(
1
—
4
,
5
—
7
(
27
8—9) qarab belgilangan. Chunki, ta ’kidlanganidek о ‘yinlar bola-
larning yoshiga qarab o ‘rgatiladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari
uchun m o‘ljallangan harakatli o ‘yinlar yuqori sinf o ‘quvchilari
uchun o‘ta oson va uncha qiziqarli bolmaydi. Yuqori sinflar uchun
belgilangan o‘yinlar esa quyi sinf o'quvchilari uchun qiyin bo‘ladi.
Bunday holatlar akademik litseylar, o ‘rta maxsus kasb-hunar
kollejlari va oliy o‘quv yurtlarida qo£llanilmasa-da, lekin o ‘yinlar
ulaming bo‘lajak kasb-hunarlariga moslashtirilishi lozim. Masalan,
qishloq va suv xo‘jaligi tizimidagi bolajak mutaxassislarga (chorva-
dorlik sohasi) «Piyoda ko‘pkari», «Eshak mindi», «Cho‘pon»,
«Podato‘p», kurash, piyoda poyga, to ‘pli estafetalar va shunga
o ‘xshash o ‘yinlar qo‘llanilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Ta’kidlash lozimki, jismoniy tarbiya darslari, sport mash-
g‘ulotlari (trenirovkalar), turli xil sport musobaqalari jarayonlarida
harakatli o cyinlarni tashkil qilish va o ‘tkazishga maxsus tayyor-
garliktalab etiladi. Ayniqsa, o‘qituvchi (tashldlotchi), turli xil sport
musobaqalari, o ‘yinlarini mukammal bilishi, uning turli variant-
larini q o llay olishi lozim. Harakatli o ‘yinlar uchun, eng awalo,
sharoitlami (vaqt, joy, qiziqishni) hisobga olish zarurdir. Keng va
toza joylar, maydonlardagi harakatli o‘yinIami uyushtirish ancha
qulayliklar yaratadi. Bu nday joylarda shug‘ullanuvchilaming erkin
yugurishi, sakrashi va turli harakatlarni mustaqil ravishda
bajarishlari, quvnab, xursand bo'lib o'ynashlari uchun imkoniyat-
larbo‘ladi.
Darsdan tashqari (katta tanaffus, uy, ko‘cha, maydonda va
h.k.) vaqtlarda tashkil etiladigan harakatli o ‘yinlami bajarishda
ham yuqorida ta’kidlangan talabalar amalga oshiriladi. Aks holda,
28
kiehik va katta yoshdagi bolalaming aralashib
о'упмЫаг!
u ltr
omsida turli kelisbmovchiliklar, janjalli holatlar,
jarohutluml koltirih
chiqarishi yoki yuqumli kasalliklar yuqtirib olish
holatlarl yuzilgii
kelishi mumkin.
Jismoniy madaniyat va sport harakatida jismoniy
tarbiya tizi-
inining tarmoqlari juda ko‘pdir. Aholi istiqomat joylari,
dam olish
va ko‘ngil ochish-istirohat bog‘lari, yozgi dam
olish-sog'lom-
lashtirish oromgohlari, talabalaming yozgi sport
maskanlari,
sliifoxonalar va sanatoriyalardagi jismoniy tarbiya ishlari
shular
jumlasidan hisoblanadi.
E’tirof etish mumkinki, mazkur maskanlarda ommaviy tashkil
rtiladigan ommaviy soglom lashtiravchi jismoniy madaniyat va
sport tadbirlari negizida milliy harakatli o ‘yinlar salmoqli o ‘rin
tutadi.
Milliy harakatli o‘yinlarsiz bironta ham sport mashg‘ulotlari
o'tkazilmaydi, deyish mumkin. H atto oliy ligadagi futbolchilar,
vollcybolchilar va boshqa sport turlarida shug‘ullanuvchi mohir
sportchilar ham mashg‘ulotlarda va yakka tartibda o ‘zlariga xos
bo'lgan harakatli o ‘yinlarni bajarishadi. Buning boisi shundaki,
harakatli o‘yinlar gavda (mushak) chigallarini yozish (razminka),
ko'ngil ochish (zavqlanish, xursand bo‘lish va h.k.) va jismoniy
hlfnlliirni tayyorlashda maxsus yoki umumiy mashq-o‘yin sifatida
Xl/mat qiladi.
J ismoniy tarbiya tizimida oila va bogechalarda harakatli o‘yin-
Ittrni tashkil qilishga alohida e’tibor beriladi.
Oilada bola tug‘ilgan kundan boshlab, uni sog‘lom o ‘sishi
lichun bor imkoniyatlar ishga solinadi. Ovozli (shiqillovchi)
29
o ‘yinchoqlar va hayvonlar shaklidagi o ‘yinchoqlar (mushuk, qo‘y,
kuchuk, ayiq, turli parrandalar shaklidagi, mashinalar, to ‘plar va
h.k.) bolalaming harakat qilishi, emaklashi va asta-sekin turib
yurishlariga sabab b o ‘ladi. Yura boshlagan bolalam i to ‘p bilan
o‘ynatish ulardagi barcha tabiiy maxsus harakatlami ixcham, tez
bajarishga yetaklaydi. Asta-sekin yosh bolalar (3—5 yosh) o ‘zlari
o'rgangan va ko‘cha maydonlarida o ‘ynagan murakkab harakatli
va qiziqarli o‘yinlarini mustaqil ravishda bajara olishadi. Umuman
olganda, oila sharoitida o‘rgangan harakatli o‘yinlar bolalar hayotida
uzoq vaqtlar davom etadi va ular bu o ‘yinlarni takomillashtira-
dilar.
Jismoniy tarbiya, jismoniy ta ’lim tizimida maktabgacha yosh-
dagi bolalar muassasalari (bog‘chalar)da mashqlar, harakatli о ‘yinlar
eng zarur va qiziqarli jarayondir.
Bog‘chalarda jismoniy tarbiya ishlari bo‘yicha maxsus dastur-
lar ishlab chiqilgan bo‘lib, ularasosida bolalaming yoshiga (1—3,
4—6 yosh) qarab turli mashqlar o ‘yin sifatida o'tkaziladi. Kichik
yoshdagi bolalar uchun, asosan, sayr, o‘yinchoqlar bilan mashg‘u-
lotlar o‘tkazilsa, katta yoshdagi bog‘cha bolalari uchun esa to ‘p
o‘yinlari, estafeta, osilib chiqish, oshib tushish kabi o‘yinlar ko‘p
qo‘llaniladi.
Harakatli o ‘yinlaming eng muhim xususiyatlaridan yana biri
shundaki, eng kichik yoshdagi bolalaming gapirishi, yangi so‘zlami
o‘rganishiga, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining esa nutqini o ‘sti-
rishga xizmat qiladi. Shuningdek, о ‘yinlar mazmunida axloqiy
tarbiya, musiqani sevish, ruhiy holatni yaxshilash, muvozanatni
saqlash kabi juda ko‘p jihatlar va sifatlar mujassamlashgan bo‘ladi.
30
Bolalaming yoshidan va qanday o'yinlar qo‘llanilishidan qat‘iy
nazar, ularning mazmun va maqsadlari gavdani to ‘g‘ri o ‘stirish,
liarakatchanlik, tezlikni oshirish, sog‘ o ‘sish va chiniqishga qara-
l iladi. Bunday o‘yinlar hayotiy ehtiyoj mashqlari (yurish, yugurish,
sakrash, uloqtirish, osilish, suzish va h.k.) hisoblanib, ularning
ko‘pchiligi ijodiy fikrlash va amalda qoMlashni talab etadi.
Jismoniy tarbiya tizimida amaliy-kasbiy jismoniy tarbiya ham
muhim o ‘rin egallaydi. 0 4 o'chiruvchilar, harbiy xizmatchilar
(ularning tarkibi va tarmoqlari keng), tez yordam ko‘rsatuvchilar
hayotida umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik muhim omil-
lardan hisoblanadi. Ularning kasbiy, jismoniy mehnatlari va ish
I'aoliyatlarida harakatli o‘yinlar (musobaqa shaklida) asosiy o‘rinda
(uradi. Masalan, suv sepish, o £t o'chirish asboblari, narvon va
boshq a
zaruriy texnik vositalami manzilga yetkazish, ko‘p qavatli
uylarga chiqish kabi maxsus harakatlami o'rgatish, eng aw alo,
o'yin-musobaqa (estafeta) shaklida o‘tkaziladi.
Davlatimiz chegaralarini qo‘riqlashda chegarachilarga otda
yurish, tog‘lardan o ‘tish, daryoda suzish, samolyotdan sakrash
mashqlarini o‘rgatishda ham maxsus tayyorgarlik o ‘yin musobaqa
shaklida amalga oshiriladi.
U muman olganda, jismoniy tarbiya va uning asosiy vositalari,
shuningdek, harakatli o‘yinlar qo‘llanilmaydigan biron soha yo‘q,
ilcyish mumkin.
0 ‘zbekiston Mustaqilligi yillari davrida jismoniy madaniyat
va sportning tarmoqlari ancha kuchaymoqda. Buni nogironlar
sponi, davolash muassasalari va soglomlashtirish markazlaridagi
jismoniy tarbiya mashg£ulotlari (trenajyorlar) misolida ko‘rish
mumkin. Ulam ing mazmunida maxsus sport turlari, xilma-xil
mashqlar, uqalash (massaj) va boshqa amallar qatorida harakatli
о‘yinlar ham о‘ran olgan bo‘lib, ulardan maqsadli foydalanilmoqda.
Xulosa qilib aytilganda, harakatli o'yinlar jismoniy tarbiya
tizimida musobaqa shaklida o‘ziga xos ijtimoiy-tarbiyaviy va ilmiy-
pedagogik izlanishlaiga m olikbo‘lgan amaliy jarayondir. Ulardan
maqsadli foydalanish jismoniy barkamollik va sport mahoratini
oshirish yo'lida samarali natijalar beradi.
Dostları ilə paylaş: |