Nominal va real daromadlar .Nominal daromad-bu soliq va narxlarning o`zgarishiga
bog`liq bo`lmagan daromad darajasi. Real daromad-bu narxlarni va boshqa to`lovlarning
o`zgarishini hisobga olgandagi daromad. Real daromadni aniqlashda umumiy daromaddan soliq
va boshqa to`lovlarni ayirib, uni narxlar o`zgarishiga (inflyatsiyaga) ko`ra qayta hisoblaydi.
Ish haqi -ishchi kuchidan foydalanganligi uchun to`lanadigan qiymat. Ish haqi stavkasi ham
ish haqining bir turi bo`lib, ishchi kuchi mehnatidan foydalangan bir birlik vaqt uchun to`lanadigan
ish haqi (bir soatlik, bir kunlik, bir oylik).
Iqtisodiy renta -cheklangan resursdan foydalangani uchun to`lanadigan narx.
Kapitalga daromad -bu
foiz deyiladi. Amalda kapitalga daromad ikki xil bo`ladi. Agar
kapital pul shaklida bo`lsa, pul beruvchilar ssuda foizi bo`yicha daromad oladi. Agar kapital
buyumlashgan shaklda bo`lsa, u kapitalga ko`ra umumiy daromaddan ulush oladi.
Real foiz stavkasi nominal stavkadan (pulda ifodalangan stavkadan) inflyatsiya darajasini
ayrilganiga teng.
Tadbirkorlik daromadi -bu ishlab chiqarish resurslaridan samarali foydalanganligi uchun
tadbirkor oladigan daromad.
Bozor iqtisodiyotiga asoslangan davlatlarda iqtisodiyotning noformal sektori, ya`ni yashirin
iqtisodiy sektorda (rus tilida tenevaya ekonomika) yashirin daromad mavjud bo`ladi.
Yashirin daromad ham ikki xil bo`ladi. Birinchisi-pora olish (korruptsiya), giyohvand
moddalar sotish, kontrabanda va boshqa sohalardan olinadigan yashirin daromad. Ikkinchisi-
patentsiz va litsenziyasiz sotish faoliyati bilan shug`ullanishdan tushadigan daromad va soliq
xizmatidan yashirilgan daromad.
Davlat o`zining daromad siyosatini amalga oshirishda aholini turmush darajasini ifodalovchi
agregat ko`rsatkichlardan foydalanadi. Ana shunday ko`rsatkichlardan biri-yalpi ichki mahsulotdir
(YaIM).
YaIMni aholi jon boshiga hisoblagandagi ko`rsatkich aholini turmush darajasini ifodalovchi
ko`rsatkich bo`lib, u har bir aholi jon boshiga jami ishlab chiqarilgan (bir yil davomida)
mahsulotning qancha qismi to`g`ri kelishini ko`rsatadi. Lekin, bunday taqsimlanish aholi
daromadining differentsiallashganligini (har xil bo`lishini) ifodalamaydi.
Aholining tarkibi har xil ijtimoiy qatlamlardan (ishchilar, qishloq xo`jaligidagi ishlovchilar,
xizmatchilar, tadbirkorlar, o`qituvchilar, meditsina xizmati xodimlari va hokazolar) iborat
bo`lgani uchun ushbu guruhlardagi insonlarning daromadlari ham har xil bo`ladi. Aholi
daromadining taqsimlanish dinamikasi iste`mol byudjeti orqali o`rganiladi. Iste`mol byudjeti ham
turli xil bo`lishi mumkin: o`rtacha oila byudjeti, yuqori darajada etarli byudjet (bunga eng yuqori
umumiy daromad oladigan oilalarni kiritish mumkin), minimal byudjet. Minimal byudjetli oilaga,
oila a`zolarining (bir yillik yoki bir oylik) umumiy daromadlari minimal bo`lgan oilalar kiritiladi.
Umumiy
daromad
Ishlab chiqarish
omillari xarajati
Iqtisodiy
foyda