tuzishga asoslanadi. Mazkur balans resurslarga bo‘lgan talab va uni qondirish
manbalari aks ettiriladi. Bu usulda yer, mehnat, moddiy va moliyaviy resurslar
balanslarini tuzish orqali rejaning ayrim bo‘limlari va ko‘rsatkichlari o‘rtasida
muvofiqlik hamda mutanosiblik ta’minlanadi.
•
me’yoriy usul. Bu usulga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi korxonasining ishlab
chiqarish resurslariga bo‘lgan
ehtiyojlari; barcha iqtisodiy, texnik-
iqtisodiy va
balans hisob-kitoblari; rejalarning asoslovchi ko‘rsatkichlari ilmiy-tadqiqot va
loyiha institutlari tomonidan ishlab chiqilgan me’yorlarga asoslanadi. Me’yor
deganda ma’lum bir texnikaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarning ilmiy jihatdan yo‘l
qo‘yilishi mumkin bo‘lgan chegaraviy miqdoriga aytiladi.
Qishloq xo‘jaligida rejalar tuzishda quyidagi me’yorlardan foydalaniladi:
a) asosiy vositalardan foydalanish (mashinalar unumi me’yorlari, transport
vositalari tezligi, quvvatdan foydalanish me’yorlari va hokazo);
b) aylanma vositalardan foydalanish (yonilg‘i-moylash
materiallari sarfi
me’yorlari va hokazo);
d) mehnat sarfi va mahsulotning mehnat sig‘imi – alohida ish turlari bo‘yicha
mehnat sarfi me’yorlari va boshqalar;
e) ishlab chiqarish jarayonlarining tashkil etilishi – ta’mirlash uchun
sarflanadigan vaqt sarfi, zahiralar, xom ashyo,
materiallar, yonilg‘i-moylash
materiallari qoldiqlari me’yorlari va boshqalar;
f) mahsulot sifati ;
g) kapital qo‘yilma ajratmalari;
h) ishlab chiqarish xarajatlari, rentabellik darajasi va hokazo.
•
hisob-variantli usul. Bu usulning mohiyati shundan iboratki, rejaning turli
bo‘limlarini ishlab chiqishda ishlab chiqarish tarmoqlarini bog‘lashning, ekin
maydonlari tarkibining, chorva mollarini oziqlantirish ratsionining, ishlab chiqarish
jarayonini mexanizatsiyalshtirishning turli variantlari ishlab chiqiladi. Reja
variantlarni talashda ikki guruh ko‘rsatkichlardan foydalaniladi: birinchisi –
mahsulot miqdori va sotish hajmi; ikkinchisi –ishlab chiqarishning iqtisodiy
samaradorligi (mehnat
unumdorligi, mahsulot tannarxi, rentabellik darajasi va
hokazo). Ishlab chiqilgan reja variantlari orasidan eng maqbuli tanlab olinadi.
•
iqtisodiy-matematik usul. Reja-iqtisodiy ma’lumotlarni qayta ishlash, reja
topshiriqlarining optimal variantlarini iqtisodiy-matematik usullar va kompyuter
texnologiyalarini larni qo‘llamasdan aniqlab bo‘lmaydi. Ushbu usul rejaning eng
maqsadga muvofiq (optimal)
variantlarini aniqlashda, iqtisodiy, tashkiliy hamda
texnik jarayonlarni optimallashtirishda keng foydalaniladi. Iqtisodiy-matematik
usulni qo‘llashda kompyuter texnologiyalari bilan bir qatorda zarur dasturiy
ta’minot ham muhim ahamiyatga ega. Katta hajmli ma’lumotlarni qayta ishlashda
STATA, Eviews, SPSS kabi maxsus dasturiy ta’minotlar qo‘llaniladi.
•
dasturiy-maqsadli usul. Ushbu usul muhim ilmiy-texnikaviy, iqtisodiy va
ijtimoiy muammolarni hal etish bo‘yicha kompleks dasturlar ishlab chiqish hamda
ularning asoslanganligini va yakuniy natijaga yo‘naltirilganligini oshirishda
ishlatiladi. Bu usul uzoq muddatli istiqbol rejalarni ishlab chiqishda hal qiluvchi
ahamiyatga ega bo‘lad
Rejalashtirish tamoyillari va uslubiyotidan foydalanib rejalashtirish tizimi
ko‘rsatkichlari ishlab chiqiladi. Rejalashtirish uchun talab etiladigan dastlabki
ma’lumotlar hamda istiqbol, joriy, operativ va biznes-rejalarni ishlab chiqish –
rejalashtirish tizimini tashkil etadi.
Rejalashtirish uchun talab etiladigan dastlabki (birlamchi) ma’lumotlarga
quyidagilar kiradi:
- korxonaning o‘tgan yillarda erishgan ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanish
ko‘rsatkichlari;
- ilmiy-ishlab chiqarish tavsiyalari;
- ilmiy asoslangan limitlar, normalar va normativlar;
- istiqbolda rivojlanishning texnikaviy-iqtisodiy prognoz ko‘rsatkichlari;
- hududiy xo‘jalik yuritish tizimining shart-sharoitlari va usullari.
Rejalashtirish uchun dastlabki ma’lumotlar bazasi sifatida o‘tgan yillarda korxona
erishgan ishlab chiqarish natijalari va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlar asos
qilib olinadi. Buning uchun o‘tgan yillar uchun statistik, moliyaviy va operativ
hisobotlar ko‘rsatkichlari chuqur tahlil etiladi va ular asosida joriy yoki kelgusi
yillar uchun reja ko‘rsatkichlari belgilab olinadi.
Mahsulot ishlab chiqarishda ishlatiladigan moddiy,
mehnat va moliyaviy
resurslarni sarflash normativlari, ilmiy-ishlab chiqarish sohasida to‘plangan
tajribalar va tavsiyalar, istiqbolda rivojlanishning prognoz ko‘rsatkichlari
rejalashtirish jarayonining haqqoniyligi va ilmiy asoslanganligini ta’minlaydi.
Dostları ilə paylaş: