6.2. To‘siqni aylanib o‘tishda avtomobilni boshqarish
Yo‘llarda uning ba’zi bir bo‘laklarini yoki ko‘priklarni
ta’mirlash, yo‘l ostidan quvurli uzatmalarni o‘tkazish, yo‘l yoqasiga
yaqin joyda yuk hosil qiluvchi obyektlarning joylashuvi va shunga
o‘xshash narsalar to‘siqlarning vujudga kelishiga va haydovchilarni
to‘siqlarni aylanib o‘tishiga majbur qiladi. Yo‘lning qatnov qismi
kengligining kichrayib ketishi harakat tartibining (rejimini)
o‘zgarishiga ham olib keladi (42-rasm).
To‘siq
V
a
X
yon
42-rasm.
To‘siqni aylanib o‘tish sxemasi.
To‘siqlarni aylanib o‘tish avtomobillarni quvib o‘tishga
qaraganda soddaroq bo‘lishiga qaramasdan, ular ham haydovchidan
ma’lum bir ehtiyot choralarini ko‘rishni talab etadi.
Haydovchi to‘siq bor joyga yaqinlashib kelar ekan, harakat
bo‘lagi bittadan ortiq bo‘lsa, yo‘l harakati qoidalariga bo‘ysungan
holda chap qatorga o‘tib olishi kerak.
Ikki yo‘nalishli yo‘llarda to‘siqqa yaqinlashib kelayotgan
haydovchi tezlikni kamaytirib, ro‘paradan qarama-qarshi yo‘na-
lishda harakatlanayotgan avtomobilga nisbatan yetarli bo‘shliq
oraliqni chamalab baholashi kerak. Agar bu masofa to‘siqni aylanib
o‘tish uchun kam bo‘lsa, avtomobilni to‘xtatishi va faqat aylanib
o‘tish uchun yetarli bo‘shliq – oraliq vujudga kelgandagina harakatni
boshlashi va to‘siqni aylanib o‘tishi mumkin.
68
Kunning qorong‘i paytlarida to‘siqni aylanib o‘tish yanada
murakkab bo‘lib, bunday sharoitlarda haydovchi uchun asosiy
xavf – oraliq masofani noto‘g‘ri tanlashi va ro‘paradan kelayotgan
avtomobil chirog‘idan ko‘zining qamashib qolishidir.
6.3. Umumfoydalanishdagi transport vositalarining to‘xtash
joylarini aylanib o‘tish xususiyatlari
Umumfoydalanishdagi transport vositalarining to‘xtash joy-
lari (bekatlar) qanday joylashtirilganiga qarab uch turga ajratiladi
(43-rasm):
– yo‘lning qatnov qismida joylashgan bekatlar;
– yarim cho‘ntak ko‘rinishidagi bekatlar;
– cho‘ntak ko‘rinishidagi bekatlar.
43-rasmdan ko‘rinib turganidek, bekatlarning turiga qarab
xavf sizlik darajasi (ziddiyatli nuqtalar soni) har xil bo‘ladi va ular
izohsiz ham tushunarlidir.
A
A
A
a b d
43-rasm.
Avtobus bekatlarining turlari:
a –
yo‘lning qatnov qismida joylashgan;
b –
yarim cho‘ntak ko‘rinishidagi;
d –
cho‘ntak ko‘rinishidagi bekatlar.
Haydovchi bekatlarga yaqinlashganda va uni aylanib o‘tishda
bekat qaysi turga mansubligiga, ularda qanday xavfli vaziyatlar
vujudga kelishi mumkinligiga qarab to‘g‘ri xatti-harakatlarni qabul
qilishi kerak.
44-rasmda piyodaning bekatda to‘xtab turgan avtobus (trolley-
bus)ning oldidan va orqasidan tasodifan chiqib qolishi tasvirlangan.
Haydovchilar uchun xavfli vaziyatlardan biri bu – «Shohbekat-
lardagi» holatlardir. Shohbekatlardagi transport vositalarining
to‘xtash joylaridan chiqishi uchun orqa bilan harakatlanganida ham
piyodalarni bosib ketish ehtimollari mavjud (45-rasm).
69
a) b)
44-rasm.
Piyodaning bekatda to‘xtab turgan avtobusning oldidan
(a) va orqasidan; (b) tasodifan chiqib qolishi.
45-rasm.
Shohbekatda piyodani
bosib ketish hodisasi.
Yuqorida xavfli vaziyatlar va bekatlarning turidan kelib chiqqan
holda haydovchilarga avtomobilni xavfsiz boshqarish uchun
quyidagi usullar taklif etiladi:
1. Agar avtobusning orqasida bir qancha avtomobillar karvoni
harakatlanayotgan bo‘l sa, avtobusning oldidan piyodaning to‘satdan
chiqib qolishi eng oldinda harakatlanayotgan avtomobil haydovchisi
uchun xavflidir. Haydovchi tezlikni shunday tanlashi kerakki,
avtobus bekatda to‘xtagan onda u bilan bir qatordagi (chiziqdagi)
joyni egallasin. Shunda avtobusdan tushgan piyoda yon tomondagi
avtomobilni darrov ko‘radi va yo‘lni kesib o‘tishdan o‘zini to‘xtatib
turadi.
2. Haydovchi avtobusgacha bo‘lgan xavfsizlik oralig‘ini shunday
tanlashi kerakki, u bekatni aylanib o‘tib bo‘lgunicha avtobus
joyidan qo‘zg‘almasin.
3. Avtobusni u bekatga yetib kelgunicha quvib o‘tish. Bunda u
bekatdagi piyodalarni ko‘rib turadi.
4. Tig‘iz paytlarda bekatga yaqinlashayotgan avtobus haydov-
chisi tezlikni kamaytirib, xavfli vaziyat vujudga kelib qolgan onda
shoshilinch tormoz berib, avtobusni to‘xtatishga shay bo‘lishi kerak.
|