«Научный импульс» Мая, 2023 1285 ta’lim tizimida masofaviy o‘qitish tizimi imkoniyatlari



Yüklə 75,6 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix19.12.2023
ölçüsü75,6 Kb.
#186487
1   2   3   4   5   6   7
Hamdamova Yorqinov (1)


часть
2
 
«
Научный импульс
»
Мая
, 2023
1287 
A.A.Abduqodirov fikricha, “Masofali o‘qitishning asosiy maqsadi – tinglovchilarning 
qaerda yashashlaridan qat’i nazar, ixtiyoriy ta’lim muassasasida o‘qish imkoniyatini 
yaratish, professor-o‘qituvchilar salohiyatidan foydalanish orqali, ta’lim sifatini, 
o’quvchilarning uzluksiz ta’lim olishlarini amalga oshirish va ta’limning turli shakllaridan 
foydalanishdan iborat” . 
Masofali o‘qitish uslubiyotining asosiy g‘oyasi, didaktik tamoyillar, o‘qitish metodlari, 
pedagogik texnologiyalar va vositalar (kompyuter axborot manbalari, elektron 
kutubxonalar, video kurslar, kitoblar va o‘quv qo‘llanma kabilar) asosida axborot-ta’lim 
muhitini yaratishdir. 
Shu bilan birga axborot-ta’lim resurslari dasturlarning mazmuniga mos, o’quvchilarda 
bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantiruvchi topshiriq va vazifalardan tashkil topishi, 
mantiqiy tizimda taqdim etilishi, uzviylik va uzluksizlik tamoyillariga mos kelishi hamda 
tizimlilik tamoyiliga javob berishi zarur. 
Ta’lim portaliga joylashtirilgan resurslar, o’quvchilar tomonidan egallagan bilimlarni 
tekshirish uchun nazariy savollar va test sinovlarini hamda amaliy topshiriklarni o‘zida 
mujassamlashtirgan bo‘lishi lozim. 
Portal uchun o‘quv materiallar axborotlarni oson o‘zlashtirish uchun xizmat qilishi, 
ularning mazmunini ochib berishi lozim. 
Bunday 
portalni 
yaratish 
va 
rivojlantirishda 
ta’lim 
muassasalarini 
kompyuterlashtirishni 
takomillashtirish, 
telekommunikatsiya 
tarmoqlarini 
yanada 
rivojlantirish, axborotlarni tizimlashtirish va ularni portalda joylashtirish, mutaxassis 
kadrlarni yangi axborot texnologiyalaridan ta’lim tizimida foydalanish bo‘yicha malakalarini 
shakllantirish kabilar talab etiladi. Yagona axborot-ta’lim muhitini rivojlantirishning muhim 
sharti portalning o‘quv-metodik ta’minotini rivojlantirish, elektron o‘quv nashrlarni 
yaratishni takomillashtirishdir.
Masofali o‘qitishni tashkil etishdan avval ishchi guruh tuzib olinadi va ularning 
vazifalari belgilanadi. Ishchi guruhga quyidagilar kiradi: tyutor-o‘qituvchi, o’quvchi, uslubchi 
va dasturchi. Ularning vazifalari quyidagilardan iborat:
Tyutor (ingl. tutor) – o‘quv yurtidagi murabbiy, tarbiyachi, o‘quv muassasasining 
masofali o‘qitish dasturi doirasida o’quvchilarga uslubiy va tashkiliy yordamni oshirib, 
masofali o‘qitish tizimidagi professor-o‘qituvchilar tarkibiga kiruvchi sertifikatlangan 
uslubchi, o‘qituvchi- maslahatchi. Inglizlar tushunchasida tyutor mutaxassisi – psixolog, 
konfliktolog, do‘st va o’quvchining yordamchisidir.
Tyutor-o‘qituvchi vazifasi:
- o‘quv dasturlari asosida ish rejasini va o‘quv kursini ishlab chiqish; 
- mavjud dasturiy vositalarni yig‘ish va tahlil qilish hamda fanni o‘rganish bo‘yicha 
yo‘riqnomani ishlab chiqish; 
- fan bo‘yicha maslahatlarni berish va zaruriy yordam ko‘rsatish; 
- o‘qitish natijalarini nazorat qilish, tekshirish, o’quvchining qiziqtirgan savollariga 
javob berish. 


Международныйнаучныйжурнал

10
(100), 
Yüklə 75,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin