Международный
научный
журнал
№
4 (100),
часть
1
«
Новости
образования
:
исследование
в
XXI
веке
»
ноябрь
, 2022
г
701
KORXONALARDA O‘LCHASH VOSITALARNI SINOVDAN O‘TKAZISHDA
METROLOGIK XIZMATINING O‘RNI
Badalov Nomoz Jo‘raboevich
Jizzax politexnika instituti, dotsent vazifasini bajaruvchi
SHokirov Muxammad Abduraxmonovich
O‘zbekiston milliy metrologiya instituti DM
Jizzax filiali, bo‘lim boshlig‘i
Annotatsiya:
O‘lchash sohasida keng ko‘lamda olib borilayotgan ishlar, o‘lchash
vositalarining katta miqdori ilmiy tadqiqotlar natijalarining ishonchliligini, texnologik va
axborot jarayonlarini tekshirish va boshqarish tizimlarining samaradorliligini, atrof-
muhitni muhofaza qilish bo‘yicha tadbirlarni, tibbiy tashxislar to‘g‘riligini, energetik,
transport tizimlari ishlarining xavfsizligini va moddiy boyliklarni hisobga olishni
ta’minlagan holda insonlarga xizmat qilmoqda.
Kalit so‘z:
maxsulot, standart, metrologiya, resurslar, sertifikat, o‘lchash, sifat,
menejmenti, sifat tizimi, asbob-uskunalar, kalibrlash, xalqaro standartlar, o‘zaro
almashuvchanlik, xafvsizlik, raqobat.
O‘lchash vositalarining katta miqdori ilmiy tadqiqotlar natijalarining ishonchliligini,
texnologik
va
axborot
jarayonlarini
tekshirish
va
boshqarish
tizimlarining
samaradorliligini, atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha tadbirlarni,
tibbiy tashxislar
to‘g‘riligini, energetik, transport tizimlari ishlarining xavfsizligini va moddiy boyliklarni
hisobga olishni ta’minlagan holda insonlarga xizmat qilmoqda. O‘lchashlar doirasiga
inson faoliyatining tobora ko‘p ob’ektlari
jalb etilmoqda, o‘lchash vazifalari kengroq va
xilma-xil bo‘lib bormoqda. O‘lchash texnikasi aniqligi, barqarorligi,
tez harakat qilishiga
qo‘yiladigan talablar uzluksiz ortmoqda. O‘lchashlar tabiatda amalda bo‘lgan
qonuniyliklarni ochgan holda atrofdagi moddiy olamni tavsiflaydi. Hozirgi vaqtda hech
bir mutaxassis ilmiy-texnikaviy taraqqiyotni sifatli tavsiflaydigan aniq o‘lchashlarsiz
tasavvur qilmaydi. Muammo qanchalik murakkab bo‘lsa, uning echimida o‘lchashlar
tizimining ahamiyati shunchalik katta. Bugungi kunda o‘lchashlar natijalari
foydalanilmaydigan inson faoliyati doirasi yo‘q. Ishonchli o‘lchash axboroti xalq xo‘jaligi
boshqaruvining barcha darajada iqtisodiyot va tekshiruvning asosi bo‘lib hisoblanadi, har
qanday xalq xo‘jaligi masalasining muvaffaqiyatli echimi, hox u energetikani, transportni
yoki qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘lsin, bugun uni mustahkam metrologik poydevorsiz
tasavvur etib bo‘lmaydi. Buning barchasi amaliy metrologiyada ham,
qonunlashtiruvchi
metrologiyada ham echiladigan masalalarning xilma-xilligiga, murakkabligiga va
javobgarligiga sabab bo‘ladi. O‘zbekiston texnik jixatdan tartibga solish agentligi
kompetensiyasiga tegishlidir.
Standartlar, texnikaviy shartlar, metodik ko‘rsatmalar,
qonunlar, yo‘riqnomalar, qoidalar va boshqalarni o‘z ichiga olgan me’yoriy hujjatlar bilan