19
chiqadi, bu esa asosan o’rganishni tashkil etuvchi, yani o’rgatuvchiga (Pedagog
o’qituvchiga) bog`liq.
Xar qanday fanni, shu jumladan musiqa fanini o’qitish
jarayonida ham
faollashtiradigan, ularni darsning faol ishtirokchilariga, mustaqil fkirlovchi
mushohada qiluvchi o’z fikrlarini bildira oluvchi o’quvchi sifatida namoyon
qilishi uchun imkoniyat yaratuvchi – bu o’qituvchidir. O’qituvchi o’zi va
o’rganuvchi o’quvchilar uchun qulay va qiziqarli bo’lgan o’qitish usullari,
yo’llari, shakillari, vositalari ulardan foydalanish
shart-sharoitlarini belgilaydi,
ilg’or pedagogik texnologiyalar yordamida o’quv jarayoni samaradorligini
oshirishga harakat qiladi.
Shu boisdan ham pedagogik texnologiya, didaktik texnologiya, ta’lim
texnologiyalariga o’quv jarayonidagi eng samarali vositalar sifatida qaralmoqda.
Ulardan bugungi kunda jahon pedagogikasi amaliyotida keng foydalanilmoqda.
Pedagogik texnologiya hozirgi kunda eng rivojlangan mamlakatlar ta’lim
tizimida bo’lgani kabi bizning respubliksmizda ham ta’lim jarayonini tashkil
qilish, boshqarish, nazorat qilish bilan bog’liq ishlarda ustuvor o’rini
egallamoqda. Shuning uchun ham pedagogik texnologiyalardan barcha pedagoglar
yaxshi xabardor bo’lishi, ta’lim jarayonida ularni qo’llab dars o’tishlariga muhim
e’tibor berilmoqda. Bu aynan jamiyat taraqqiyotining
obyektiv qonuniyatlariga
mos bo’lib, jamiyat taraqqiy etishi bilan ta’lim – tarbiya mazmuni, maqsad va
vazifalari shunga mos ravishda takomillashib borishi bilan bog’liqdir. Hozirgi
sharoitda inson faoliyatining asosiy yo`nalishlari taraqqiyotga mos maqsadlarni
to`liq amalga oshirish imkoniyatlarini beruvchi modelli tizimga, ya`ni ta`limni
texnologiyalashtirishga aylanib bormoqda. Shu tufayli fan sohalarining barchasida
bo`lgani kabi musiqiy ta`limda ham yangi texnologiyalarga e`tibor
kuchayib
bormoqda.
O`zbekistonning “Ta`lim to`g`risida”gi qonuniga ko`ra 9+3 yillik majburiy
umumiy va o`rta maxsus ta`lim joriy etildi. Ta`limni demokratlashtirish,
individuallashtirish, tabaqalashtirish, mintaqaviy xususiyatlarni hisobga olish
tamoillari asosida barcha o`quv predmetlari qatori musiqa predmeti bo’yicha ham
20
o’qitish Konsepsiyasi ishlab chiqildi. Unda musiqiy ta’lim mazmunini milliy
negizda shakllantirish, milliy musiqiy merosdan to’laqonli foydalanish, xalq kuy –
qo’shiqlari, doston, mumtoz va maqom hamda ularning ta’sirida
yaratilgan
zamonaviy musiqalar vositasida o’quvchi yoshlarni milliy qadryatlarimizni teran
anglaydigan, vatanga, o’z xalqiga, tilimizga, dinimizga, tariximizga, san’atimizga
ongli munosabatda bo’ladigan va unga vorislik qila oladigan ma’nan yetuk,
barkamol shaxsni tarbiyalash asosiy maqsad va vazifa sifatida ko’rsatilgan.
Ta`lim jarayonida o`quvchilar musiqa san`atini butun nafosati bilan
o`rganishlari, idrok etishlari ommaviy musiqa faoliyatlari:
musiqa tinglash, tahlil
qilish, jamoa bo’lib qo’shiq kuylash, nazariy bilimlarni o’zlashtirish (musiqa
savodxonligi) raqsga tushish, bolalar cholg’u asboblarida chalish va musiqa ritmek
jo’r bo’lish masalalarini shakllantirish musiqiy ta’limning asosiy mazmunini
tashkil etadi.
Pedagogik texnologiyalarni barcha turlarida birdek qo’llaniladigan va ta’lim-
tarbiya jarayonini tadrijiy tarkib topishida va rivojlanib borishida hal qiluvchi
omillar hamda tarkibiy elementlar uch xil faoliyatdan iborat bo’lib, ular so’zlash,
ko’rsatish va mashqlar bajarishdan iborat bo’lib musiqa darslariga uni tadbiq
etilganda quyidagicha ketma-ketlik va bog’liqlikda amal qiladi: