Book · January 022 citations reads 484 author



Yüklə 160,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/92
tarix19.12.2023
ölçüsü160,27 Kb.
#184457
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   92
Sotsiolingvistikauslubiyqollanma5.06.20213

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


75 
 
TIL EGASINING KOMMUNIKATIV SALOHIYATI. IJTIMOIY MAQOM 
VA IJTIMOIY ROL. LISONIY IJTIMOIYLASHUV. 
 
Reja: 
1. Til egasining kommunikativ salohiyati. 
2. Ijtimoiy maqom va ijtimoiy rol.
3. Lisoniy ijtimoiylashuv. 
 
Tayanch so‘z va tushunchalar:
kommunikativ vaziyat, kommunikativ 
salohiyat, ijtimoiy maqom, ijtimoiy rol, lisoniy ijtimoiylashuv.
 
Kommunikativ vaziyat ma’lum tuzilishga ega bo‘lib, uning tarkibi 
quyidagilardan tashkil topadi:
1) so‘zlovchi (adresant);
2) tinglovchi (adresat);
3) so‘zlovchi va tinglovchi o‘rtasidagi munosabat;
4) muloqotning emotsionalligi (rasmiy – neytral – do‘stona);
5) maqsad;
6) muloqot vositasi (til yoki uning tarmoqlari – dialekt, uslub, shuningdek, 
paralingvistik vositalar – imo-ishoralar);
7) muloqot usuli (og‘zaki/yozma, kontaktli/distantli); 
8) muloqot joyi.
Kommunikativ vaziyatning tarkibiy qismlari o‘zgaruvchan bo‘ladi. Ular 
o‘zgarishi bilan kommunikativ vaziyat ham o‘zgaradi. Masalan, sud jarayonida 
sudya bilan guvohning muloqoti bu shaxslarning suddan tashqaridagi muloqotiga 
nisbatan o‘ta rasmiy til vositalarining qo‘llanishi bilan farqlanadi. 
Psixolingvistika sohasidan o‘zlashtirilgan yana bir tushuncha til egasining 
kommunikativ salohiyatidir. Nutqiy kommunikatsiya jarayonida kishilar adresat 
uchun tushunarli bo‘lgan ifodalarni tuzish uchun lug‘at va grammatika kabi til 
vositalaridan foydalanishadi. Biroq mazkur tilda muloqotning muvaffaqiyatli 
chiqishi uchun lug‘at va grammatika bilimining o‘zi yetarli bo‘lmaydi. Binobarin, 
u yoki bu til birliklari va ularning birikuvining qo‘llanish shartlarini ham bilish 
lozim. Boshqacha aytganda, til egasi grammatikadan tashqari “vaziyat 
grammatikasi”ni ham o‘zlashtirishi lozim, ya’ni leksik birliklarning ma’nosi va 
gapda joylashish tartibi qoidalarini o‘zlashtirish bilan birga, so‘zlovchi va adresat 
orasidagi munosabat, muloqot maqsadi va boshqa omillarni ham bilishi kerak. Til 
egasi ayrim ijtimoiy vaziyatlarda nutq akti sifatida nimaning maqbul bo‘lishini 
anglashi lozim. Bular til egasining kommunikativ salohiyatini tashkil qiladi.


76 
D. Haymsning fikricha, kommunikativ salohiyat tushunchasi birbiridan farq 
qiladigan ikki intellektual kategoriyaning tan olinishiga bog‘liq bo‘ladi: bilim va 
undan foydalanish qobiliyati. Chunonchi, bilish boshqa, qilish, amalga oshirish 
boshqa bir ishdir. (Hymes D. On Communicative Competence. Original paper. 
1971. – P. 269-293.) Masalan, til bilimi passiv bo‘lishi mumkin, ayni paytda tilni 
bilish, til vositalaridan foydalanish faol bo‘lishi mumkin.
Kommunikativ salohiyat doirasiga odob-axloq qoidalari (o‘zbek lisoniy 
hamjamiyatida san va siz olmoshlari, -lar qo‘shimchasining hurmat ma’nolari, 
yapon va koreys lisoniy hamjamiyatlarida hurmat shakllari kategoriyasining 
qo‘lanilishi), bolalarning kattalar bilan (yoki kattalarning bolalar bilan) muloqot 
qoidalari, kommunikatsiya ishtirokchilarining ijtimoiy mavqeyiga ko‘ra “ijtimoiy 
masofa”ga rioya qilish qoidalari, shuningdek, iltimos, talab, ayblash, tahdid, 
va’da berish kabi turli nutq aktlarini amalga oshirish qoidalari va boshqalar 
kiradi.
Sotsiolingvistikaning ayrim terminlari va tushunchalari sotsiologiya va 
ijtimoiy psixologiyadan olingan. Ulardan eng muhimlari ijtimoiy maqom va 
ijtimoiy roldir. Jamiyatda yashaydigan va turli guruhlarga mansub bo‘lgan har bir 
individ jamiyatda bir qancha ijtimoiy o‘ringa ega bo‘ladi. Masalan, talaba (o‘z-
o‘zidan ma’lum ijtimoiy o‘ringa ega) faol “kamolotchi”, universitetning shahmat 
bo‘yicha chempioni, guruhda yaxshi xonanda, uyda o‘g‘il va aka, do‘stlar 
davrasida o‘rtoq, do‘st va h.k. bo‘lishi mumkin. Mazkur o‘rinlarning har biri 
muayyan qoidalar va vazifalar bilan bog‘liq bo‘lib, u ijtimoiy maqom, deb 
nomlanadi. Ijtimoiy maqomlarning aksariyatiga insonning o‘zi erishadi. Bunday 
maqomlarga orttirilgan maqomlar deyiladi. Talaba maqomiga oliy o‘quv yurtiga 
kirish 
imtihonlarini 
muvaffaqiyatli 
topshirish, 
chempionlik 
maqomiga 
musobaqada g‘olib bo‘lish, er maqomiga nikohdan o‘tish yo‘li bilan erishiladi. 
Boshqa maqomlar, xususan, jins, etnik yoki muayyan irqqa oidlik tug‘ma bo‘ladi.
Har qanday maqom huquq, majburiyat va unga mos me’yoriy muomaladan 
iborat bo‘ladi. Jumladan, talaba maqomi darslarga qatnashish, imtihonlar 
topshirish, amaliyot o‘tash, universitet kutubxonasidan foydalanish va 
boshqalardan iborat bo‘ladi. Professor-o‘qituvchi maqomi muayyan fandagi 
salohiyat, ma’lum pedagogik malaka, ilmiy faoliyat, kafedra majlisida ishtirok 
etish va h.k.dan iborat bo‘ladi. U yoki bu ijtimoiy maqomga ega bo‘lgan kishidan 
atrofdagilar mazkur maqomga mos bo‘lgan ma’lum muomalani kutadi.
Ana shunday standart, umumqabul qilingan kutishlarga ijtimoiy rol deyiladi. 
Bir maqomga bir necha rollar mos kelishi mumkin. Masalan, universitet 
professor-o‘qituvchisidan talabalar, hamkasblar, kafedra mudiri, ma’muriyat va 
texnik xodimlarning kutishlari bir-biridan farq qiladi. Jamiyat uchun xos bo‘lgan 
aksariyat rollar tilda maxsus ma’no kasb etadi: ota, turmush o‘rtog‘i, o‘g‘il, 


77 
sinfdosh, qo‘shni, o‘qituvchi, xaridor, yo‘lovchi, mijoz va h.k. Jamiyatning har 
bir voyaga yetgan a’zosi o‘z rollarining ijrosida o‘zini qanday tutishni yaxshi 
biladi.
Jamiyatning 
a’zosi sifatida individning hayoti u tug‘ilgan va 
tarbiyalanayotgan oilada rol muomalasini, o‘zini qayerda qanday tutishni 
o‘rganishdan boshlanadi. Xuddi ana shu yerdan shaxsning ijtimoiylashuv
jarayoni – yashashi va harakat qilishi kutilayotgan jamiyatga kirishi boshlanadi. 
Ijtimoiylashuv individning asta-sekin o‘zi uchun yangi bo‘lgan guruhlarga kirishi 
va yangi rollarni o‘zlashtirish jarayonidir. 
Ijtimoiylashuv jarayonining muhim tarkibiy qismlaridan biri lisoniy 
ijtimoiylashuv bo‘lib, u muayyan jamiyatda qo‘llaniladigan tilni o‘zlashtirish va 
undan foydalanish qoidalarini u yoki bu ijtimoiy rolni ijrosiga muvofiq 
ishlatishini ifodalaydi. Xullas, sotsiolingvistikada qo‘llaniladigan ayrim 
tushunchalar psixolingvistika, sotsiologiya va ijtimoiy psixologiya sohalaridan 
o‘zlashtirilgan bo‘lib, ular tilning mavjud ijtimoiy sharoitlar bilan bog‘liqligini 
o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Yüklə 160,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin