Yoki berkingan bolalami topsa:
— Bekinma, qoch, yuzingni och, to'xta topdim va hokazo.
О‘yin qoidalari.
1. Yetti deb sanab bo‘lguncha o‘yinchilar
yashirinib bo'lishlari shart. 2. Topilgan bolalar tutilgan hisoblanib
marraga olib kelinadi. 3. Qolgan o'yinchilar bilintirmasdan marraga
kelishlari mumkin. 4. Hamma o'yinchi yig‘ilib bo'lguncha o'yin
davom etadi, so'ngra yangi qidiruvchi aniqlanib o'yin qaytadan
boshlanadi.
Pedagogik ahamiyati.
O'yin bolalarda sezgirlik, diqqat-e’tibor,
kuzatuvchilik va topqirlik sifatlarini tarbiyalaydi. O'yinda chaq-
qonlik, kuch, tezkorlik, chidamlilikni rivojlantirishga yordam beradi.
O'yinning o'ziga xos harakati yugurishdir.
«Ko‘rpa yopindi»
0 ‘yinga tayyorgarBk.
Bu o'yin yoshlami jasurlik, chaqqonlik
va qo'rqmaslikka o'rgatadi. O'yinda har bir komandadan besh
kishi qatnashadi. O'yinchilaming qur’a tashlash yo'li bilan hi-
moyada yoki hujumda o'ynashlari aniqlab olinadi.
Himoyachilardan to'rt kishi ustlariga ko'rpa yopinib, yerda
bukilgan holda yotishadi, ularning har birining qo'lida 2 m lik
arqonlar uchlari, arqonlaming ikkinchi uchlari eng chaqqon va
epchil himoyachi qo'lida bo'ladi. O'rtada turgan himoyachining
ikkinchi qo'lida bir metrlik arqon yoki durra bo'ladi. Hujumchilar
hujumga tayyor bo'lib turadilar.
Dostları ilə paylaş: