Yurtimizda an’ananaviy bayramlar
adolat, erkinlik, sog‘lom
turmush tarzini kechirish va boshqa juda ko‘p madaniy jihatlami
o‘zida mujassamlashtirgan ulkan tadbirlarda namoyon bo‘lmoqda.
Ular Navro‘z, kasb-hunar kunlari, Hosil bayrami, katta to ‘ylar
shaklida o‘tkazib borilmoqda.
Navro ‘z ~
yangi kun, yangi yil, bahor bayrami timsolidir.
Navro‘zning asosiy nisonalaridan bin sumalak pishirishdir. Navro‘z
boshlanadigan kechasi sumalak pishirishga ayollar, erkaklar,
ayniqsa, o‘g‘il va qiz bolalar yig'ilishib, noz-ne’matlami dasturxonga
94
to‘kib, birgalikda baham ko'rishadi. Ayollar qozon atrofida yallalar,
laparlar aytib raqsga tushishadi. Bolalar esa maydonlarda quvlashib
turli harakatli o ‘yinlarni bajarishadi. Bunda «Berkinmachoq»,
«Durra soldi», «Kim keldi», «Ovozdan top» kabi milliy o'yinlar
qiziqarli ravishda o‘tkaziladi.
Navro‘z bayrami bir-ikki kun emas, balki hafta va o‘n kunlab
davom etadi. Namoyishli-ko‘rgazmali chiqishlarda kurash, tosh
ko'tarish, bilak kuchini sinash, arqon tortish o'yini va zamonaviy
sport turlaridan (akrobatika, boks, shtanga ko‘tarish, sharqona
yakka kurashchilar va h.k.) bahs-musobaqa tashkil etiladi.
Otchopariar va keng yaylov-qirlarda ko‘pkari-uloq, poyga,
otdan ag‘darish kabi xalq milliy o'yinlari o‘tkaziladi. Tomoshabin-
larga «Arqon tortish», «Chillik» kabi milliy harakatli o'yinlar na
moyish qilinadi.
E’tiborli tomoni shundaki. Navro‘z bayramiga barcha jamoalar
ancha vaqt ilgari tayyorgarlik ko'rishadi va bunda ko'pchilik kishi
ishtirok etib, barcha tadbirlar qatorida milliy harakatli o'yinlarni
tanlash, ulami ijrochilarga o'rgatish va ular bilan bog'liq bo'lgan
jarayonlarga mutaxassis xodimlar, jamoatchi faollar jiddiy yon-
dasadilar.
Navro'z bayramining mazmunida hayotiy ehtiyojlami o'yin
shaklida ifodalash ancha ustuvor turadi. Ya’ni yer haydash, don
yekish, chorvalami ko'paytirish, boqish, o 't o'rish, hashak to‘p-
lash, mehnatdan keyin dam olish kabi juda ko'p faoliyatlar bu
o'yinlaming mazmunini tashkil etadi.
Masalaga nazariy jihatdan yondashilsa, har bir jismoniy tarbiya
xodimi Navro'z bilan bog'liq tayyorgarlik ishlarida ijodiy jihatdan
faol qatnashishlari lozim. Buning uchun o'quvchi-yoshlar vatalabalar
Navro'z bayramidagi tadbirlardan andaza olishdari, ulami amaliy
jihatdan bajarish yo'llarini qunt bilan o'rganishlari lozim bo'ladi.
95
Navro'zning davomi va ajralmas qismi deb
Dostları ilə paylaş: |