Book · January 022 citations reads 484 author


U (Upper class “yuqori sinf”) nutqi  no-U



Yüklə 160,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/92
tarix19.12.2023
ölçüsü160,27 Kb.
#184457
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   92
Sotsiolingvistikauslubiyqollanma5.06.20213

U
(Upper class “yuqori sinf”) nutqi 
no-U
nutqiga 
qarama-qarshi qo‘yilgan. Tabiiyki, sotsiolektlar ham oliy zodagonlar, o‘rta (oliy, 
o‘rta, quyi), ishchilar (oliy, o‘rta, quyi), quyi, past (avom xalq) singari sinflarga 
ko‘ra farqlangan. G‘arbda sotsiolekt tushunchasi ijtimoiy sinflar, tabaqalarning 
nutqini ifodalasa, sobiq SSSRda sotsiolekt kasbiy leksika: dengizchilar, konchilar 
va h.k. tili sifatida izohlangan. 
Hozirgi rus sotsiolingvistikasida sotsiolektga quyidagicha ta’rif berilgan: 
Milliy til doirasidagi biron ijtimoiy guruh (kasbiy, tabaqaviy, yosh va h.k.)ga xos 
bo‘lgan lisoniy xususiyatlar majmuyiga sotsiolekt deyiladi. Masalan, askarlar 
(askarlar jargoni), o‘quvchilar (maktab jargoni) nutqi, jinoyatchilar jargoni, 
xippilar argosi, talabalar slengi, turli sohalarda ishlovchilarning kasbiy “tili”, 
argolari va h.k. sotsiolektlarga misol bo‘la oladi. (Беликов В. И., Крысин Л. П. 
Социолингвистика. – М., 2001. – C. 30.) “Sotsiolekt” termini turli-tuman, bir-
biriga o‘xshamaydigan, ayni paytda umumiy xususiyatlarga ega bo‘lgan lisoniy 
shakllarni ifodalash uchun qo‘llaniladi. Mazkur shakllar ijtimoiy chegaralangan 
kishilar guruhining kommunikativ ehtiyojlariga xizmat qiladi.
Sotsiolektlar kommunikatsiyaning butun bir tizimini ifodalamaydi. 
Chunonchi, u so‘zlar, so‘z birikmalari, sintaktik konstruksiyalar, urg‘u 
xususiyatlari va h.k. ko‘rinishidagi nutqning o‘ziga xosligidir. Sotsiolektlar 
asosini milliy tildan deyarli farq qilmaydigan lug‘at va grammatika tashkil qiladi. 
Masalan, jinoyatchilar argosida o‘ziga xos ma’no, xususan, metaforik ma’no kasb 
etgan so‘zlar mavjud: ment – “militsioner” etap qilish – “qamoqqa jo‘natish”, 
narkota – “narkotik, giyohvand moddalar bilan shug‘ullanish” va h.k. Biroq 
mazkur so‘zlarning turlanishi, tuslanishi va gapdagi bog‘lanishi umumtil qoliplari 
va qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi. Hatto, so‘zlar ham umumtil leksikasiga 
mansub bo‘ladi. 


66 
“Argo”, “jargon” fransuzcha (argot, jargon)dan kelib chiqqan, “sleng” 
inglizcha (slang)dan olingan. Bu uch termin ko‘pincha sinonimlar sifatida 
qo‘llaniladi. Biroq mazkur terminlar ortidagi yashirin tushunchalarni chegaralab 
olish maqsadga muvofiqdir. Jargon – biron ijtimoiy guruh vakillarining o‘z nutqi 
bilan ko‘pchilikdan ajralib turish maqsadida, o‘zicha mazmun berib ishlatadigan 
so‘z va iboralari. Masalan, oq (aroq), qizil (vino) – ichuvchilar nutqiga xos; 
strelka (uchrashuv) yoshlarning nutqida; ko‘k, ko‘kat (AQSh dollari), dodasi 
(biron narsaning zo‘ri) – ko‘proq bozorchilarning nutqida qo‘llaniladi.
Nemis sotsiolingvistikasida yoshlarning ayrim guruhlari tomonidan 
qo‘llaniladigan, turli sabablar ta’sirida vujudga kelgan maxsus shakllarga jargon 
deyilgan. H. Lofflerning ta’biricha, bu til makon va zamonda chegara bilmaydi. 
Har bir avlod o‘zining yoshligida o‘ziga xos u yoki bu shakldan foydalangan. 
(Löffler H. Germanistische Soziolinguistik. – Berlin, 1985. – P. 133.) 
Rus tilida bir qator leksemalarning turli ijtimoiy guruh jargonlari ta’sirida 
yangi ma’no kasb etganini ko‘rish mumkin: базар (suhbat), баян (shpris), гнать 
(yolg‘on gapirmoq), грузить (ongiga singdirmoq), доход (zaif odam), кинуть 
(aldamoq), мусор (militsioner)
Tilshunoslikka oid aksariyat adabiyotlarda “jargon” bilan “argo” termini 
farqlanmasdan, aralashtirib yuborilgan. Aslida argo va jargon o‘ziga xos 
xususiyatlari va qo‘llanish doirasi ko‘ra bir-biridan farqlanadi.
Argo – jargondan farqli o‘laroq, biron ijtimoiy guruh tomonidan boshqalar 
uchun atayin tushunarsiz qilib qo‘llaniladigan u yoki bu darajadagi yashirin, 
yasama til. Masalan, o‘g‘rilar argosida shmon qilmoq, gopstop qilmoq iboralari 
“o‘g‘irlamoq” ma’nosida, giyohvandlar argosida dori “giyohvand modda” 
ma’nosida ishlatiladi. Argolar jargonga nisbatan o‘zining yashirinlik xususiyati 
bilan ham ajralib turadi. Shuning uchun ular ko‘proq jamiyatning yashirin 
tabaqalari hisoblangan josuslar, jinoyatchilar, o‘g‘rilar, giyohvandlar, fohishalar 
va h.k.lar nutqida uchraydi. 
Tadqiqotchilarning fikricha, argo va jargon o‘rtasidagi chegarani aniqlash 
juda muhimdir va bu chegara yashirinlik darajasi bilan belgilanadi. Argo bu 
yashirin til bo‘lib, u bilan yopiq guruh a’zolari, jamiyatning quyi tabaqa vakillari 
foydalanishsa, jargon bu ajratilmagan guruh atributi bo‘lib, muayyan yoshga yoki 
kasbga oid guruhlarning ijtimoiy dialektidir. Shuning uchun ham, ba’zi 
olimlarning ta’kidlashlaricha, zamonaviy jinoiy guruhlarning ezoterik leksika 
o‘rniga vulgarizmlardan foydalanishga o‘tishi argoning foydalanishdan chiqishiga 
sabab bo‘lmoqda. Ba’zi bir filologlar jargonni subtizim sifatida emas, balki 
umummilliy tilning tarkibiga kiritishga harakat qilishadi. Ammo bu holatda ham 
jargon ijtimoiy markerlanganligi bilan namoyon bo‘ladi. “Hozirgi vaqtda jargon 
haqida qandaydir ijtimoiy guruhning yopiq nutqiy muloqot shakli sifati haqida 


67 
gapirish noto‘g‘ri bo‘lar edi: yoshlar jargoni nutqning pasaytirilgan usuli bo‘lib, 
tengqurlar orasidagi erkin muloqot vositasidir”. 
Sleng, argo, jargon odatta sinonim so‘zlar deb qaraladi. Lekin ularning kelib 
chiqishi va qo‘llanilishini chuqur o‘ganilib qaralsa, ular o‘rtasida juda katta 
farqlar borligiga amin bo‘lasiz. Argo – jargondan qaysidir darajada maxfiy til 
(aynan chetdagi begonalar tushunmasligi uchun yaratilgan ma’lum bir guruh tili) 
bo‘lganligi bilan ham farq qiladi. Shuning uchun ma’lum guruh nomi va undan 
keyin argo so‘zi qo‘llaniladi: (“воровское арго”, “арго офеней”). Tilshunos 
olim Roberining kichik lug‘atida esa argo atamasi umum qo‘llaniladigan atama 
sifatida “jinoiy muhit tili”, lingvistik atama sifatida esa “ma’lum ijtimoiy guruh 
tomonidan ishlatiladigan texnikaga oid bo‘lmagan leksika” sifatida berilgan. 
Argoning etimologik kelib chiqishi – “corporation des jueux” – “qora niyatli 
kishilar jamoasi” sifatida izohlangan. 
Roberida jargon atamasi “noto‘g‘ri, buzilgan” yoki sun’iy yasalgan til 
sifatida berilib, faqat muayyan a’zolar uchun tushunarli deb ko‘rsatilgan. Xuddi 
shunday talqin boshqa fransuz tilshunoslarida ham uchraydi. Biroq Larus 
kutubxonasida lug‘at tuzuvchilarining fikricha, aynan argo (jargon emas) 
“ma’lum bir ijtimoiy va kasbiy guruh odamlarining boshqa ijtimoiy birliklarga 
nisbatan ajralib turish maqsadida ishlatadigan so‘z va iboralarning yig‘indisi”ni 
anglatadi.
Hozirgi zamon tilshunosligida yoshlar tiliga jargon sifatida katta ahamiyat 
berilmoqda. Ayniqsa italiyan tilshunosligida yoshlar tili alohida ahamiyat kasb 
etadi. Buyuk tilshunos olim, italiyan va nemis tillari mutaxassisi Edgar Radtke 
yoshlar tili borasida juda noyob ma’lumotlarni ta’kidlab o‘tgan. Bunga ko‘ra olim 
yoshlar tilini semantik va grammatik jihatdan adabiy tilga yaqin deb hisoblasa-da, 
lekin uning umri qisqaligi, o‘ta o‘zgaruvchanligini nazarda tutib, uni til qatlami 
sifatida e’tirof etadi. Yoshlar tilining aynan tilshunoslikda o‘rganilishi Italiyada 
ancha kech boshlandi, deydi olim, bunga sabab qilib esa taraqqiyotning kech 
boshlanganligini ko‘rsatadi. Hozirgi kunda yoshlar tili, umuman jargonlarni 
sotsiolingvistika o‘rganadi. Til qatlamlariga kiruvchi jargon, argo, slenglar esa 
aynan shu jamiyat qatlamlarining tili hisoblanadi. 
Bir qator italiyan adabiyotlarida ta’kidlanishicha, italiyan tilshunosligida 
yoshlar tili ishlatilish doirasi qisqa bo‘lgan so‘zlar guruhiga kiruvchi bo‘lim 
sifatida o‘rganiladi. Bu guruhga kiruvchi leksemalar qaysidir jihatdan kodlangan 
bo‘lib, faqat ba’zi ja’miyat guruhlari tomonidan ishlatiladi. 
Olimlarning aytishicha, yoshlar slenglari xuddi meteorga o‘xshab tez 
harakatlanadi, ularning umri ko‘pi bilan o‘n yilga cho‘ziladi va oxirida portlab 
yo‘qolib ketadi. Hozirgi kunda yoshlar tili haqiqatdan ham muloqotda juda tez 


68 
yoyilmoqda va bunga sabab hozirgi kunda axborot texnologiyasining keng 
tarqalganligidadir. 
Yoshlar tili kam bo‘lgan so‘zlardan tashkil topib, 12–13 yoshli o‘smirlar 
orasida tarqalgan sotsial dialekt maqomini oladi va odatda bu til yoshlarni 
kattalardan uzoqlashtirish maqsadida yaratiladi. 
Yoshlar tilining o‘ziga xos xususiyatlari. Yoshlar slengi xuddi boshqa sleng 
(jargon)lar singari umumiy milliy tilning fonetik va grammatik asosidagi leksika 
(lug‘at tarkibi)dan tuzilgan, o‘zining og‘zaki nutqiga tegishliligi ba’zan esa 
qo‘pol va betakallufligi bilan farqlanadi. Yoshlar tilida ko‘proq tarqalgan 
semantik maydonlar – “inson”, “tashqi ko‘rinish”, “kiyim”, “uy”, “ bo‘sh vaqt” 
kabilardir. 
XIX asrda vujudga kelgan kasbiy jargonlar, ya’ni ijtimoiy hamda yoshga 
doir jargonlarni o‘rganish an’analari hozirgi paytda yangi yo‘nalishlarga ega 
bo‘lmoqda. Agar kasbiy jargon va umummilliy leksika o‘rtasidagi chegarani 
aniqlash qiyinchilik tug‘dirmasa, yoshga doir jargonning chegaralarini aniqlash 
muammo tug‘diradi. Tadqiqotchilarning maxsus e’tiborini jalb qilayotgan yoshlar 
jargoni xususiyatlari borasida turli xil qarashlar mavjud. Ba’zi tilshunoslar 
jargonning tizimga ega ekanligini va umumiyligini inkor etib, uni qandaydir 
ijtimoiy guruhning “maxsus tili” sifatida tasavvur qilishadi. M. M. Kopilenkoning 
yozishicha: “14-15 yoshdan 24-25 yoshgacha bo‘lgan so‘zlovchilarning katta 
qismi o‘z tengdoshlari bilan muloqotda bir necha yuz maxsus so‘z va o‘tkir 
idiomatik birikmalarni ishlatishadi va bu yoshlar jargoni deb ataladi”.
Sleng – G‘arb tilshunosligi an’analariga xos termin sanaladi. “Sleng” 
terminiga haligacha aniq ta’rif berilmagan. Turli lug‘atlarda va sotsiolingvistikaga 
oid adabiyotlarda uning “jargon” (guruhlar jargoni, yoshlar jargoni) terminiga 
yaqin turishi qayd qilingan. (Большой энциклопедический словарь. 
Языкознание. – М.: Российская энциклопедия, 1988. – C. 161; Словарь-
справочник лингвистических терминов. – М.: Российская энциклопедия, 
1985. – C. 287; Беликов В. И., Крысин Л. П. Социолингвистика. – М., 2001. – 
C. 33.)
Sleng so‘zining qachon paydo bo‘lgani noma’lum, biroq u ilk bor yozma 
ravishda XVIII asrda Angliyada qayd qilingan va o‘sha davrda “haqorat” 
ma’nosini anglatgan. 1850-yillarga kelib, mazkur termin “noqonuniy” oddiy 
leksikaning ifodasi sifatida keng qo‘llanila boshladi. Ayni paytda uning 
jamiyatning quyi tabaqalari qo‘llaydigan slang-lingo va “rang-barang” aholi 
foydalanadigan argot singari sinonimlari ham paydo bo‘lgan. (Partridge E. Slang 
Today and Yesterday. – London: Routledge and Kegan Paul, 1979. – P.3.) 
Sleng – muayyan kasb egalari yoki ijtimoiy guruhlarning og‘zaki nutqida 
qo‘llaniladigan, emotsional-ekspressiv bo‘yoqqa ega bo‘lgan so‘z va iboralar. 


69 
Slenglar ko‘proq yoshlarning nutqida uchraydi. Masalan, olmaxon “o‘zini 
oladigan, nozlanadigan odam”, g‘isht “xunuk”, sindirdi “lol qoldirdi” va h.k.
Sleng – jonli, harakatdagi til shakli bo‘lib, u mamlakat va jamiyat hayotidagi 
har qanday o‘zgarishdan ta’sirlanadi. Sleng qo‘llanish doirasiga ko‘ra: hammaga 
ma’lum va barcha tomonidan qo‘llanuvchi umumiy sleng (general slang) va 
muayyan guruhlarga ma’lum bo‘lgan, tor doirada qo‘llanuvchi xususiy sleng 
(special slang)ga ajraladi.
Slenglarning ko‘p so‘zlari va iboralari (ayniqsa, ularning dastlabki 
shakllanishi davrida) keng ommaga tushunarsiz bo‘ladi. Chunki aksariyat slenglar 
ko‘chma ma’noda ishlatiladi. Shuningdek, slengizmlar ko‘pincha chet tillardan, 
ularning dialektlaridan va jargonlaridan o‘zlashtirilgan bo‘ladi. Masalan, 
“tusovka”, “telejka”, “tachka”, “stukach” rus tilidan, “yuzer” (user), “chat” (chat), 
ingliz tilidan o‘zlashtirilgan.
“Sleng” atamasi leksikologiyada birmuncha kechroq paydo bo‘ldi. Og‘zaki 
nutqni o‘rganish jarayonida “jargon” va “argo” tushunchalari, tarixiy nuqtayi 
nazardan, undan foydalanuvchilar guruhining chegaralanganligi va leksik birliklar 
semantikasining ajratilganligini ko‘ramiz. Shu bilan bir vaqtda og‘zaki nutq til 
muhiti normalaridan farqli va juda ko‘p sonli kishilarni birlashtiruvchi muhit 
sifatida mavjudligi ham ma’lum bo‘ldi. Aynan shu tushuncha sleng nomini oldi. 
Sleng deganda biz odatda og‘zaki nutq turlaridan birini tushunamiz. U jamiyat 
tomonidan norasmiy (“maishiy”, “betakalluf”, “ishonchli”) nutq shakli sifatida 
baholanadi. Sleng o‘z navbatida argo va jargonga xos birliklarni hamda ularning 
ma’nolarini metaforik jihatdan o‘zgartirib va kengaytirib o‘zlashtirishi mumkin.
Bu yerda nutqning ekspressiv, so‘z o‘yini va zamonaviy neologizmlarga boy 
sun’iy shakllantirilgan turi haqida gap bormoqda. O. S. Axmanovaning lug‘atida 
sleng atamasiga ikkita ta’rif berilgan: 
1.
Kasbiy nutqning og‘zaki varianti. 
2.
Ma’lum kasbiy yoki ijtimoiy guruhning og‘zaki variant elementlari bo‘lib, 
ushbu guruhdagi odamlar nutqidan adabiy til yoki umumiy nutqqa to‘g‘ridan 
to‘g‘ri, ularga aloqasi bo‘lmagan holatda kiradi.
Tildagi so‘zlarning qo‘llanish darajasi shu til egalari doirasida bir xil emas. 
Ba’zi so‘zlar ular tomonidan birdek foydalanilsa, ba’zilari esa ma’lum hududda 
yashovchi yoki ma’lum kasb-hunar bilan shug‘ullanuvch kishilar nutqidagina 
qo‘llanadi. Shu jihatdan o‘zbek tili leksikasi ikki katta qatlamga bo‘linadi: 
1)
iste’mol doirasi chegaralangan leksika; 
2)
umumiste’moldagi leksika. 
Umumiste’mol doirasi chegaralangan leksika. 
Bu qatlamga oid leksika qo‘llanish doirasining chegaralanish xarakteriga 
ko‘ra uch turga bo‘linadi: 


70 
1)
dialektal leksika; 
2)
terminologik leksika; 
3)
jargon va argolar. 
Dialektal leksika. Ma’lum hududda yashovchi kishilar nutqiga xos bo‘lgan, 
adabiy til leksikasiga kirmaydigan so‘zlar dialektal leksikani tashkil etadi. 
Ma’lum dialekt va sheva vakillarigina qo‘llaydigan bunday so‘zlar dialektizmlar 
deb yuritiladi.

Yüklə 160,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin