languages
– so‘z yasalishi va shakl yasalishi aglyutinatsiya yo‘li bilan bo‘ladigan
tillar.
Akkomodatsiya – Аккомадация – Accommodation
– yonma-yon krlgan
undosh yoki unli tovushlar artikulyatsiyasining uyg‘unlashuvi.
Allamorfizm – Алломо
́рф – Allomorfy
– ma’lum sathni tashkil qiluvchi til
birliklarining turli tiplari.
Amorf tillar – Аморфные – Amorphous languages
(yunon. amorphous –
-siz, be-, + morphe – forma – «shaklsiz, beshakl», «to‘silgan», «o‘zakli»,
«o‘zagito‘silgan») – so‘z o‘zgarishi mavjud bo‘lmagan tillar, grammatil affikslar
yoq (kelishik, son,shaxs, zamon va h.z.) ikki so‘zning bir-biri bilan birikuvi yoki
yordamchi so‘zlar orqali birikadi.
Assimilyatsiya
–
Ассимиляция – Assimilation
– turkiy tillarda, xususan,
o‘zbek tilida keng tarqalgan hodisa bo‘lib, nutqning moddiy zanjirida, ya’ni
tovushlar ketma-ketligida ma’lum bir belgiga ko‘ra ikkita noo‘xshash undoshning
so‘zlovchining talaffuz qulayligiga intilishi tufayli o‘xshash undoshga
aylantirilishidir. Ko‘rinadiki, muayyan leksema tarkibida ma’lum belgi asosida
zidlanuvchi ikki undosh talaffuz noqulayligini bartaraf qilish harakati tufayli
zidlanish belgisini yo‘qotadi, bir xil undoshlarga aylanadi. Natijada leksemaning
og‘zaki so‘zlashuv varianti – uslubiy varianti maydonga keladi. Masalan, tarnov-
tannov, shirmoy non- shirmonnon, badtar- battar kabi.
Apakopa
–
Апакопа – Apocope
– fors-tojik hamda rus tili orqali o‘tgan bir
qator olinmalarning oxirgi bo‘g‘inida ikki va undan ortiq undoshlar qator
kelishlari mumkin. Lekin bir bo‘g‘inda kelgan bu undoshlar og‘zaki nutqda turkiy
tillarning fonetik qonuniyatlariga moslashtiriladi va bir undosh tushiRib
qoldiriladi. Masalan, go‘sht-go‘sh, g‘isht-g‘ish, baRg-bak, vaqt-vaq va boshq.).
|