Таълими методикаси book · December 022 citations reads 2,437 author



Yüklə 56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə138/149
tarix19.12.2023
ölçüsü56 Kb.
#186668
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   149


 
YANGI MAVZU: DEHQONCHILIK. 
 
REJA

1. Paxtachilik tarmog`i. 
2. Donli ekinlar. 
3. Sabzavotchilik va polizchilik. 
4. Bog`dorchilik va uzumchilik. 
MAVZU BAYONI: 
Qishloq xo'jaligining ikki muhim tarmog'i - dehqonchilik va chorvachilik 
bo'lib, insonlar uchun kundalik zaruriyat bo'lgan oziq-ovqat, sanoat uchun xom-
ashyo mahsulotlari yetishtiriladi. O'zbekiston qishloq xo'jaligi texnikalari bilan 
yaxshi ta`minlangan. Dehqonchilik va chorvachilikdagi sermehnat ishlarni 
mashinalar bajarmoqda. Qishloq xo'jaligida dehqonchilikning salmog'i katta. 
Qishloq xo'jaligi yalpi mahsulotning yarimidan ortiqrog'ini dehqonchilik, qolgani 
esa chorvachilikdan olinadi. Dehqonchilikda tuproq-iqlim sharoiti qat`iy hisobga 
olinadi. 
Shunga ko'ra, u dalachilik, bog'dorchilik va uzumchilikdan iborat bo'ladi. 
Ekin turi bo'yicha don ekinlari, texnika ekinlari, yem-xashak ekinlari
sabzavot va poliz ekinlari hamda kartoshka yetishtiruvchi xo'jaliklarga bo'linadi. 


299 
Ekinlar hosiliga o'simliklarning vegitatsiya davri, yorug'liк, issiqlik va namlikning 
yalpi miqdori ta`sir ko'rsatadi. 
O'zbekistonda sug'orib dehqonchilik qilish keng tarqalgan. Sug'oriladigan 
yerlar mamlakat yer boyliklarining 9,2 % ini tashkil etsada, qishloq xo'jaligida 
yetishtiriladigan yalpi mahsulotning 98,5% ini shu yerlarda yetishtiriladi. 
Dehqonchilikda paxtachilik katta o'rin egallaydi. O'zbekistonda asosiy 
texnik ekin bo'lgan paxta qishloq xo'jaligining deyarli barcha sohalari va 
sanoatning ko'pgina tarmoqlari yuksalishining bosh omilidir. U barcha texnik ekin 
maydonlarining 97% ini egallaydi. 
Paxtachilik yuksala borgan sari iqtisodiyotning turli tarmoqlari bilan uning 
ishlab chiqarish aloqasи kengayib, paxtachilik majmuasi vujudga keldi. Paxtachilik 
majmuasi juda Ham ko'p tarmoqlar: kimyo, energetika, mashinasozlik, don 
xo'jaligi, yog'-moy ishlab chiqarish, to'qimachilik sanoati va boshqa juda ko'p 
sanoatlar bilan aloqada bo'ladi va shu sohalarni rivojlantiradi. 


300 
Paxta yalpi hosilini ko'paytirish uchun hosildorlikni oshirish zarur. 
Hosildorlikni oshirish uchun paxtа navlarini almashlab ekishning o'rni katta. 
G'ўzaning ertapishar navlarini yaratilganligi vegitatsiya davri qisqarib, 
shimoliy hududlarda ham g'o'za ekilmoqda. 
Paxta beda, makkajo'xori va sholi bilan almashlab ekilsa, tuproq tarkibi 
yaxshilanadi, uning sho'ri kamayadi, paxta kasallikka chalinmaydi. Beda, 
makkajo'xori ekilishi tufayli chorva mollari uchun ozuqa ham olinadi. Respublika 
iqtisodiyotining 70 % dan ko'proq tarmog'i texnologik jihatidan paxtachilik bilan 
bog'liq. 
Ayni vaqtda donli ekinlar ekishni rivojlantirishga ham katta e`tibor 
berilmoqda. Donli ekinlar maydoni hozirda 47 % ni tashkil etadi. Donning asosiy 
qismini bug'doy, arpa, sholi, makkajo'xori va oq jo'xori tashkil qiladi. Bug'doy va 
arpa ko'proq bahorikor erlarga ekiladi. 
Qishning yumshoq va nam kelishi hamda bahorgi yog'ingarchilik kuzgi 
g'alla uchun qulay sharoit yaratadi. Bug'doy bilan arpaning kuzgisi lalmi bug'doy 
va arpaga qaraganda serhosil bo'ladi. 
Donli ekinlar yetishtirishda sholikorlik ham kattagina o'rin tutadi. SHoli 
vegitatsiya davri uzoq, serquyosh, suvga mo'l erlarda yaxshi o'sadi. U hosildorlik 
jihatidan faqat makkajo'xoridan keyin turadi. SHoli Xorazm, Qoraqalpog'iston 
Respublikasi va Toshkent viloyatida, Zarafshon va Farg'ona vodiylarida ko'p 
ekiladi. Amudaryo quyi oqimi sohillaridagi unumdor quruq yerlarni ishiga solish 
va ularni sug'orish uchun suv boyliklaridan foydalanish ko'plab sholi yetishtirish 
imkonini bermoqda. Endiikda yetishtirilgan gurunch chet mamlakatlarga eksport 
qilish imkoniyati tug'ildi. O'zbekistonda ko'p yillik taran (terini oshlashda 
ishlatiladigan xam-ashyo), kanop, zig'ir, kunjut, maxsar, tamaki ham o'stirilmoqda. 


301 
Sabzavotchilik va uzumchilik tabiiy sharoiti yaxshi rivojlangan tarmoq 
hisoblanadi.
Quva va Dashnabod anorlari, Andijon uzumi, Samarqand mayizi azaldan 
mashhurdir. Sabzavot-poliz ekinlari, meva va uzumlar mamlakatimizdan shimolda 
joylashgan, yurtimizga nisbatan 60-70 kun erta etiladi. O'zbekistonda bog'dorchilik 
va uzumchilikka ixtisoslashgan 50 dan ortiq xo'jaliklar bor. 
Ularning aksariyati o'zi yetishtirilgan mahsulotni shu erda qayta ishlab, 
sharbat va konserva tayyorlaydi. Ana shunday sanoat korxonalari bo'lgan 
xo'jaliklar negizida agrosanoat birlashmalari vujudga kelmoqda.
Yangi mavzuni mustahkamlash uchun dastlab 5-6 ta kartochka tarqatiladi. 
Kartochkalarga savollar yozilgan bo'ladi. Masalan: 
1. Dehqonchilik qishloq xo'jaligining qanday tarmog'i ? 
2. Qanday donli ekinlarni bilasiz ? 
3. Paxtachilik qaysi tarmoqlar bilan bog'langan ? 


302 
4. Bog'dorchilik va uzumchilik qaysi viloyatlarda rivojlangan ? 
O'quvchilar kartochkalarga tayyorgarlik qilgunlariga qadar xoxlagan 
o'quvchi xoxlagan do'stiga "Qor xat" berishi mumkin. Unda savol tugallanmagan 
jumla, biror-bir harakatni bajarish, xaritadan biror-bir joyni topish, umuman 
xoxlagan narsani yozishi va uni uchburchak holatda taxlab berishi kerak. 
Kartochkalarga va "Qor xat"ga javoblar olinadi va o'quvchilar bagolanadi. 
Dars yakunida baholangan o'quvchilar e`lon qilinadi. Vazifa beriladi. 

Yüklə 56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin