148
va daryo transporti agentligiga yuklatilgani uchun konsern va
mahalliy hokimiyatlar miqyosidagi harakat xavfsizligi xizmat
xodimlarining asosiy vazifalari shu yo‘nalishdagi tashkiliy ishlarni
amalga oshirish bo‘lib qoladi.
Tashkiliy ishlarga misol qilib harakat xavfsizligi bo‘yicha yangi
ishlab chiqilgan qonun va boshqa me’yoriy hujjatlarni o‘rganishni
tashkil etish, yo‘l-transport hodisalarini bartaraf etishga qaratilgan
tadbirlarni o‘tkazish, har xil ilmiy-amaliy anjumanlarni o‘tkazish,
ATXda fan va texnikaning harakat xavfsizligi bo‘yicha eng ilg‘or
natijalarni amalda qo‘llashni tashkil etish va boshqalarni ko‘rsatish
mumkin.
Ilgarigidek bugungi kunda ham ATXning harakat xavfsizligi
xizmatiga amaliy ishlarni bajarish yuklatiladi. Bunday ishlarga yo‘l-
transport hodisalari va yo‘l harakati qoidalari buzilishining hiso-
bini olib borish, ularning kelib chiqish sabablarini aniqlash (xizmat
eksper tizasi) va bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab
chiqish, harakat xavfsizligi bo‘yicha ATXning barcha bo‘limlari va
ishchi xodimlar ning ishini nazorat qilish, yo‘llarni davriy ko‘rikdan
o‘tka zish, harakat xavfsizligi xonasini jihozlash va ishini tashkil
etish va hokazo.
Konsernlar va ATXda harakat xavfsizligini ta’minlashga
qaratilgan barcha ishlar ko‘p yillarga mo‘ljallangan (kamida 5 yil)
maqsadli dasturlar asosida olib borilishi kerak. Bu das tur asosida
yillik, chorak yillik, oylik va kunlik ish rejalari ishlab chiqiladi.
Ko‘p yilga mo‘ljallangan maqsadli dastur va boshqa ish rejalarida
konsern va ATXning rahbariyati bo‘lim, sexlarning xodimlarini
harakat xavfsizligi bo‘yicha vazifalaridan kelib chiqqan holda
oshirishlari kerak bo‘lgan tadbirlar o‘z aksini topgan bo‘lishi kerak.
Dostları ilə paylaş: