часть
1
«
Новости
образования
:
исследование
в
XXI
веке
»
ноябрь
, 2022
г
702
reglamentlanadi. O‘lchash vositalari aniqligining me’yorlarini belgilash, o‘lchash
vositalarining me’yorlanadigan metrologik tavsifnomalarini tanlash, o‘lchashlar usullarini
tanlash va qonunchilik tartibidagi boshqa masalalarini ko‘rib chiqadi. Metrologik
qonunlar, qoidalar va me’yorlarni reglamentlovi yuridik va me’yoriy hujjatlar majmui
qonuniy metrologiyaning ob’ekti bo‘lib hisoblanadi. Respublikada o‘lchashlar birliligi
ta’minlanadigan kelishuv bo‘yicha o‘rnatilgan metrologik qoidalar, talablar va me’yorlarga
amal qilishga erishilmoqda.
Korxona metrologik xizmati idoraviy metrologik xizmatning asosiy bo‘g‘ini bo‘lib
hisoblanadi. Korxona, tashkilot metrologik xizmatining asosiy vazifalariga o‘lchashlar
birliligi va talab etilayotgan aniqligini ta’minlash, korxona, tashkilotda o‘lchashlar,
tekshirish va sinov texnikasi darajasini oshirish va takomillashtirish, korxona, tashkilot
faoliyatining barcha doiralarida metrologik ta’minotni tayyorlash va takomillashtirish
bo‘yicha ishlarni olib borish, ilmiy tadqiqotlar, loyiha, konstruktorlik va eksperimental
ishlar samaradorligini oshirishni, texnologik jarayonlarning berilgan rejimlarini saqlab
turishni ta’minlovchi o‘lchashlar, tekshirish va sinovlarni bajarish vositalari va
metodikalarining optimal nomenklaturasini aniqlash va rejali joriy etish, mahsulot
sifatining ob’ektiv tekshiruvi, mehnat unumdorligini oshirish, moddiy va energetika
resurslarini aniq hisobga olish va ulardan oqilona foydalanish, mehnatning xavfsiz
sharoitlariga rioya etishni tekshirishdan iborat [1].
Korxona, tashkilot metrologik xizmati ishlab chiqarishning metrologik ta’minoti
holatining sistematik tahlilini o‘tkazadi va uning asosida ishlab chiqarishning butun sikli
metrologik ta’minotini takomillashtirish bo‘yicha tashkiliy-texnikaviy chora-tadbirlar
rejasiga takliflarni ishlab chiqadi. Korxona, tashkilot metrologik xizmati o‘lchashlar aniqligi
me’yorlarini, o‘lchash vositalari tavsifnomalarini, o‘lchashlarni bajarish metodikasini,
qiyoslash usullari va vositalarini reglamentlovchi standartlar va boshqa me’yoriy
hujjatlarni joriy etishni tashkil qiladi. Korxona metrologik xizmati korxona tomonidan
chiqarilayotgan mahsulotni ishlab chiqish, ishlab chiqarish, sinash va ishlatishni
metrologik ta’minlash bo‘yicha barcha ishchilarning ilmiy-texnikaviy va tashkiliy-metodik
boshqaruvini amalga oshiradi. Korxona metrologik xizmatning asosiy bug‘uni hisoblanadi.
Korxona metrologiya xizmati korxona rahbarining buyrug‘i asosida tashkil etiladi va
korxona bosh metrologi tomonidan boshqariladi.
Korxona va tashkilotlar metrologiya xizmatining asosiy vazifalari birliklar va talab
qilingan o‘lchashlar aniqligini ta’minlash, o‘lchash texnikasining haqiqiyligi va o‘lchashlar
darajasini oshirish, korxona va tashkilotlarda sinov va nazoratni ta’minlash, korxona va
tashkilotlarning hamma sohalarida metrologik ta’minot haqiqiyligi to‘g‘risida tayyorgarlik
ishlarini olib borish, o‘lchash vositalari va nazorat asboblari, o‘lchash birxilliligini
ta’minlashdan iboratdir [2].
Korxona va tashkilotlar metrologik xizmati mahsulotning metrologik ta’minoti
tug‘risida tizimli taxlil olib boradi va bu ishlarning o‘zagida butun ishlab chiqarish siklini
metrologik ta’minoti ustida rejalar tuzib boradi. Korxona va tashkilotlar metrologik