Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences (E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(4/2), April, 2023 309
fikrlashga undaydi. Metod shunday tanlanishi kerakki unda o‘quvchi o‘zini erkin tuta
olishi, fikrlarini ravon aytishi, mavzuni juda yaxshi o‘zlashtirilishi lozimligi muhim
ahamiyatga ega. Ma’lumki, hozirgi kunda interfaol metodlarning yuzdan ortiq turi
mavjud bo’lib, ularning aksariyati tajriba-sinovdan o’tib, yaxshi natija bergan. Keng
qo’llaniladigan usullar – «Klaster»,
«Aqliy hujum», «Davom ettir», «Taqdimot»,
«Blits-so’rov», «Muammoli vaziyat» kabilardan foydalanib, darsda samarali
natijalarga erishish mumkin. Darsning o’tilgan mavzuni so’rash qismida «Sinkveyn»,
«Teskari test», «Aql charxi» metodlarini, yangi mavzuni tushuntirish qismida
«Insert», «Pinbord»,
«Zinama-zina»,
«Bumerang» texnologiyalarini, mavzuni
mustahkamlash qismida «Venn diagrammasi», “Baliq skeleti”, «Nima uchun?
»,
«Qanday?
», « Konseptual jadval», « Nilufar guli» kabi grafik tashkil etuvchilar
hamda «Tushunchalar tahlili», «T-jadval», «Rezyume»,«Kungaboqar», «Charxpalak»
metodlarini, uyga vazifa berishda «FSMU», «Klaster»,
«Bo‘g‘inlar zanjiri»,
«BBB»
metodlarini qo’llash dars samaradorligini ta’minlab, o’quvchilarning bilimini
oshirishga yordam beradi.
Ona tili darslarida ham yuqorida sanab o’tilgan interfaol
metodlardan tashqari «Ha… yo’q», «Ta’rif egasini top», «Men kimman?»,
«Domino»,
«Beshinchisi (oltinchisi, yettinchisi ...) ortiqcha», «Sirli sandiqcha
metodi»,«Harfni his qilish» metodlari kabi didaktik o’yinlardan foydalanish
mumkin. O’yin vaqtida o’quvchilar o’zini erkin tutadi, bilimini namoyon etgisi keladi.
Natijada o’quvchida ishonch, qat’iyat paydo bo’ladi. Munozaraga kirishishni
o’rganadi. Fikrini asoslashga odatlanadi. Bunda o’quvchilarning yoshi, bilim darajasi
inobatga olinishi lozim.
O‘quvchilarga har darsda bir xil dars o‘tish ularning
zerikishiga olib keladi va mavzuga bo‘lgan e’tiborini pasaytiradi. Bunday
holatlarning oldini olish uchun dars mashg‘ulotlari jarayonida turli xil qiziqarli
metodlardan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi.Turli xil qiziqarli metodlardan
foydalanish o‘quvchilarning diqqatini oshiradi.
Masalan o‘quvchilarga «Bo‘g‘in»
mavzusini o‘tayoygan o‘qituvchi «Bo‘g‘inlar zanjiri» metodidan foydalanishi
mumkin. Bunda birinchi aytilgan so‘zning oxirgi bo‘g‘ini keying so‘zning birinchi
bo‘g‘iniga to‘g‘ri kelishi kerak bo‘ladi. Namuna: maktab – tabrik; rassom – somsa va
shu kabi zayilda davom etadi. Bu metoddan o‘quvchilarda o‘tilayotgan yangi
mavzuni mustahkamlash bilan birga ularning tezkor fikrlashlari, so‘z boyligini
aniqlash maqsadida ham foydalansa bo‘ladi.