44
Tarozi uslubi.
Mazkur usul o`tgan mavzularni ko`proq dalillar keltirgan holda qisqa va
lo`nda ifodalab, boshqa guruh ishtirokchilarini javoblari bilan solishtiriladi.
Aniq, to`g`ri javob bergan guruh g`olib hisoblanadi.
O`quvchilarni
fikrlashga, mushohada qilishga, o`z bilimi, topqirligini va
zukkoligini namoyish qilishga yo`naltirilgan pedagogik texnologiyalarni qo`llsh
dars jarayonini demokratlashtirish bilan birga o`qituvchi va o`quvchi
hamkorligini,
o`quvchilarni
ijodkorligini
rivojlantiradi.
Oqituvchi
va
o`quvchilarning doimiy ishchan muloqotda va munosabatda bo`lishlari dars
samaradorligini
oshirish, o`quvchilarning bilim doirasini kengaytirishda muhim
ahamiyatga ega.
Interfaol metodlar
– o`qituvchi va o`quvchilarning o`zaro
hamkorligi
asosida darsda ijodiy muhit yaratish, dars samaradorligini oshirish,
o`quvchilarda mustaqil
fikrlash mulohaza yuritish, o`z munosabatini bildirish
ko`nikmalarini shakllantirish omilidir. Bunday metodlarda o`quvchi o`zi faol
ishtirok etgan holda yakka,
juftlikda, guruhlarda, jamoa bo`lib muammo va
savollarga
javob topishga harakat qiladi, fikrlaydi, baho beradi, yozadi,
so`zlaydi, dalil hamda asoslar keltirish bilan qo`yilgan masalani yoritib berishga
harakat qiladi. Bu esa o`quvchilarning xotirasida mustahkam o`rnashadi.
Yangi
mavzu (axborotni) ni o`zlashtirishda tanqidiy, tahliliy yondashishga o`rgatadi.
O`qituvchi faqat yo`l – yo`riq ko`rsatuvchi, tashkil qiluvchi,
kuzatuvchi,
baholovchi vazifalarini bajaradi.
Interfaol metodlarni juda ko`p turlari mavjud. Biz ulardan o`z faoliyatimizda
foydalangan ayrimlari haqida to`xtalib o`tamiz:
Dostları ilə paylaş: