Oliyvao rtamaxsus ta’lim vazirlich karimjon Rahimqulov



Yüklə 476,86 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/70
tarix19.12.2023
ölçüsü476,86 Kb.
#186300
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   70
Milliy harakatli o\'yinlar. Rahumqulov K

Hosil bayratnini
aytish mumkin. Chunki bahorda ekilgan ekinlaming hosilini yig'ib 
olish, ulami nobud qilmay saqlash va xalqqa yetkazib berish juda 
muhimdir. Ba’zi donli ekinlaming hosili yozda yig'ib olinsa-da, 
Hosil bayrami, odatda, kuzda «Paxta bayrami» bilan qo'shib 
nishonlangan. Chunki dehqonlar, fermerlar, xo‘jalikdagi rahbarlar 
va qishloq aholisi kuzning oxirida o‘z ishlaridan tinib-tinchiydilar, 
to ‘ylar, bayramlarga tayyorgarlik va ulami o'tkazishga ularda 
imkoniyat bo'ladi.
Hosil bayramining dasturida, asosan, san’atkorlaming bayram 
konserti, kurashchilar, chavandozlaming o'yinlari va zamonaviy 
sport turlari bo‘yicha ko'rgazmali chiqishlar joy oladi. Ular orasidan 
milliy harakatli o‘yinlarga ham alohida o'rin beriladi. Bunda 
keksayu yoshlar orasida «Quloq cho'zma», «Piyoda poyga», 
«Chillik», «Podato‘p», «Eshak mindi», ot-eshaklarda poyga, ag'da- 
rish, tortishish, kuch sinash bilan bog'liq bo'lgan turli xil milliy 
harakatli o'yinlar tashkil etiladi.
Bunday ulkan va murakkab an’anaviy bayramlarni tashkil 
qilish yo'llarini talabalar puxta o'rganishlari va amalda qo'llashda 
faol ishtirok etishlari maqsadga muvofiqdir.
An’anaviy bayram tusini olayotgan xilma-xil ommaviy- 
madaniy va sport tadbirlari ham kun sayin ko'paymoqda. Ulaming 
tarkibidan e’tiborga molik bo'lgan turlardan biri 
xalq milliy о ‘yin-
lariga
bag'ishlangan respublika festivallaridir. Bularga «Alpomish 
o'yinlari», «To'maris o'yinlari» kabilar misol bo‘Ia oladi.
Bu milliy o'yinlar negizida qadriyatlar, vatanidan, xalqidan 
g'ururlanish va iftixorlanish tuyg'ulari mujassamlashganligi tufayli 
davlat arboblari, ma’naviy-madaniy sohaiaming fozillari, yetakchi 
olimlari bu o'yinlarga katta e’tibor berishdi.
96


1991-yil 25-aprelda ilk bor xalq milliy o‘yinlari Respublika 
musobaqasi Jizzax viloyatining Forish tumanida tashkil etilib, u 
to 1996-yilgacha shu yerda o‘tkazildi. Respublika hukumatining 
maxsus qaroriga ko‘ra bu musobaqa «Alpomish o‘yinlari Res­
publika festivali» deb qayta nomlanib, 1998-yildan Termizda har 
ikki yilda bir marotaba o‘tkazilib kelinmoqda.
Xotin-qizlar sportiga bog‘ishlangan «To‘maris o‘yinlari Res­
publika festivali» 1999-yil Jizzaxda tashkil etilib, u ham har ikki 
yilda bir marotaba o'tkazilib kelinmoqda. Mazkur festivallami xalq 
xursandchilik bilan kutib oldi va ularga yuksak baholar berdi. 
Chunki ularda, asosan, xalq milliy o‘yinlari, harakatli o'yinlar 
saralanib, tanlab olinib namoyish etildi. Bunga atoqli olimlar 
U.Qoraboyev va T. Usmonxo'jayevlarning katta tashabbuskorlildari 
sababbo'ldi.
Xalqimiz orasida qadimdan davom etib kelayotgan milliy urf- 
odatlar va udumlar ham g‘oyat ko‘pdir. Ulami tashkil qilish va 
octkazishda yurtimizning o‘zligi, milliy g‘ururi, iftixori va, eng 
muhimi, ma’naviy-ma’rifiy madaniyati mujassamlashgan. Ularning 
eng muhimlari to‘ylar (o‘g‘il farzand tug‘ilishi, beshik, payg'ambar 
yoshi, yubiley va h.k.), hayit, qadrlash, xotiralash va h.k. maro- 
simlardir. Ayniqsa, yigitlar va katta yoshdagi kishilar, ayollaming 
har xil yig‘inlari (gap-gashtagi), qizlaryig‘ini, maktabni bitiruvchilar 
kechasi va shu kabi har xil odatlar ham ma’naviy kuch-quwat va 
jismoniy kamolot sababchisi bo‘la oladi.
Turli diniy, o‘tganlami eslash, xotiralash marosimlarida xalqi­
miz o‘tgan-ketgan ajdod va avlodlami xotiralaydilar, ularning oila 
a’zolari, qarindosh-urug‘lariga sabr-toqatli bo‘lish, o‘zlarining 
salomatligini saqlash, farzandlarni yaxshi tarbiyalash, ularni jis­
monan chiniqtirishgatilaklar bildiriladi. Bular milliy qadriyatlari-

Yüklə 476,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin