Operativ yoki ish rejalari – yillik rejalarni yanada detallashtirish maqsadida
tuziladi. Uning tarkibiga quyidagilar kiradi:
•
ayrim ish davrlari uchun tuzilgan ishchi rejalar;
•
tarmoqlarda haftalik, oylik va
choraklik rejalar;
•
ayrim ishlarni bajarish uchun berilgan qisqa muddatli rejalar.
Rejalarning barcha turlari o‘zaro bog‘liqlikka ega va ularning hammasi
yagona maqsadni amalga oshirishga xizmat qiladi.
Istiqbol rejalar kelgusi bir necha yilda korxonani
ijtimoiy va iqtisodiy
rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari, sur’atlari va ko‘lamini belgilab beradi.
Istiqbol rejalar ko‘pincha prognoz xarakteriga ega bo‘ladi. Prognozlar joriy
rejalardan farq qilib
direktiv xarakterga ega emas, balki ilmiy-texnikaviy
taraqqiyotning asosiy yo‘nalishlarini hisobga olgan holda ishlab chiqiladi.
Qo‘yilgan vazifani bajarish muddatiga ko‘ra, istiqbol rejalar uzoq muddatli va o‘rta
muddatli rejalarga bo‘linadi.
Investitsion loyihalarni moliyalashtirishga mo‘ljallangan
biznes rejalar
biror
bir loyihani amalga oshirish maqsadida korxonaga investitsiyalar yoki kreditlar
jalb etish maqsadida tuziladi. Biznes-reja biznes g‘oyalarini
kelajakda
muvaffaqiyatli amalga oshirishga xizmat qiladigan muhim hujjat hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: