149
masalalarni kiritishlari kerak. Yechilishi lozim bo‘lgan masalalar
ATX rahbariyatini, muhandis-texnik xodimlarning, bo‘limlar
va bo‘lim ishchi xizmatchilarining harakat xavfsizligi bo‘yicha
funksional vazifalaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Amaldagi qonunlarga ko‘ra, ATX harakat xavfsizligi masalala-
riga shaxsan xo‘jalik rahbari boshqaruv raisi javob beradi.
ATX rahbarining harakat xavfsizligi bo‘yicha funksional vazi-
falari:
Tasdiqlanadigan hujjatlar:
– harakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha 5 yillik, yillik,
chorak yillik, oylik va kunlik ish rejalari;
– yo‘nalishlarda muhandis-texnik xodimlarning harakat xavf-
sizligini nazorat qilish grafigi;
– ATXda rahbariyat xodimlarining navbatchilik grafigi;
– harakat xavfsizligi xonasining ish rejasi.
Tashkil etadi:
– haydovchilarning davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tishini;
– haydovchilarning reys oldi va reyslar oralig‘ida tibbiy ko‘rik-
dan o‘tishini;
– yo‘l-transport hodisalarini hisobga olish, ular haqidagi ma’lu-
mot va bartaraf etish uchun ishlab chiqilgan tadbirlarning yuqori
tashkilotlarga yetkazishni;
– harakat xavfsizligi bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni va ko‘rsatma-
larni o‘rganishni va hokazo.
Bevosita rahbarlik qiladi:
– harakat xavfsizligi xizmatining ishiga;
– jamoa orasida olib boriladigan tarbiyaviy ishlarni va usullarni
mukammallashtirishga;
– yo‘l-transport hodisalarining xizmat ekspertizasini o‘tkazishga.
Dostları ilə paylaş: