62
Qoidabuzarliklar
YTH, %
Yaqin kelib qolgan transport vositasining oldidan o‘tish
55,1
Transport vositasining orqasidan chiqib qolish
19,4
Belgilanmagan joydan o‘tish
30,5
Piyodalar o‘tish joylarida avtomobilni xavfsiz boshqarish
uchun haydovchi yo‘l harakati
jarayonida vujudga kelishi
mumkin bo‘lgan xavfli vaziyatlarni oldindan ko‘ra bilishi kerak.
38-rasmda piyodalar o‘tish joylarida ko‘p vujudga keladigan xavfli
vaziyatlar ko‘rsatilgan.
38-rasm
. Svetoforning yashil chirog‘i
yonganida o‘tishni tugatmagan
piyodani bosib ketish.
39-rasm.
Sabri tugagan piyodaning
yaqin kelib qol gan avtomobilning
oldidan yo‘lni kesib o‘tishi.
38-rasmdan ko‘rinib turibdiki, transport
vositalari uchun yashil
chiroq yonganida chorrahada to‘xtab turgan avtomobillar ko‘rinish
masofasini cheklab qo‘ygani uchun, eng chekkada kelayotgan
avtomobil haydovchisi piyodani o‘z vaqtida ko‘rmay qolishi oqi-
batida piyodani bosib ketishi mumkin. Bunday vaziyatlarda hodi-
saning oldini olish uchun haydovchi
tezlikni kamaytirishi va
avtomobilni tormoz berib to‘xtatishga tayyor bo‘lishi kerak.
Piyodalar o‘tish joyiga yaqinlashib kelayotgan haydovchi
piyodaning sabr-toqatini yaxshi bilishi ke
rak. Piyodalar yo‘l
ni
kesib o‘tishda 30 sekund davomida transport vositalarini o‘tkazib
yuborishga sabr qilib turishi mumkin.
30 sekunddan ke yin sabri tugagan piyoda harakat taqiqlanganiga
qa ra may yaqin kelib qolgan avtomobilning oldidan yo‘l ni
kesib
o‘tishga harakat qiladi (39-rasm).
Piyodalarning eng ko‘p tarqalgan salbiy odatlaridan biri, bu
ularning xatti-harakatlarining noma’lumligidir. Yo‘l yoqasida to‘xtab
turgan piyoda to‘satdan harakatni orqaga yoki oldinga boshlab
63
yubo rishi (har xil tezliklarda) oqi batida ham ko‘pgina YTH sodir
bo‘lishi mumkin.
Ko‘p hollarda piyodalar chap tarafdan
kelayotgan avtomobilni
o‘tkazib yuborib, zudlik bilan yo‘lni kesib o‘ta boshlashlari mumkin
(41-rasm).
40-rasm.
Ko‘rinishi
cheklanmagan holatlarda piyodani
bosib ketish.
41-rasm.
Qarama-qarshi ko‘rinishda
harakatlanayotgan avtomobilning
orqasidagi piyodaning to‘satdan chiqib
qolishi.
Yuqoridagi holatlar va piyodalarni bosib ketish hodisalari
bolalar bilan sodir bo‘ladigan YTHga ham taalluqlidir.
Bolalar bilan sodir bo‘ladigan
YTHning oldini olish uchun
haydovchi quyidagilarni bilishi va zarur ehtiyot chorasini ko‘rishi
kerak:
1. Bolalar to‘planib turgan joyda signal berish, tezlikni
kamaytirish va hushyorlikni oshirish.
2. Bolalar to‘plangan joyda ulardan biri yoki bir nechtasi to‘pdan
ajralib chiqib, yo‘lning qatnov qismida to‘satdan paydo bo‘lib qolish
ehtimoli.
3. 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning yo‘l-transport vaziyatini
to‘g‘ri baholay olmasligi va hokazo.