XV. AVTOTRANSPORT XO‘JALIKLARIDA HARAKAT XAVFSIZLIGI ISHINI TASHKIL ETISH 15.1. Harakat xavfsizligi xizmati ishini tashkil etish bo‘yicha me’yoriy hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan keyin
harakat xavfsizligini ta’minlashning ijtimoiy munosabatlarini
tartibga solishning huquqiy asoslarini belgilab beruvchi bir qancha
qonun va me’yoriy hujjatlar qabul qilindi:
1. «Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida»gi Qonun – 2007-yil 2-oktabr.
2. «Shahar yo‘lovchi transporti to‘g‘risida»gi Qonun
–
1997-yil
25-aprel.
3. «Avtomobil transporti to‘g‘risida» gi Qonun – 1997-yil 25-aprel.
4. «Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida»gi Qonun
–
2013-yil
10-aprel.
Yuqorida sanab o‘tilgan qonunlarning barchasida harakat
xavfsizligini ta’minlash masalalariga katta e’tibor berilgan bo‘lib,
undagi «Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida»gi Qonun alohida
ahamiyat kasb etadi, deyish mubolag‘a bo‘lmaydi.
Bu Qonun 31 moddadan iborat bo‘lib, unda qonunning maqsadi,
asosiy tushunchalari, qonun hujjatlari, davlat boshqaruvi, sohalar
vakolatlari, transport vositalari egalarining majburiyatlari, yo‘llarga
doir talablar, transport vositalariga qo‘yilgan talablar va boshqalarni
o‘zida mujassamlashtirgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil
11-dekabr dagi 472-sonli qaroriga asosan xalqaro «Yo‘l harakati haqi-
dagi» Konvensiya talablariga muvofiq keluvchi «Yo‘l harakati qoida-
lari» 2001-yil 1-martdan amalda joriy etildi. (2016-yil 1-martdan
amaldagi qoidalarga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.
Harakat xavfsizligi bo‘yicha xalq xo‘jaligining barcha sohala-
rining ishini muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahka masi
146
qoshida «Yo‘l harakati xavfsizligi komissiyasi» tashkil etildi. Bu
komissiya bugungi kunda harakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha
juda ko‘p tadbirlarni amalga oshirib samarali faoliyat ko‘rsatyapti.