ko‘rsatishdan iborat.
Birinchi ta’sir urg‘ochi nasl yadrosini rivojlanishdan to‘xtatib turishga
qaratilgan bo‘lib, buning uchun yadro moddasining reduksiya jarayoni vaqtincha
to‘xtatib qo‘yiladi. Bunday ta’sir urg‘ochi kapalak tanasidagi tuxumlarni ma’lum
kuchga ega bo‘lgan x-nurlar bilan nurlash va shundan keyin kapalaklar qo‘yib bo‘lgan
urug‘langan tuxumlarni havo harorati 40°C bo‘lgan joyda 60 daqiqa mobaynida
termoaktivlashdan iboratdir. Termoaktivlash ishining boshlanishi urug‘langan
tuxumlarning issiqqa eng sezgir bo‘lgan davriga juda ham tug‘ri kelishi kerak. Bu
davr tuxum qo‘yilib bo‘lgandan keyin 23°C haroratda rivojlanish vaqtida 100
daqiqadan so‘ng boshlanadi. Tuxumlar rivojlanayotgan vaqtda harorat 1°C oshirilsa
yoki kamaytirilsa, tuxumlarning sezgirlik davri, shunga muvofiq ravishda, 10 daqiqa
oldin yoki keyin boshlanadi.
Ikkinchi ta’sir ikkita spermatozoid boshchalarini qo‘shilish uchun ko‘zg‘atib
qo‘yishdan iborat. Ikkinchi ta’sir ham issiqlik ta’siri bo‘lib, bu birinchi ta’sirdan
keyinoq, havo harorati 36°C bo‘lgan joyda 145 daqiqa mobaynida amalga oshiriladi.
Ikkinchi issiqlik ta’siri davri normal rivojlanayotgan tuxumlarning kariogamiy davri
bilan bir vaqtga to‘g‘ri kelishi kerak.
Ana shunday usuldan foydalanilganda androgenetik qurtlar soni tajriba uchun
olingan tuxumlar miqdorining 18% iga to‘g‘ri keladi.
Ko‘p miqdor androgenetik qurtlarni tahlil qilish bularning hammasi o‘z
otalarining belgilarini to‘la-to‘kis takrorlaydigan erkak qurtlar ekanligini ko‘rsatdi.
Androgenetik qurtlarni normal (zigotik) qurtlardan aniqroq farq qilib olish
uchun «aojika» degan Yaponiya zotidan foydalaniladi. Bu zotlar tuxumdan chiqqan
qurtlarining rangi sariq bo‘lishi bilan boshqa barcha zotlardan farq qiladi. Bu belgi
retsessiv hisoblanadi, ya’ni ham erkak, ham urg‘ochi kapalak «aojika» zotidan
bo‘lgandagina bu belgi naslda ko‘rinadi Aojika zotining kapalagi boshqa zotlar
kapalagi bilan cha’tishtirilganda tuxumdan faqat odatdagi qora rangli qurtlar chiqadi.
Agar
Dostları ilə paylaş: