
kommunikatsiya, kommunikativ vaziyat, kommunikativ vaziyat komponentlari
.
“Kommunikatsiya”
ko‘p
ma’noli
termin
bo‘lib,
u
“ommaviy
kommunikatsiya (axborot) vositalari” birikmasida matbuot, radio va
televideniyening axborot vositalarini, texnikada aloqa tarmog‘ini ifodalash uchun
ishlatiladi. Sotsiolingvistikda “kommunikatsiya” “muloqot” so‘zining sinonimi
sifatida qo‘llaniladi.
Kommunikatsiya
verbal (nutqiy) va noverbal (nutqsiz)
36
bo‘lishi mumkin.
Kishilar o‘rtasidagi muomala jarayonida nafaqat verbal, balki noverbal muloqot
vositalaridan, ya’ni turli imo-ishoralardan ham foydalaniladi. Har qanday
jismoniy ishda ham nutqiy muomalaga ehtiyoj tug‘ilavermaydi: Masalan, shovqin
yuqori bo‘lgan ish joylarida, xususan, temirchilik, quymachilik, qadoqlash va h.k.
sexlarda ishchilar ko‘pincha imo-ishoralar vositasida muloqot qiladilar.
Ba’zi jamiyatlarda qadimda so‘zlashuv nutqidan kam foydalanishga harakat
qilingan. Masalan, Xitoy va Koreyada konfutsiy olim-amaldorlari odatda o‘z
fikrlarini yozma ravishda ifodalashgan. Hukmron konfutsiy aslzodalarining
qiyofasi loqayd, yuzi toshdek, hech qanday ifoda kasb etmagan. Mazkur
an’analarning bugungi koreys jamiyatida ham o‘z ta’sirini yo‘qotmaganligi
kuzatiladi.
S. M. Ervin-Tripp kommunikatsiya jarayonidagi partner (muloqot
ishtirokchi)larning verbal muomalasiga sotsiolingvistikaning asosiy predmeti
sifatida qaraydi: “Sotsiolingvistika ishtirokchilarning holatga, mavzuga, o‘zaro
ta’sir funksiyalariga, shakl va baholarga ko‘ra verbal muomalasi bilan ish ko‘radi.
Mazkur ta’rifning markazi verbal muomala (so‘zlashuv va uning muqobillari)
hisoblanadi. Bu o‘rinda sistemani to‘liq tavsiflash uchun lingvistik belgilarning
funksional alternant (muqobil)lari sanalgan imo-ishoralar va tasvirlarni ham
kiritish lozim bo‘ladi. Biroq verbal muomala yuqori darajadagi to‘liq sistema
36
Verbal
so‘zi lotincha
verbum
“so‘z”dan olingan.
55
sifatida o‘zini har joyda namoyon qiladi. Shunga ko‘ra uni qulay boshlang‘ich
nuqta deyish mumkin”
37
Jahon tilshunosligida til tizimini shaxs bilan bog‘liq tarzda o‘rganish asosan
sotsiolingvistika, lingvistik semantika, kognitiv tilshunoslik, psixolingvistika,
pragmatik tilshunoslik, lingvokul-turologiyaga oid tadqiqotlarda namoyon
bo‘lgan. Xususan, V. fon Gumboldt, L. Vaysgerber, E. Sepir, B. Uorf,
A. Potebnya, J. Lakoff, M. Jonson, N. Xomskiy, N. Karaulov, L. Shcherba,
F. Sedov kabi tilshunoslarning ishlarida til tizimi shaxs omili bilan bog‘liqlikda
tadqiq etilgan.
Kognitiv tilshunoslik tilni kodlashtirish va transformatsiyalashda muhim rol
o‘ynaydigan kognitiv mexanizm sifatida o‘rganadi. Kognitiv tilshunoslik dunyoni
anglash va bilish, klassifikatsiya, toifalash (kategorizatsiya) jarayonlari qanday
amalga oshirilishini tushunish, bilim qanday to‘planishi, qanday tizimlar
axborotni qabul qilish orqali faoliyatning turli turlarini ta’minlashini tushunib
olishni maqsad qilib qo‘ygan.
Sotsiolingvistikaning mohiyati psixologiya va lingvistika sohalari kesishuvi
natijasida yuzaga kelgan psixolingvistikada
yaqqol
namoyon bo‘ladi.
Psixolingvistik tadqiqotlarda matnning matn tuzuvchi – matn – retsipiyentdan
iborat uchlik nuqtayi nazaridan tadqiq etilishi unda shaxs omilini chuqur
o‘rganishni taqozo etadi.
Psixolingvistikaning asosiy tadqiq obyekti nutqiy faoliyat jarayoni
hisoblanadi. Rus tilshunosligida mazkur soha rivojiga katta hissa qo‘shgan
A. A. Zalevskaya psixolingvistikaning vazifasi haqida yozar ekan, “tilning amal
qilish fenomenini psixik fenomen sifatida tavsiflash va tushuntirish” ushbu
sohaning asosiy maqsadi bo‘lishi kerakligini ta’kidlagan edi.
Sotsiolingvistika va pragmalingvistika o‘zaro aloqadorlikdagi sohalar bo‘lib,
har ikki sohaning umumiy jihatlari nutqiy vaziyat, muloqot xulqi, nutqiy odob
kabi masalalarda tutashadi va bir-birini to‘ldiradi.
Ma’lumki kishilar jamiyatda yashash jarayonida undan ma’lum bir
andazalarni oladilar, o‘sha ijtimoiy muhitga mos tarzda harakatlanib, hayotda
ba’zi sotsial vazifani bajaradilar. Har qanday shaxs o‘zining bajarib turgan
ijtimoiy imkoniyatlariga muvofiq ravishda meyoriy so‘zlash majburiyatiga ega
bo‘ladilar, bu nutq esa so‘zlovchi bajarayotgan ijtimoiy vazifa xususida ma’lumot
beradi. Buni nutqning sotsial xoslanishi deb yuritish ham mumkin bo‘ladi.
37
Эрвин-Трипп С. М. Язык. Тема. Слушатель. Анализ взаимодействия // Новое в лингвистике. Вып.
VII. Социолингвистика. – М., 1975. – С. 336.
56
Ma’lum ijtimoiy vazifa bajaruvchi har qanday shaxs nutqi kasb nuqtayi
nazaridan maxsus til belgilariga ega bo‘ladi. Bu ana shu nutq subyektining
psixologik, mantiqiy hamda falsafiy munosabati bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi.
Ijtimoiy vazifa tushunchasi nutq subyektining egallab turgan vazifasi yoki
bajarib turgan kasbi ma’nosini anglatadi.
–
Dostları ilə paylaş: |