Oliyvao rtamaxsus ta’lim vazirlich karimjon Rahimqulov



Yüklə 476,86 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/70
tarix19.12.2023
ölçüsü476,86 Kb.
#186300
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   70
Milliy harakatli o\'yinlar. Rahumqulov K

14. Yordamchilar tayinlash
O'qituvchi asbob-uskunalarni tarqatish va o'matish, o‘yin 
qoidalarming bajarilishini kuzatish va natijalami hisobga olib borish 
uchun o‘ziga yordamchilar tanlab olishi mumkin. Yordamchi 
o‘yinning bo‘lajaktashkilotchisidir. Yordamchi o'yin ishtirokchi- 
lariga holisona munosabatda bo‘lishi kerak. Keng joylarda o‘yna- 
ladigan o‘yinlami o‘tkazishda o'yinlar bo‘yicha tajriba orttirgan 
o'quvchilar o'qituvchiga yordamchi bo'lishi maqsadga muvofiqdir. 
Sog'lig'i yaxshi bo'lmagan va jismoniy tarbiya darsidan vaqtincha 
ozod etilgan o'quvchilami o'yinda kuchi yetgancha qatnashtirish 
uchun ham yordamchi qilib tayinlash mumkin. Ba’zan intizom- 
sizroq yoki haddan tashqari faol bolalarning xulqini yaxshilash 
maqsadida ulami ham yordamchi qilib tayinlash mumkin.
O'yinni bolalar charchashini kutmasdan, harakatlar ularga 
qanchalik ta’sir etayotganiga qarab tamomlash lozim. 0 ‘yinning 
qancha vaqt davom etishi ishtirokchilaming soniga, yoshiga, 
o ‘yinning xarakteri va sur’atiga, texnik usullar (asboblar)ning 
miqdoriga, ob-havo sharoiti va hokazolarga bog'liq bo'ladi.
Ishtirokchilaming jo ‘shqin holatlariga qarab o'yinni tartibga 
solish va boshqarish, uning maqsadini, qoidalarining ma’nosi va 
ahamiyatini bilish kerak. O'quvchilarning o'yin qoidalariga rioya 
qilishlari doimo o'qituvchining diqqat markazida bo'lishi lozim. 
Chunki o'yin qoidalariga rioya qilish katta tarbiyaviy ahamiyatga 
molikdir. 0 ‘qituvchi odilona hakamlik namunasini ko'rsatishi, 
ishtirokchilaming xatolarini shoshilmasdan va mulohazalik bilan 
qayd qilib borishi hamda har bir o'yinchini umumiy qoidalarga 
bo'ysunishga majbur qilishi kerak. 0 ‘yinda, ayniqsa, guruhli 
o'yinlarda sharoitning barcha ishtirokchilar uchun bir xil bo'lishini
61


sezgirlik bilan kuzatib borishi zarur. Har bir bolaga o'yindagi bosh 
rolda o‘z uquvi va bilimlarini aniqlash imkonini berish maqsadida 
onaboshilarning almashinishini belgilab qo‘yish tavsiya etiladi. O'yin 
muvaffaqiyatli o‘tishining eng muhim shartj intizom va unga qat’iy 
amai qilishdir.

Yüklə 476,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin