Book · January 022 citations reads 484 author


Adabiy til milliy tilning boshqa shakllaridan quyidagi o‘ziga xos



Yüklə 160,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/92
tarix19.12.2023
ölçüsü160,27 Kb.
#184457
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   92
Sotsiolingvistikauslubiyqollanma5.06.20213

Adabiy til milliy tilning boshqa shakllaridan quyidagi o‘ziga xos 
xususiyatlari bilan farqlanadi: 
1) kodlashgan tarmoq: u barcha adabiy tilda so‘zlashuvchilar uchun yagona 
va umummajburiy bo‘lib, unga turg‘un me’yor xosdir va bu me’yor ma’lum 
maqsadda madaniylashadi;
2) yarim funksional tarmoq: undan inson faoliyatining turli sohalarida 
foydalaniladi. Adabiy til har xil sohalarda turli vazifalarda ishlatilishiga ko‘ra 
quyidagilarga ajratiladi:
a) badiiy-adabiy (proza, poeziya, dramaturgiya) tili;
b) adabiy tilning og‘zaki shakli;
d) funksional uslublar (ilmiy, rasmiy, publitsistik, diniy).
3) adabiy til hududiy dialektlar, sodda so‘zlashuv, ijtimoiy va kasbiy 
jargonlarga nisbatan ijtimoiy jihatdan nufuzli hisoblanadi. Madaniyatning tarkibiy 
qismi bo‘lgan adabiy tilda milliy til kommunikativ tarmoqlarining barcha 
vakillari so‘zlashadi.
Adabiy 
tilning 
to‘liq 
sotsiolingvistik 
xarakteristikasi 
akademik
V. V. Vinogradov tomonidan quyidagicha talqin qilinadi: “Adabiy til u yoki bu 
xalqning, ayrim hollarda bir necha xalqlarning og‘zaki va ko‘pincha yozma 
shaklda mavjud bo‘lgan rasmiy hujjatlar yuritishda foydalaniladigan, maktab 
ta’limida, fan, publisistika, badiiy adabiyot, madaniyatning barcha turlarida 
qo‘llaniladigan umumiy tilidir. Aynan shu tufayli adabiy tilning yozma kitobiy va 
og‘zaki so‘zlashuv shakllari bir-birlaridan farq qiladi. Ularning shakllanishi
o‘zaro 
bir-birlariga 
bog‘liqliklari 
muayyan 
tarixiy 
qonuniyatlarga 
bo‘ysindirilgan”. 
Tarixan dialektlar kishilarning bir-biridan uzoqda bo‘lishi, bir-birlari bilan 
muloqot qilishga halaqit qiladigan turli masofalarda joylashishi natijasida 
shakllangan. Tabiiyki, bir-biridan uzoqda, shuningdek, iqlimi har xil bo‘lgan 
hududlarda yashaydigan kishilarning turli ehtiyojlari va tevarak-atrofdagi 
endemik (turfa) hodisalar nomlashni talab qiladi. 
Norasmiy nutq modeli hisoblangan dialektlar hududiy va ijtimoiy turlarga 
bo‘linadi. Hududiy dialektlar ma’lum hududning o‘ziga xos hududiy belgilari, 
binobarin, o‘ziga xos lug‘at, grammatik yoki fonetik xususiyatlariga ega bo‘lgan 
so‘zlashuv tilidir.


64 
Ijtimoiy dialektga sotsiolekt deyiladi. Angliyada ijtimoiy dialekt muhim 
bo‘lib, u hududiy dialektdan ustuvorligi bilan ajralib turadi. AQShda esa 
aksincha, hududiy dialekt ijtimoiy dialektga nisbatan salmoqli o‘ringa ega.
Tabiiyki, hududiy yoki mahalliy dialektlar tilning geografik jihatdan 
bo‘linishini ifodalaydi. Biroq hududiy mahalliylik mazkur til shaklining faqat 
o‘ziga xos bir tomoni xolos. “Hududiy dialekt” tushunchasi ijtimoiy 
dialektologiyaning asosiy kategoriyasi hisoblanadi. Dialektning ijtimoiy 
variantliligini tahlilga tortilishi sof dialektologik tadqiqotlardan ijtimoiy 
dialektologik tadqiqotlarga o‘tish sanaladi.
Rus sotsiolingvistlari V. I. Belikov va L. P. Krisinlar hududiy dialektlarni 
milliy til va uning boshqa ko‘rinishlaridan farqlovchi xususiyatlarini quyidagicha 
belgilashgan
38
:
1) dialekt egasi (bu asosan qishloq aholisining keksa avlod vakillari)ning 
ijtimoiy, yosh va qisman jins jihatdan cheklanganligi;
2) dialekt qo‘llanish doirasining oilaviy va maishiy cheklanganligi;
3) turli shevalarning o‘zaro ta’siri va dialektlar tizimi o‘rtasidagi 
aloqalarning qayta qurilishi bog‘liqligi natijasida ayrim dialektlarning 
shakllanishi;
4) adabiy til ta’siri ostida o‘ziga xos dialekt nutqining tenglashtirilishi. 
Sotsiolingvistikaning tamoyili dialektlar mavjudligining geografik va 
ijtimoiy-psixologik sabablarini o‘rganishdir. Geografik sabab, bu – tabiiy 
masofalar va to‘siqlar, ijtimoiy-psixologik sabablar “obro‘” (ya’ni dialektning 
nufuzi, ta’siri) va hamfikrlikni ifodalaydi. Bugungi kunda til egalarining 
o‘qimishli qismi orasida shaxsning o‘zligini anglash, uning ma’lum mintaqaviy 
jamoatga tegishlilik belgisi, milliy an’analar bilan munosabatda bo‘lish va h.k. 
vositasi sifatida dialektlarga bo‘lgan qiziqish borgan sari kuchaymoqda. 
Dialektlar shu dialekt egasi yoki u mansub bo‘lgan biron guruhning obro‘yi va 
hamfikrligining ko‘rsatkichiga aylanib bormoqda. Masalan, Rossiyaning 
janubidagi kazaklikka mansublik obro‘ sanaladi va bu kishining o‘tmishi o‘ziga 
to‘q bo‘lganligini assotsiatsiyalaydi. Yoki Yaponiyada dialekt muayyan ma’noda 
mintaqaviy, ba’zan ijtimoiy guruhlarning birlashish vositasi sanaladi. Dialekt – 
“o‘zinikilar” bilan tabiiy muloqot qilish shakli; suhbatdoshga “o‘ziniki” deb 
qarash qanchalik kuchli bo‘lsa, unga shunchalik keng darajada dialektda murojaat 
qilinadi. Biroq notanishga, ayniqsa, chet elliklarga adabiy tilda murojaat 
qilinadi
39
. Dialektlarning muayyan ijtimoiy vazifalarni bajarishini ham kuzatish 
mumkin: ayrim mamlakatlarda dialektlar nafaqat kundalik muomala va folklor 
38
Беликов В. И., Крысин Л. П. Социолингвистика. – М., 2001. – C. 30. 
39
Алпатов В. М. Япония: язык и общество. – М.: «Муравей»,


65 
dastalarida, balki ba’zi radioeshittirishlar hamda teatr sahnalarida ham 
qo‘llanilmoqda. 
Sotsiolekt termini lingvistikada XX asrning ikkinchi yarmida paydo bo‘lgan. 
U sotsio – jamiyatga bo‘lgan munosabat va dialekt so‘zlaridan tashkil topgan 
bo‘lib, rus tilidagi “социальный диалект” (ijtimoiy dialekt) birikmasining 
qisqargan shaklidir. Sotsiolekt – umumiy ijtimoiy xususiyatlariga ko‘ra 
birlashgan ayrim guruhlarning lisoniy ehtiyojlarini qondirish uchun nutq 
amaliyotida ishlab chiqilgan til shakli. Standart tildan farqli o‘laroq, sotsiolektda 
ba’zi o‘rinlarda chetga chiqish mumkin. Til ham xuddi tashqi ko‘rinish singari 
sinflar haqida guvohlik beradi. Sotsiolekt verbal xulq va ijtimoiy ahvolning 
muvofiqligini ifodalaydi.
Ko‘pchilik davlatlarda mansab pog‘onalaridan ko‘tarilish uchun sotsiolektni 
bilish zarurdir. Ayniqsa, Buyuk Britaniyada amaldorlik va mavqe sotsiolektga 
bog‘liq bo‘lgan. Bu yerda 

Yüklə 160,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin