45
jamlashistisno tariqasida ta`lim oluvchilarning
barcha fikrlarini, shu jumladan
aytarli to`g`ri bo`lmaganlarini ham inobatga olishdan iborat.
Bunda yaxshi ishtirok etish uchun ana shu fikrlarning
barchasini doskaga yoki
maxsus yozuv qog`oziga yozib borish kerak. Bu narsa bayon etilgan fikrlarning
keyingi tahlilida o`quvchilarni qo`yilgan savol yoki muammoni to`g`ri
tushunishiga imkoniyat beradi.
“Aqliy hujum”ni o`tazish uslublari.
1.
O`qituvchi sinfga savol, topshiriq yoki muammo tashlaydi va
o`quvchilarga o`z fikrlarini bildirishni taklif qiladi.
2.
Istisno tariqasida barcha fikrlar (qancha ko`p bo`lsa shuncha
yaxshi) doskada yoki filipchartga yozib boriladi.
3.
Barcha fikrlar yozib olingandan keyin o`qituvchi o`quvchilar
bilan barcha g`oyalarni
shakllantiradi, aytilgan fikrlarga
tuzatishlar kiritiladi. Keyinchalik
undan foydalanish maqsadida
eng muhimlari ajratib ko`rsatiladi.
“Aqliy hujum”ni o`tkazish qoidalari.
1.
“Aqly hujum” o`tkazish uchun belgilangan vaqt reglamentiga rioya
etish;
2.
Belgilangan vaqt doirasida barcha hohlovchilarga o`z fikrini bayon
etish imkoniyatini berish;
3.
O`quvchilar tomonidan aytilgan
fikrlar tanqid va muhokama
qilinmasligi, baholanmasligi lozim;
4.
Zarurat bo`lgan holatda bayon etilgan fikrga tuzatishlar kiritish
kerak. Lekin bu g`oya yoki fikrni
aniq va qisqacha ifodalash
maqsadida bo`lishi;
Dostları ilə paylaş: