40
musobaqa tarzida uyushtiriladigan va tematikasi bolalar dunyosiga mos ertak
qahramonlari, hayvonlar,
parrandalar, o`simliklar, tabiat manzaralari, qushlar
obrazlari bilan bog`liq asarlar o`quvchilarda darsga nisbatan qiziqish va havas
uyg`ota oladi, estetik hissiyotlarini, musiqiy qobilyatlarini o`stirib boradi. Bu
o`rinda zamonaviy qo`shiqlar qatori xalq qo`shiqlaridan, qardosh xalqlar va
kompozitorlari asarlaridan foydalanish darslarni yanada sermazmun va faol
bo`lishini ta`minlaydi, yoshlarda xalq musiqa merosiga bo`lgan
mehr va
muhabbat tuyg`ularini shakllanishiga kuchli ta`sir etadi. Har bir darsda ijodiy
faollik yuzaga keladi.
Zamonaviy musiqa madaniyati darslarini badiiy – pedagogik asar deb
hisoblash mumkin. Chunki uni o`qituvchi o`z individual ijodidan va tajribasidan
kelib chiqqan holda yaratadi. Darsning kompozitsiyasi va dramaturgiyasi, uning
badiiy – pedagogik g`oyasi, maqsad va vazifalari, shakllari, metodik usullari va
texnologiyalari ham o`quvchilarda musiqaga, o`quv materiallariga qiziqishni
o`stirish, ularga musiqa san`ati va madaniyatining ma`naviy
mazmunini
singdirish, zamonaviy musiqali ijodiy faoliyatni anglashi – bularning hammasi
o`qituvchining ijodiy yondashuvchanligining mahsuli hisoblanadi.
O`qituvchi musiqa darsini (bir soatlik) rejasini tuzganda maqsad,
vazifasini, mavzusini, turini va o`qitish shakllarini, musiqiy faoliyatlarni va ular
mazmunida o`quvchilarga beriladigan bilimlar, qo`llaniladigan uslublar,
texnologiyalarni aniqlab, so`ng darsning senariysini yaratadi. Darsning har bir
faoliyati:
musiqa tinglash, jamoa bo`lib kuylash, musiqa savodi, ritmik
harakatlar, musiqa cholg`u asboblarida jo`r bo`lish, o`yinlar – bir – biri bilan
bog`lanib , uzviylashtirilgan bo`lishi kerak. Bunda o`quvchilarni darsga faol
qatnashtirish uchun turli xil texnologiyalar, vositalar,
metod va usullar
qo`llaniladi.
Ma`lumki, har qanday pedagogik texnologiya ta`limning yangi loyihasini
rivojlantiruvchi ta`lim tamoillariga asoslangan bo`lib, o`quvchi shaxsiga
yo`naltirilgan bo`lishi kerak. O`qituvchi va o`quvchi, o`quvchilar va
o`qituvchining hamkorligi o`zaro muloqot, bir – biriga ko`rsatadigan ta`siri
41
zamonaviy talablar asosida tashkil topishi lozim. Bunday jarayonda o`quvchilar
bilan hamkorlikda ishlash malakalari shakllanadi. O`quvchilarning faol, samarali
faoliyat ko`rsatishiga yo`naltirilgan ta`lim jarayonining metodik ishlanmasidan
farqli ravishda, ta`limning pedagogik texnologiyasi ta`lim oluvchilarga
qaratiladi, shuningdek,ularning shaxsiy va o`qituvchi bilan birgalikdagi
faoliyatini hisobga olgan holda o`quv materialini o`zlashtirishiga
sharoit
yaratadi.
Pedagogik texnologiya turini tanlash dars va mashg`ulotlarda qaysi
darajadagi bilim va ko`nikmalarni o`zlashtirish nazarda tutilganligiga bog`liqdir.
O`qitish jarayonida qo`llaniladigan texnologiyalar juda ko`p. Bu texnologiyalar
o`quvchilarning yosh xususiyatiga, ko`pchilikni o`qitishga yoki individual
mashg`ulotlarga mo`ljallangan bo`ladi.
Hozirgai kunda yangi pedagogik texnologiyalarni o`quv jarayoniga
tadbiq etishga bo`lgan qiziqish kundan – kunga kuchayib bormoqda. Chunki,
pedagogik texnologiya va interfaol metodlar o`quvchi yoshlarni puxta bilim va
malakalarni egallashlarini
yengillashtiradi, qulaylik tug`diradi. Shu o`rinda biz
o`zimizning amaliy tajribamizda qo`llagan ayrim texnologiyalarga qisqacha
to`xtalib o`tamiz.
Dostları ilə paylaş: