o'yinchi chillakni dastaning uchiga qo‘yib turib yengilgina ko'tarib
tashlaydi va chillakni qayta tushib, dastaga tegishi va yana sapchib
ko‘tarilib, qayta dasta ustiga tushirishi kerak. Chillakning dastaga
har bir tegishi uchun bittadan ochko beriladi.
O'yinchi necha ochko to'plasa, u shuncha marta dasta bilan
chillakni urib uni to'g'riga otadi. Agar har bir otganda chillak 2 0 -
30 metr nariga borib tushsa, 3—4 ochko oladi. Shu tariqa chillakni
uloqtirish 90—100 metr masofaga yetkazilishi mumkin.
Yutqazgan o'yinchi yoki raqib guruh o‘yinchisi ana shu maso-
faning hammasini nafas olmay yugurib о ‘tishi lozim.
Chopib
ketayotganida nafas olsa, o‘sha joyda yana dasta bilan chillakni
urib, qaytadan chopib o‘tiladigan masofabelgilanadi.
0 ‘yin qoidalari.
1. Dasta bilan chillakni yuqoriga irg'itganda
chillak dastaga uch martadan kam tegmasligi kerak. 2. Chillakni
yerda yotgan dastaga tashlayotganda ishtirokchilar o'yinni boshlash
chizig'ini bosib turmasliklari kerak. 3. O'yinchi belgilangan maso-
fani chopib o'tishdan
bosh tortsa, u ashula aytib yoki o‘ynab
berishi yoki she’r o'qishi ham mumkin.
Metodik ko‘rsatmalar.
Nafas olish yuzasidan tushunmovchilik
chiqmasligi uchun yugurayotgan o'yinchi qo'ng'izning ovoziga
o'xshagan ovoz chiqarib borishi lozim.
Pedagogik ahamiyati.
O'yin birgalikda harakat qilish, epchillik,
tezkorlik, chidamlilik kabi sifatlami rivojlantirishga yordam beradi.
«Durra»
O'yinga tayyorgarlik.
O'yinni boshlang'ich sinf o'quvchilari
o'ynaydilar. O'yinchilar doira hosil qilib cho'qqayib o'tiradilar.
Bir o'yinchi (boshlovchi) durrani qo'liga o'ragan holda ushlab turadi.
Dostları ilə paylaş: