Nutqning so‘zlovchi va tinglovchining madaniy saviyasiga ko‘ra xoslanishi. Nutqiy muloqotninng qanday kechishi, unda lisoniy vositalarning qay
birinining qo‘llanilishi, bu vositalar muloqot ishtirokchilariga qanday ta’sir etishi
muloqotning tarkibiy qismlari bo‘lmish – ichki va tashqi omillarining o‘zaro
hamkorligi bilan belgilanadi. Bunda eng kichik bir xususiyat ham juda kuchli –
ba’zan hal qiluvchi ta’sir kuchiga ega. Shuning uchun nutqiy muloqot
ta’sirchanligini ta’minlash uchun “ikkinchi darajali” narsa bo‘lishi mumkin
emas – muloqot tarkibiy qismlarnining garmoniyasi, simmetriyasigina uning
ta’sirchanligi va mukammalligini ta’minlaydi. Nutqning xarakteri so‘zlovchi va
tinglovchining madaniy saviyasi bilan ham uzviy bog‘liq. Shuning uchun
muloqot shakl va tarzini belgilashda, tasnif etishda kommunikantlar saviyasi
muhim asoslardan bo‘lib xizmat qila oladi.
So‘zlashuv nutqida noverbal vositalarning qo‘llanishi. Uzatilayotgan
axborot tilning muayyan qonun-qoidalari asosida shakllangani (intralingvistika)
uning matn talablariga javob berishini bildiradi, axborotning adresant tomonidan
adresatga
uzatilishida
kommunikant-larning
o‘zaro
munosabatlari
(ekstralingvistika) katta ahamiyatga molik bo‘ladi.
Kommunikativ aktda ishtirok etuvchilar – shaxslarning tiplari, ularning
psixologik,
sotsiologik,
milliy,
mantiqiy,
etik,
etnolingvistik,
mental
xususiyatlarini aniqlash va shu asnoda lisoniy shaxs tipologiyasini o‘rganish ichki
va tashqi lingvistikaning mushtarak holda kommunikatsiyaga xizmat qilishini
anglatadi.
Bu esa nuqtiy akt, nutq uslubi, nutqiy taktika va strategiya, nutqiy situatsiya,
kommunikantlar o‘rtasidagi hamkorlik (hurmat, mulozamat, e’zoz; kinoya,
e’tiborsizlik, mensimaslik...), noverbal va supersegment vositalar kabi
masalalarni ko‘rib chiqishni taqozo etadi.