«Научный импульс» Мая, 2023 1285 ta’lim tizimida masofaviy o‘qitish tizimi imkoniyatlari



Yüklə 75,6 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix19.12.2023
ölçüsü75,6 Kb.
#186487
1   2   3   4   5   6   7
Hamdamova Yorqinov (1)


часть
2
 
«
Научный импульс
»
Мая
, 2023
1286 
Masofali o‘qitish ta’lim berishni amalga oshirish, tashkiliy, metodik o‘quv, axborot-
texnik, moliyaviy va ishlab chiqarish tadbirlari majmuini talab etadi. Uni samarali amalga 
oshirish uchun birinchi bosqichda bir yoki bir necha ta’lim muassasalari huzurida masofali 
o‘qitishning butun texnologiyasi ishlanadigan o‘qitishning pilot markazlarini tashkil etish 
zarur.
Masofali o‘qitishga olimlarimiz tomonidan berilgan ta’riflar tahlil qilindi. 
A.A.Abduqodirov bergan ta’rifiga muvofiq “Masofali o‘qitish – o‘quv jarayoniga 
tegishli bo‘lgan barcha komponentlar (maqsad, mazmun, usul, shakl, o‘qitish vositalari va 
hakazo), Internet-texnologiyasining maxsus vositalari va boshqalar bilan amalga 
oshiriladigan va interfaollikni ko‘zda tutgan o‘qituvchi va o’quvchilarning masofadan turib 
o‘zaro aloqa qilishidir . 
Masofali o‘qitish (MO‘) – o‘quv jarayonida informatsion texnologiyalarni qo‘llagan 
holda o‘qituvchi va o’quvchi o‘rtasidagi interaktiv aloqa hamda o‘quvchining berilgan o‘quv 
materialni mustaqil o‘zlashtirish imkoniyati . 
Masofali o‘qitish – zamonaviy ta’lim shakli bo‘lib, o‘qituvchi bilan olib boriladigan 
pedagogik munosabat jarayoni video-kommunikatsiya, elektron pochta va Internet 
vositalari asosida olib boriladi . 
Masofali o‘qitish - o‘quv jarayonidagi barcha qatnashuvchilarga (o’quvchi, tyutor, 
uslubchi va administrator) mashg‘ulotlarni olib borishda o‘ziga ma’qul kelgan joy, vaqtni 
tanlash imkoniyatiga ega bo‘lgan egiluvchan tizim . 
S.S.G‘ulomov, A.N.Romanov, R.X.Alimov va boshqalar xammuallifligida yaratilgan 
“Masofali iqtisodiy ta’lim” nomli monografiyada: “Masofali o‘qitish – bu o‘qituvchi va 
o’quvchining interfaol, asinxron yoki sinxron o‘zaro va ta’lim vositasi yordamida 
aloqasining bir maqsadga yo‘naltirilgan jarayoni bo‘lib, bu jarayon ularning fazoviy 
joylashuviga invariant va vaqt bo‘yicha kelishilganidir” deb ta’rif berilgan . 
N.A.Muslimov, xam o‘z doktorlik dissertatsiyasida: “Masofali ta’lim - masofadan turib, 
o‘quv axborotlarni almashish vositalariga asoslanuvchi maxsus axborot muhiti yordamida 
ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish tizimi” deb ta’rif beradi . 
Demak, o’quvchi ixtiyoriy vaqtda elektron pochta yoki on-line tartibida o‘qituvchi 
bilan bog‘lanishi, mavzuga oid savol berishi, materialni tushuntirib berishni so‘rashi 
mumkin bo‘ladi. Masofali o‘qiyotganda baholash mezoni haqqoniy bo‘ladi.
Masofali o‘qitishning an’anaviy o‘qitish shaklidan farqi shundaki, bunda, 
o’quvchilarning mustaqil ishlash imkoniyati tug‘iladi, o‘quv-uslubiy ta’minot turli shakllarda 
bo‘ladi, ta’lim jarayoni samaradorligi yuqori bo‘ladi. 
Tahlillar masofali o‘qitishning bunday uslubiyotida o’quvchi va o‘qituvchilarning 
hamkorligi boshqa o‘qitish shakllariga nisbatan samaraliroq bo‘lishini ko‘rsatadi. Masalan, 
IBM kompaniyasi menejerlar tayyorlash olti haftalik kursida 75%ni masofali, 25 %ni 
an’anaviy o‘qitish tarzida tashkil etishadi. Tashkil etilgan kurs $24 million pul mablag‘ini 
tejaganligini, bir kunlik o‘qitish harajati uch martaga kamayganligini ($ 400 dan $135 ga 
tushganini), o‘quv materiallari hajmi 5 martaga ko‘payganligini ko‘rsatadi . 


Международныйнаучныйжурнал

10
(100), 
Yüklə 75,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin