Reja va bashorat korxona rivojlanishi istiqbollarini aniqlashga yo‘naltirilgan ikkita
muqobil yondashuv emas, balki xo‘jalik strategiyasini ishlab chiqishning bir-birini
to‘ldirib turuvchi bosqichlari bo‘lib, bunda reja korxona boshqaruvining asosiy
vositasi hisoblanadi. Shu sababli har bir holatda bashorat qilingan
ko‘rsatkichlardan rejalashtirilgan ko‘rsatkichlarga o‘tish ta’minlanishi lozim
bo‘ladi.
Rejalashtirish doimo kelajakka yo‘naltirilgan bo‘ladi. Bu holat uni ma’lum bir
darajada bashorat qilishga o‘xshash qilib qo‘yadi. Biroq rejalashtirishdan farqli
ravishda bashorat qilish jarayonida belgilangan maqsadlarga erishish imkoniyatlari
aniqlanadi. Bashorat ehtimoliy xarakterga ega bo‘ladi. Unda odatda kelgusida turli
hatti-harakatlar va tashqi (tabiiy, iqlim, iqtisodiy, ilmiy-texnik va hokazo) omillar
ta’siri ostida u yoki bu maqsadlardan chetga chiqish ehtimoli darajasi baholanadi.
Reja va bashorat korxona rivojlanishi istiqbollarini aniqlashga yo‘naltirilgan ikkita
muqobil yondashuv emas, balki xo‘jalik strategiyasini ishlab chiqishning bir-birini
to‘ldirib turuvchi bosqichlari bo‘lib, bunda reja korxona boshqaruvining asosiy
vositasi hisoblanadi. Shu sababli har bir holatda bashorat qilingan
ko‘rsatkichlardan rejalashtirilgan ko‘rsatkichlarga o‘tish ta’minlanishi lozim
bo‘ladi.
Bashorat qilish rejalashtirish tavsifida o‘z aksini topadi: ishlab chiqarish va
korxona iqtisodiy hayotining boshqa jihatlarini strategik rejalashtirish - o‘rta va
uzoq muddatli bashoratlar asosida hamda joriy rejalashtirish - qisqa muddatli
bashoratlar asosida ishlab chiqiladi. Bu yo‘nalishlarning ikkalasi ham o‘zaro uzviy
aloqada bo‘lib, ishlab chiqarish strategiyasini fan-texnika taraqqiyoti va hayotning
real voqeligi bilan bog‘laydi.
Bashoratning maqsadi - bozorga ta’sir qiluvchi omillarni, shu bilan birga,
xo‘jalikning umumiy ahvoli, tuzilmaviy siljishlar, investitsion faollik, fan-texnika
taraqqiyotining iste’molchi va ishlab chiqaruvchilarga ta’sir ko‘rsatishi, an’anaviy
mahsulotlardan tashqari korxonaning barqarorligi va raqobatbardoshligiga olib
keluvchi yangi mahsulot ishlab chiqarish istiqbolida yuzaga kelishi mumkin
bo‘lgan holatlarini belgilashdadir. Korxonalar uchun talabni prognozlashtirish
muhim ahamiyatga ega bo‘lib, u ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turi va
miqdorining o‘zgarishini avvaldan aniqlab beradi. Umuman olganda, bashoratlash
rejalashtirishning ilmiy asosidir.
Dostları ilə paylaş: