43
qarshilik qiladi. Bundan tashqari polipeptid zanjirining bir-biridan
uzoq, lekin fazoda yaqin joylashgan gidrofob
guruhlar vandervaals
ta’siriga uchrashi ham hisobga olinishi lozim.
Polipeptid zanjirni uni o’rab turgan muhit (erituvchi yoki boshqa yon
zanjirlar) ta’siriga bog’liq cheklanishlar:
1) vodorod bog’larini hosil
bo’lishi 2) gidrofob ta’sirlar 3) ion ta’sirlar 4) disulfid
ko’prikchalarini hosil bo’lishi. Bu barcha
cheklanishlar polipeptid
zanjirni faqat yagona nativ konformasiyaga ya’ni uchlamchi
tuzilishga ega bo’lishigi olib keladi.
4-rasm. Sitoxrom C ni kristalldagi fazoviy tuzilishi.
To’rtlamchi tuzilish
- oqsil molekulasida
har biri globula holatidagi
alohida polipeptid zanjirlarini o’zaro fazoviy joylanishi(5-rasm).
Bunday globulalar protomerlar yoki subbirliklar deb yuritiladi. Ular
orasidagi bog’lanish nokovalent kuchlar hisobiga amalga oshiriladi.
44
Bir necha subbirliklar(protomerlar) dan iborat oqsillar oligomerlar
deyiladi. Ko’pchilik oqsil molekulalari
bir necha polipeptid
zanjirlaridan iborat bo’ladi. Ular o’zaro nokovalent (vodorod,
tuzsimon yoki gidrofob) bog’langan bo’ladi. Demak, bunday
oqsilning har bir molekulasi bir necha subbirlikdan iborat bo’ladi.
Ular o’zaro bog’lanib oqsilning to’rtlamchi tuzilishini tashkil qiladi.
Misol sifatida gemoglobin molekulasi keltirilishi mumkin.
Uning
tarkibida to’rtta polipeptid zanjiri mavjud bo’lib, har biri temir atomi
bilan bog’langan. Uchlamchi va to’rtlamchi tuzilishlar odatda
globullyar oqsillarga tegishlidir. Fibrillyar
oqsillarda fazoviy tuzilish
darajalari o’rtasidagi chegara ma’lum darajada shartlidir. Polipeptid
5-rasm. Oksigemoglobinning to’rtlamchi tuzilishi.
zanjirining doimiy tuzilishi nativ shaklda aniqlash mumkin bo’lgan,
standart yoki kanonik konformasiyalarni hosil bo’lishiga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: