Alishe r navoiy nom idagi sam arqand davlat uni versiteti



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/31
tarix20.12.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#187227
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   31
Kitob 6781 uzsmart.uz

Raqs + tabassum. 
Bu texnologiyalardan ko`proq boshlang`ich sinflarda foydalanish 
mumkin. Boshlang`ich sinf darsliklaridan o`rin olgan “Qari navo”, “Usmoniya”, 
“Andijon polkasi”, “Dilxiroj” raqs kuylarida qo`llash yaxshi natija beradi. Bunda 
o`yin – raqsga jalb etilgan o`quvchilar hohlagan holatda turadilar.O`qituvchi 
yoqimli musiqa ostida barcha o`quvchilarni raqsga taklif etadi.
1.
O`quvchilar erkin raqsga tushadilar. Musiqa tugagach yonida, 
to`g`risida to`xtagan do`stiga tabassum bilan olqishlovchi so`z 
aytishi kerak.
2.
Hammaga tanqid qiluvchi yoki ko`ngilni qoldiruvchi so`z 
aytish qat`iy man qilinadi. O`quvchilarga quyidagicha murojaat 
qilish mumkin: “Sizni raqs tushishingizdan xursand bo`ldim”, 


42
“Siz chiroyli raqs tushar ekansiz”, “Sizning raqs usullaringiz 
menga juda yoqdi” va h.k. 
Muhokama uchun savollar:
1.
Musiqa sizda qanday taassurot uyg`otdi? 
2.
Atrofdagilarning tabassumini ko`rganda nimani his qildingiz? 
3.
Kimni olqishi sizga ko`proq ma`qul bo`ldi? Nima uchun?
4.
Keyingi safar kim bilan raqsga tushishni hohlaysiz?
2. Pantomima uslubi.
O`quvchilar doira shaklida o`tiradi. O`qituvchi o`quvchilarga cholg`u 
asboblarining rasmini tarqatadi. O`quvchilarning vazifasi ushbu cholg`u 
asboblarida qanday holatda kuyni ijro etilishini harakatlar bilan ko`rsatishdan 
iborat. Qolganlar esa kuzatib, qaysi cholgu asbobi ko`rsatilayotganligini topishi 
kerak. Masalan, rasmda doira surati aks etgan bo`lsa, stulda o`tirgan holda qo`l 
harakati bilan ko`rsatib beradi, karnay, surnay, g`ijjak, rubob, dutor, fortepiano
cholg`u asboblari mos qo`l harakatlari bilan tasvirlanadi. 5 – 6 ta o`quvchining 
chiqishidan so`ng muhokama qilinadi. 
3.
Marhamat davom ettir. (takrorlash darslari uchun) 
Sinf ikki guruhga bo`linadi. Oldingi darslarda o`rgatilgan qo`shiqlardan birini 1 
guruh boshlab beradi, birinchi kuplet kuylanadi, 2 – guruh davom ettiradi. 
Qaysi guruh to`g`ri, aniq davom ettirsa u golib bo`ladi va 2 – qo`shiqni tanlash 
huquqiga ega bo`ladi. 3 ta qo`shiqdan keyin mutloq g`olib aniqlanadi va 
baholanadi.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin