Alishe r navoiy nom idagi sam arqand davlat uni versiteti


Ta`lim jarayonida talabalarni innovatsion texnologik faoliyatga



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/31
tarix20.12.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#187227
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   31
Kitob 6781 uzsmart.uz

Ta`lim jarayonida talabalarni innovatsion texnologik faoliyatga 
tayyorlab borishning asosiy metodlari quyidagilardan iborat: 
1.
Talabalarga ma`lum ko`nikmalarni hosil qilishlari uchun beriladigan 
topshiriqlar va ularni nazariy va amaliy o`zlashtirishining tizimli yo`lga 
qo`yilishi; 
2.
Pedagogik texnologiyalarni ayrim usullarini dars jarayonida pedagogik 
amaliyotda mustaqil mashq qilishlari; 
3.
O`qituvchi doimiy ravishda talabaning pedagogik texnologiyalarni 
o`zlashtirishi va amaliyotda qo`llay olish ko`nikmasini kuzatib, maslahatlar 
berib borishi; 
4.
Talabalarni pedagogik texnologiyalarni qo`llash bo`yicha egallagan 
ko`nikma va malakalarini sinf qismida, guruh bo`lib muhokama qilib borish; 
5.
Talabalarni o`z ishini va o`rtoqlari ishini kuzatish va tahlil qilish va unga 
baho berishga o`rgatib borish; 
6.
Talabalar o`rtasida turli tanlov va musobaqalar o`tkazish ularga ijodiy 
mehnat namunalarini ko`rsatish va h. k. 
O`qituvchi dars mazmuni va mavzusiga ko`ra darsda qo`llanadigan 
texnologiyani tanlaydi, bunda asosiy e`tibor, maqsad aniq natijaga erishishga 
qaratiladi. Albatta bu o`rinda o`quvchilarning bilish saviyasi, qiziqishi va 
intilishlari mavjud shart – sharoit hisobga olinadi. Masalan, magnitafonda 
musiqiy asarni eshitish, so`ngra munozara, doira stol atrofida jamoaviy tarzda 
uni tahlil qilish, erkin munozara asosida asar haqida (nazariy, badiiy - matn) 
kerakli ma`lumotlarni o`zlashtirish mumkin. Shuningdek, ko`rgazmali vositalar, 
tarqatma materiallar, turli adabiyotlar, axborot manbalardan ijodiy foydalanish 
mumkin. 
O`qituvchi bilan bir qatorda o`qitish jarayoni oldindan loyihalashtirish 
zarur. Bu jarayonda o’qituvchi o’quv materialining mazmuni,sinf imkoniyatini, 
hisobga oladi-o’quvchilarni dars faoliyatini markaziga asosiy harakatlantiruvchi 
kuchga aylantirish kerak.


36
Darsni yaxshi natijaga olib kela oladigan darajada loyihalashtirish uchun 
o`qituvchi tomonidan bo`lajak darsni texnologik xaritasini tuzib olishi katta 
ahamiyatga egadir, chunki darsning texnologik xaritasi har bir mavzu, har bir 
mashg`ulot xususiyatidan o`quvchilarning imkoniyat va ehtiyojidan kelib 
chiqqan holda tuziladi. Bunday texnologik xaritani tuzishning o`ziga xos 
murakkablik tomonlari mavjud. Buning uchun o`qituvchi pedagogika, 
psixologiya xususiy metodika, informatika va axborot texnologiyalaridan 
habardor bo`lishi, shuningdek, juda ko`p metodlar, usullarni bilishi kerak 
bo`ladi. Har bir darsni rang barang qiziqarli va mazmunli bo`lishi avvaldan 
puxta o`ylab tuzilgan darsning loyihalashtirilgan texnologik xaritasiga ko`p 
jihatdan bog`liq.
Darsning texnologik xaritasini qay ko`rinishda yoki shaklda tuzish, bu 
tajribali, qo`ygan maqsadga bog`liq. Texnologik xarita qanday tuzilgan 
bo`lmasin o`zida dars jarayoni yaxlit holda aks etgan bo`lishi hamda aniq 
belgilangan maqsad, vazifa va kafolatlangan natija o`z ifodasini topgan bo`lishi 
muhimdir. Texnologik xaritani tuzish o`qituvchini darsni kengaytirilgan 
kospektini yozishdan halos etadi. Chunki bunday xaritada darsning barcha 
qirralari o`z aksini topadi. 
O`qituvchi tomonidan o`zi o`qitayotgan fanning har bir mavzusi 
bo`yicha tuzilgan texnologik xarita unda har bir mashg`ulotni yaxlit holda 
tasavvur etib yondashishga tushunishiga yaxlit o`quv jarayonining boshlanishi 
mazmuni, maqsadidan tortib, erishiladigan natijagacha ko`z oldiga keltirgan 
holda darsni tashkil qilishiga imkoniyat yaratadi.
Dars jarayonida qo`llanilayotgan ilg`or pedagogik texnologiyalar 
o`quvchilarni erkin fikrlashga, izlanishga har bir masalaga ijodiy yondashishi, 
mas`uliyatni sezish, o`z ustida mustaqil ishlash, tahlil qilish, ilmiy – uslubiy 
adabiyotlardan, darsliklardan unumli foydalanishga, eng asosiysi fanga, mavzu 
bo`yicha bilim va malakalarni egallashga qiziqishlarini kuchaytirishi lozim. 
Dars jarayonida o`quvchilarni nazorat qilib borish alohida jarayon bo`lib, 
har bir mashg`ulotning maqsad va mazmuniga muvofiq amalgam oshiriladi. 


37
Nazoratning eng haqiqiy va to`g`ri, samarali shakli bu – o`z – o`zini nazorat 
qilish hisoblanadi. Bu o`qituvchi uchun ham o`quvchi yoki talaba uchun ham 
birdek zarurdir.
Har bir fanning o`qitilishini o`ziga xos xususiyatlari bo`lgani singari 
musiqa o`qituvchisining ham o`ziga xos “sir”lari ya`ni metodi, o`ziga xos 
yondashuvi, tashkil etish, uyushtirish, bolalar bilan muloqot qila olish xislatlari 
bo`ladi. Bular ichida umumiy bo`lgan xususiyatlar bu musiqa san`atiga, o`z 
kasbiga muhabbat, darslarga puxta tayyorgarlik ko`rish, o`quvchilarga ko`proq 
bilim va tushunchalar berish, o`tilgan mavzularni to`liq va mukammal 
o`zlashtirishga intilib, fidoiylik bilan, o`qituvchilik faoliyatidagi hayot bilan 
yashash.
Musiqa o`qituvchisi o`quv va tarbiya ishlarini barobar olib boradi. U 
faqat o`z mutaxasisligi bo`yicha keng bilimga ega bo`lib qolmay, musiqaga oid 
boshqa fanlardan, adabiyot, tasviriy san`at kabi fanlardan ham yaxshi bilimga 
ega bo`lishi lozim. Oquvchilarni musiqiy, badiiy, estetik tarbiyalovchi shaxsning 
dunyoqarashi, fikrlash tushunchasi, o`z kasbiga sadoqati va o`z mahoratini 
uzluksiz oshirib, takomillashtirib borishi birinchi darajali ahamiyatga ega 
bo`lishi kerak.
Ta`kidlab o`tganimizdek, musiqa o`qituvchisi oliy ta`lim davrida 
cholg`uchilik, musiqa cholg`ularida ijro etish, vokal – kuylash, nazariy 
bilimlarni yaxshi egallashi kerak. Chunki, jonli ijro etilgan kuy va qo`shiq 
hammadan ko`proq, tez va emotsional ta`sir kuchiga egadir. Jonli ijro etilgan 
kuy va qo`shiq o`quvchilar e`tiborini tez jalb etadi, yaxshi kayfiyat baxsh etadi. 
Jamoa bo`lib kuylash vaqtida hohlagan taktni (jumlani) qaytarish imkonini 
beradi. Va nihoyat musiqa asbobida mahorat bilan ijro etgan, qo`shiqni chiroyli 
ovozda kuylagan o`qituvchi o`z tarbiyalanuvchilariga musiqani har kim o`zi ijro 
etishi naqadar qiziqarli ekanligini, jozibadorligini amaliyotda ko`rsatib beradi. 
Musiqa o`qituvchisi faqatgina musiqa cholg`ularini mohirona ijro etish bilan 
cheklanib qolmay, balki, yaxshi tovush, dirijyorlik mahorati, jamoa bilan ishlash 


38
malakalarini yaxshi egallagan bo`lishi uning faoliyati samaradorligini 
kafolatlaydi.
O`qituvchi bulardan tashqari darslrni kuzatib borishi uning yutuq va 
kamchiliklarini maxsus daftarga qayd qilib, shunga yarasha keyingi darslarga 
tayyorgarlik ko`rishi yaxshi samara beradi. Doimiy kuzatishlar sababli 
o`qituvchining pedagogik mahorati ham o`sib, rivojlanib boradi. U vaziyatni 
baholashga, o`quvchilarning kayfiyatini, dars ularda qanday taassurot 
qoldirganligini, ichki his – tuyg`ularini sezishga o`rganadi. Kuzatish birinchi 
sinfdan boshlanib, yettinchi sinfga qadar “davomiylik” tamoili ostida olib 
borilishi maqsadga muvofiqdir. Bundan tashqari pedagogik texnologiyani 
qo`llash, o`zi ijro etib berishidan tashqari har bir darsda suhbat, hikoya, 
tushuntirish, uqtirish, munozara kabi uslublar yordamida asarlar mazmuni, 
mualliflari,yaratilgan davri, janri, xarakteri, shakli, tempi, lad – tonalligi, 
ijrochilik xususiyatlari haqida zarur tushunchalarni berib borishi lozim.
Musiqa madaniyati darsida o`qituvchining so`z mahorati yuksak darajada 
bo`lishi lozim. O`qituvchining o`rganilayotgan asar haqidagi kirish so`zi va dars 
mavzusini tushuntirib berishi, o`quvchilarni ajoyib va sehrli musiqa olamiga olib 
kiradi. Bunday xislatlar, ko`nikmalar, malakalarning asosiy negizi oliy ta`lim 
davridagi ta`limjarayonida yaratilmog`i va o`qituvchilik faoliyatida uzluksiz 
ravishda takomillashtirilib, boyitilib, rivojlantirilib borilishi pedagog – 
murabbiylar oldiga, kasbiy faoliyatiga qo`yilayotgan ijtimoiy buyurtmaning 
asosiy mazmunini belgilaydi.


39

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin