II BOB: Musiqa madaniyati darslariga ilg`or pedagogik
texnologiyalarni. tadbiq etish yo`llari.
2.1. Musiqa o`qituvchilarini innovatsion faoliyatga tayyorlash
mazmuni.
O`zbekiston Respublikasining taraqqiyoti va istiqbolini ta`minlash
iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va madaniy sohalarda bo`layotgan o`zgarishlarga
bog`liq bo`lib, bunday o`zgarishlarda faol ishtirok etish uchun kasbiy soha
egalaridan yuqori darajadagi umumiy va maxsus bilimlar, intelektual salohiyat,
keng dunyoqarash va axborot kommunikatsiyalaridan ustalik bilan foydalanish
malakalariga ega bo`lishlik talab etiladi. Ana shu talablar asosida pedagog
kadrlarni tayyorlash bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biridir.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti ta`kidlaganidek: “Bugungi kunda
oldimizga qo`ygan buyuk maqsadlarimiz, ezgu niyatlarimizga erishishimiz,
jamiyatimizning yangilanib borishi, hayotimizning taraqqiyoti va istiqboli
amalga oshirayotgan islohotlarimiz, rejalarimizning samarasi, taqdiri, bularning
barchasi, avvalambor, zamon talablariga javob beradigan, yuqori malakali,ongli
mutaxasis kadrlar tayyorlash muammosi bilan chambarchas bog`liqligini
barchamiz anglab yetmoqdamiz
1
”!
Shuning uchun ham “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” maqsad va vazifalarini
amalgam oshirishning birinchi bosqichida “Pedagog va ilmiy pedagog kadrlar
tayyorlash hamda ularning malskasini oshirishni zamon talablariga javob
berdigan darajada tashkil etish” belgilangan.
Ikkinchi bosqichda ta`lim muassasalarining texnika va axborot bazasini
mustahkamlash davom ettiriladi, o’quv –tarbiya jarayoni yuqori sifatli o’quv
adabiyotlari va ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlanadi. Shu ma’noda
ilg’or pedagogik texnologiyalarni amalga joriy etish ham muhim ahamiyat kasb
etadi. Shuning uchun ham o’qituvchi kasb mahoratini yanada takomillashtirish,
pedagogik kadrlarni tayyorlash jarayonini texnologik yondashuv asosida tashkil
1
I. Karimov. Barkamol avlod- O’zbekiston taraqqiyotining poydevori.- Toshkent, Sharq, 1997. 5-bet
31
etish bilan bo’lg’usi o’qituvchilarni mazkur faoliyatga tayyorlash bugungi
kunning muhim talablaridan biridir.
Ta’limga texnologik yondashuv pedagogik jarayonga faol ta’sir etuvchi
va uning samaradorligi, bir butunligi va muvoffaqiyatini belgilab beruvchi
omillardan biri bo’lib hisoblanadi.
Oliy o’quv yurtlarida tahsil olayotgan bo’lajak o’qituvchilarni shu
jumladan musiqa o’qituvchilarini ham, xozirgi zamon talablari asosida puxta
kasbiy tayyorgarlikga ega, o’z kasbining mohir ustasi bo’lib yetishlariga asosiy
e’tiborini qaratmoq fan va ta’lim qolaversa kadrlar tayyorlash tizimi oldiga
qo’yilayogann eng dolzarb vazifalardandir.
O’qituvchi qanchalik bilimdon o’z kasbini puxta egallagan va zamonaviy
pedagogik texnologiyalardan mahironi foydalana oladigan bo’lsa, u kelajak
avlodni ham shunchalik bilimdon har tomonlama barkamol inson qilib tarbiyalay
oladi. Oliy pedagogik ta’limda bo’lajak musiqa o’qituvchilarni pedagogik
faoliyatga tayyorlashda va musiqiy fanlardan –musiqa o’qitish metodikasi,
musiqa nazariyasi va taxlili, xor va xorshunoslik, dirijyorlik, solfedjio kabilardan
bilim va malakalari va eng muhimi o’z tanlagan kasblariga munosabati muhim
o’rin tutadi. Bu borada musiqiy ta’lim yo’nalishida tahsil olayotgan talabalarni
bilim, saviya, musiqiy tayyorganrlik va kasbga munosabatlari turlicha bo’lishini
ham ta’kidlab o’tishi joiz. Bu o’rinda ularni uch toifaga ajratish mumkin:
1.
Musiqa bo’yicha bazaviy ma’lumotga ega bo’lgan, kasbini
sevadigan, kelgusida o’qituvchi bo’lish orzulari amalga oshishi uchun zarur
bilim, ko’nikma va malakalarni chuqur egallashga astoydil intilib o’qiydigan
talabalar;
2.
Musiqaga ixtidori va qobiliyati mavjud, lekin, barcha fanlarga ham
astoydil qiziqavermaydigan va o’zlarini kelajak faoliyatida zarurligini his
qilmaydigan talabalar. Bular pedagogik faoliyatning turli tomonlarini puxta
o’zlashtirib ololmaydilar.
3.
Bu toifadagi talabalar o’quv yurtiga o’z xoxish – istaklariga qarshi
majburan kirib qolgan bo’lib, bu ularni o’qishiga o’z ta’sirini o’tkazadi. Ular
32
pedagoglik kasbida o’qib turib kelajakda bu sohada ishlashni asosiy maqsad
qilib qo’ymaydi.
Bo’lajak o’qituvchilarni o’qish davomida innovasion faoliyatga
tayyorlash ularni pedagogik faoliyatga tayyorlash ishlari bilan yaxlit bir
butunlikda olib borilsagina bu faoliyat samarali va maqsadga muvofiq bo’ladi.
Musiqiy ta’lim yo’nalishida fanlar integrasiyasi shunday ko’rinish kasb etadiki
har bir fan o’z navbatida ikkinchi, uchinchi va h.k. barcha musiqiy, amaliy –
nazariy bilimlar jamlanmasini o’zida mujassamlashtirgan holda kerakli
ko’nikma va malakalarni o’zlashtirishni taqozo etadi. Masalan cholg’u asbobida
ijrochilik mahoratini egallash uchun musiqa nazariyasi (musiqani ifoda
vositalari), solfedjio, (nota o’qish) musiqa asarlari tahlilini, xor va xorshunoslik
fanida esa vokal kuylash, nazariy savodxonlik, dirijyorlik, xor aranjirovkasi,
asarlar tahlili bo’yicha ma’lum bilimlar zahirasi talab qilinadi. Shu bois har bir
fan o’qituvchisi o’zi dars berayotgan fanning o’ziga xos xususiyatlaridan kelib
chiqib talabalarni pedagogik texnologiya faoliyatiga tayyorlab borishi kerak
bo’ladi. Hozirgi kunda oily ta`lim tizimida buy o`nalishdagi ishlarni kuzatish va
tahlil qilish shuni ko`rsatadiki musiqiy ta`limy o`nalishida faoliyat yuritayorgan
professor – o`qituvchilarni aksariyati talabalarni texnologik faoliyatga
tayyorlashga o`zini hech bir aloqasi yo`q deb biladi. Bu ish bilan shug`ullanishni
“Pedagogika” fani yoki “Musiqa o`qitish nazariyasi va metodikasi” fani
o`qituvchilarining ishi deb qarashadi, yoki umuman bu ishga e`tibor
berishmaydi. Bunga sabab birinchidan professor – o`qituvchilarni o`zlarini
ushbu faoliyatga tayyor emasliklari bo`lsa, ikkinchidan bo`lg`usi pedagog –
kadrlarni texnologik faoliyatga tayyorlab borishning ijtimoiy, siyosiy zarurat
sifatidagi mohiyatini tushunmasligidir.
Bo`lajak musiqa o`qituvchilarini texnologik faoliyatga tayyorlash bir fan
doirasida emas, barcha fanlarni o`qitilishida yaxlit tizim asosida tashkil
etilsagina kutilgan natijaga erishish mumkin. Ya`ni musiqani xor va
xorshunoslik, dirijyorlik, vocal ijrochiligi, cholg`u ijrochiligi, musiqa tarixi,
33
musiqiy asarlar tahlili, musiqa o`qitish metodikasi (bu fanlar talabaning
kelajakdagi musiqa o`qituvchilik faoliyatida muhim o`rin tutuvchi fanlar
hisoblanadi) kabi fanlar o`qitilishi jarayonida kasbga tayyorlash va texnologik
jarayonga tayyorlash ishlari bir – biri bilan uzviy bog`liq holda amalga oshirilsa
va tadbirlarning (mashg`ulotlarning) har biri bosqichma – bosqich bo`lajak
o`qituvchilarni ta`lim jarayonini mohirona ilg`or pedagogik texnologiya asosida
tashkil etishga tayyorlasagina u bir butun tizim sifatida samaradorlik kasb etadi.
Bo`lajak o`qituvchilarni ta`lim jarayonida texnologik yondashuvga
tayyorlashda ayniqsa pedagogik amaliyot muhim o`rin egallaydi. Hozirgi kunda
musiqiy
ta`lim
ixtisosligining
har
bir
bosqichida
talabalar
o`quv,
malakaviyamaliyotga chiqadilar. Birinchi kursda 2 hafta, 2-3-kurslarda 4
haftalik, 4 – kursda esa 14 haftalik pedagogik amaliyotlar ularni kasbga
tayyorlashda muhim davrni tashkil etadi. Agar mana shu jarayonda talabalarni
pedagogik texnologik tayyorgarligiga e`tabor qilinmasa, u holda xuddi biz
yuqorida ta`kidlaganimizdek muammo vujudga keladi. Chunki amaliy ish
faoliyatidagiga nisbatan talabalik davrida pedagogik texnologiyalar va ularni
dars jarayonida qo`llash, tadbiq etish malakalarini egallash ancha qulay, samarali
va zamonaviy talablarga mos bo`ladi.
Pedagogik amaliyotlar jarayonida talabalar o`zlarida yetishmayotgan
kamchiliklarni aniqlaydilar, ularni tuzatish ustida ishlaydilar, bu jarayon ular
uchun obrazli qilib aytganda “katta konsart oldidan generalniy repetitsiya”
vazifasini o`taydi. Bu jarayonda ular erkin holda o`zlarini sinab ko`radilar,
ularning kasbiy tayyorgarligi, pedagogic faoliyatni ilg`or pedagogik
texnologiyalar bilan bog`liqlikda olib bora olishi yoki yo`qligi masalasi
oydinlashadi. Shu bilan birga talabalar faqat pedagogik amaliyot jarayonidagina
o`qituvchilik kasbining turli – tuman, qiyin va ijodiy tomonlarini bevosita ko`rib,
boshdan kechiradilar.
Kuzatuvlarimiz yaxshi tashkil etilgan pedagogik amaliyot jarayonida
bo`lajak o`qituvchilarni kasbiy shakllanishi yanada faol kechishini ko`rsatdi.
Chunki, doimiy ravishda ilg`or, tajribali o`qituvchilar bilan bo`lgan aloqa,
34
ularning ijodiy ishlarini bevosita kuzatish, o`rganish, eng yaxshi tajribalarni
egallashlari va o`zlashtirishlariga yordam beradi.
Hozirgi davrda har bir o`qituvchi egallashi lozim bo`lgan eng muhim
ko`nikmalardan biri darslarni pedagogik texnologiyalar asosida tashkil qilish va
o`tkaza olish ko`nikmasidir. O`z tarkibiga ko`ra bu ko`nikma anchagina
murakkabdir. Buning uchun:
Talabalarni innovatsion faoliyatga tayyorlash va unga oid ko`nikma
va malakalarni shakllantirish uchun avvalo o`quv – biluv faoliyatidan unumli
foydalana bilish, talabalarni har bir fan o`qitilishida pedagogik texnologiyalarni
qo`llay olish mahoratlarini egallab borishlariga erishish zarur. Masalan,
dirijyorlik mashg`ulotlari jarayonida “Talaba treningi”, “Men dirijyor”,
“Klaster”, Musiqa nazariyasi fanini o`tishda “Aqliy hujum”, “Skarabey”, “Bahs -
munozara”, “Muloqot”, “Guruh bo`lib ishlash”, Xor va xorshunoslik asoslari
mashg`ulotlarida “Kichik guruhlar holiday ishlash”, “Individual ishlash”,
“Differensial guruhlarga bo`lish”, “Multimedia texnologiyasi”, “Konsert darsi”,
Musiqa tarixi fanini o`tishda “Muammoli vaziyat”, “Viktorina darsi”, “Savol -
javob”, Cholg`u ijrochiligi darsini o`qitishda “Kuyni davom ettir”, “Dars
sayohat”, “Konkurs darslar” texnologiyalarini qo`llash va talabalarni bunday
faoliyatga tayyorlab borish mumkin.
Pedagogik faoliyatga texnologik jihatdan talabalarni tayyorlash
talaba o`quv mashg`ulotlari davomida egallagan va amaliy mashg`ulotlar,
pedagogik amaliyotlar davomida mustahkamlab borish lozim bo`lgan nazariy
psixologik, pedagogik va metodik bilimlarni amalda ongli, ishonchli va
muvaffaqqiyatli qo`llay olishiga ko`p jihatdan bog`liqdir.
|