37
aminokislotalat orasida peptid bog’i hosil bo’lishi natijasida
shakllanadi.
Oqsillar fazoviy tuzilishi bo’yicha globulyar va fibrillyar
oqsillarga bo’linadilar.
Globulyar oqsillar
-bir yoki bir necha
polipeptid zanjirdan iborat bo’lib, ular o’zaro kovalent yoki
nokovalent bog’lar hisobiga
globula
deb ataluvchi yumaloq shaklga
ega bo’lgan ixcham zarrachani hosil qiladilar. Ular odatda suvda
yaxshi eriydilar. Fermentlar, antitelalar, ko’pchilik gormonlar, hamda
transport oqsillar, mioglobin, gemoglobin(kislorod tashuvchilar), qon
zardobi albumini(yog’ kislotalar tashuvchisi) - bularni barchasi
globulyar oqsillardir.
Fibrillyar oqsillar
- chiziqli yoki spirallangan
polipeptid zanjirdan iborat bo’lib, ular parallel joylashib nokovalent,
ba’zida kovalent bog’lar hisobiga mavjud bo’ladilar. Polipeptid
zanjirlar tola-
fibrillalarga
birlashgandir. Fibrillyar oqsillar suvda
erimaydi. Soch, tirnoq, pat(keratinlar), paylar(elastin), ipak,
o’rgimchak to’ri(fibrin)- fibrillyar oqsillarga misol bo’la oladi.
Globullyar va fibrillyar oqsillar nafaqat tuzilishi, balki xossalari
(eruvchanlik va boshqalar) bilan ham farq qiladilar. Oqsillarning
fazoviy tuzilishi denaturlangan oqsilniki kabi tartibsiz va nativ
oqsildagi kabi tartibli bo’lishi mumkin. So’nggi holatda quyidagi
tuzilish darajalarini ko’rish mumkin:
Dostları ilə paylaş: