xira oq va yarim oysimon dog‘sizligi bilan farq qiladi.
Qurtlik bosqichida jinsi bo‘yicha belgilab qo‘yilgan zotlarning noqulayligi
shundaki, bu qurtlarni uchinchi yoshdan ilgari, ya’ni qurtlar pigmentatsiyasi
ko‘rinadigan bo‘lmasdan oldin jinslariga qarab ajratib bo‘lmaydi.
Qurtlarni urug‘lik bosqichida, shuningdek,qurtlik bosqichida jinslarga ajratish
va erkak hamda urg‘ochi qurtlarni alohida-alohida boqish naslchilik ishida va
urug‘chilikda duragay urug‘lar etishtirishni anchagina osonlashtiradi hamda
naslchilikda va sanoatda tayyorlanadigan duragay urug‘ning sifatini yaxshilaydi,
sanoat sharoitida faqat erkak qurtlarni boqish esa hech qanday ortiqcha mehnat va
oziq sarflamagan holda davlatga 25% ga yaqin qo‘shimcha ipak beradi.
Dostları ilə paylaş: