ETTINChI BO‘LIM TIBBIY YO‘SINDAGI MAJBURLOV ChORALARI XVII bob. Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarining asoslari va ularni tayinlash 91-modda. Majburlov choralarining maqsadlari Oldingi tahrirga qarang. Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari ruhiy holati buzilgan, ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan
shaxslarga nisbatan ushbu shaxslarni davolash va ularning yangi ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir
etishining oldini olish maqsadida tayinlanishi mumkin.
LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Psixiatriya yordami to‘g‘risida”gi Qonunining 16-moddasi . Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari alkogolizmga, giyohvandlikka yoki zaharvandlikka
yo‘liqqan yoxud aqli rasolikni istisno etmaydigan tarzda ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan
jazolash bilan bir qatorda, davolash uchun va jazolash maqsadiga erishishga ko‘maklashuvchi
sharoitlar yaratish uchun sud tomonidan tayinlanishi mumkin.
(91-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi O‘RQ-567-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son) LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 96-moddasi , O‘zbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonunining 40-moddasi . 92-modda. Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llashning umumiy asoslari Oldingi tahrirga qarang. Ijtimoiy xavfli qilmishni aqli norasolik holatida sodir etgan yoki hukm chiqarilguniga qadar
yoxud jazoni o‘tash vaqtida o‘z harakatlarining ahamiyatini anglay olmaydigan yoki ularni boshqara
olmaydigan tarzda ruhiy holatining buzilishi yuzaga kelgan shaxsga nisbatan, agar u o‘zining ruhiy
holati va sodir etgan qilmishining xususiyatiga ko‘ra jamiyat uchun xavf tug‘dirsa, sud tomonidan
tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari tayinlanishi mumkin.
(92-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi O‘RQ-567-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son) LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 12- dekabrdagi 23-sonli “Ruhiy kasallikka chalingan shaxslarga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 3 va 4-bandlari , O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi 07-sonli “Sud hukmi to‘g‘risida”gi qarori 11-bandining to‘rtinchi xatboshisi .