Peptid alkaloidlari
guruhiga - ergotamin,
ergozin, ergokristin, fangulanin, skutianin, sitsifin, pandaminlar
kiradi.Turli moddalar va ionlarni organlarga tashishda
transport
oqsillar
muhim ahamiyat kasb etadilar. Elektronlarni tashuvchi
sitoxrom C, kislorodni tashuvchi gemoglobin, gemotsianin va
mioglobin, zardob albumini,
-lipotropin, seruplazminlar shunday
oqsillar hisoblanadilar.
Transport peptidlarga
alametitsin va
gramisidin
valinomitsin va enniatinlar kiradi.
Himoya
oqsillari
organizmni
patologik
holatlar
yoki
turli
kasallik
47
qo’zg’otuvchilarga (bakteriya, virus va toksin) qarshi kurashini
ta’minlaydilar. Himoya oqsillarga immunoglobulin, limfokinin,
monokin, interferon, fibrinogen, fibrin va trombinlar kiradi.
Tuzilma
oqsillari
to’qima va organlarni tuzilish asosi bo’lib xizmat qiladilar va
ularni mexanik xossalarini belgilaydilar.Tuzilma oqsillarga kollagen,
-keratin, sklerotin, fibroin, proleoglikanlar kiradi. Bu guruh
bakteriya hujayrasi devorlari proteoglikanlari, virus qobig’i oqsillari,
ba’zi membrana va ribosomal oqsillar kiradi.
Harakat oqsillarga
muskullar qisqarishigi javobgar aktin va miozin kiradi.
Reseptor
oqsillarga
rodopsin va bakteriorodopsin kirib, ular yorug’lik signalini
qabul qiladilar va uzatilishini ta’minlaydilar.
Boshqaruv oqsillari
va
peptidlarini
vazifasi to’liq o’rganilmagan bo’lib, giston va
repressorlar, inisirlash va elongirlash omillari kiradi. Tabiiy peptidlar
karnozin va anserin ham shu guruhga kiradi.
Zahira oqsillari
oziq
manbaini saqlash vazifasini bajarib, tuxum oqsili albumini, sut
kazeini, bug’doy gliadini, arpa gordeini va ferritin (o’t pufagida temir
“depo”si)lar kiradi. Oqsillar inson ozuqasi va hayvonlar yemishining
asosiy tarkibiy qismidir. Insonga o’rta hisobda bir kunda 70 gramm
oqsil zarurdir. Ozuqa yoki yemishni to’yimlilik darajasi aminokislota
tarkibiga bog’liqdir. Oqsillar bir-biri biln aminokislota tarkibi bilan
farq qiladi. Aminokislotalar o’z navbatida organizmda sintezlanadigan
va
sintezlanmaydigan
guruhlarga
bo’linadilar.
Organizmda
sintezlanmaydigan aminokislotalar almashinmaydigan aminokislotalar
guruhini tashkil etib, quyidagilar kiradi: gistidin, izoleytsin, leytsin,
lizin, metionin, fenilalanin, treonin, triptofan, valin va arginin. Ba’zi
organizmlar oz bo’lsa ham argininni sintez qilish qobiliyatiga
egadirlar.
Fermentlar oqsil moddalarni eng muhim sinfi bo’lib,
o’zlarining biologik vazifalar bo’yicha universaldir. Fermentlar tirik
hujayrada sodir bo’ladigan kimyoviy reaksiyalarni o’ziga xos va
yuqori samarali katalizatorlaridir. Hozirgi vaqtgacha bir necha ming
fermentlar tavsiflab o’tilgan bo’lib, mingdan ortig’i toza holatda
ajratib olingandir. Yuzlab oqsil-fermentlarni aminokislota ketma-
ketligi aniqlangan bo’lib, eng ma’lumlari rentgen tahlil usuli bilan
48
to’liq fazoviy tuzilishi aniqlangan. Hayot faoliyatini o’rganish
sohasidagi istalgan muammoni tekshirish albatta tegishli fermentlar
sistemasi bilan bog’liqdir. Fermentativ jarayonlar insoniyatga
qadimdan ma’lum dir. Yunonlar tomonidan bijg’itib vino olish keng
qo’llanilgan. Qadimgi dunyoning ko’pchilik halqlari o’simlik va
hayvon xomashyosiga ishlov berib non, sirka va pishloq olishni
bilganlar. Ammo enzimalogiya fanining zamonaviy rivojlanish davri
faqatgina
-asrni boshlaridan boshlangan. 1814 yilda rossiyalik
olim
K.Kirxgof
kraxmal unayotgan arpa donlari tarkibidagi ba’zi
moddalar ta’sirida shakarga aylanishini kuzatgan. Farang olimlari
A.Payen
va
J.Pirso
1833 yilda solod ekstraktidan olingan termolabil
omil kraxmalni gidrolizlash xossasiga ega bqlishini aniqlab uni
diastaza deb ataganlar. 1837 yilda
I.Berzellus
fermentlar tirik
organizmlar yetkazib beradigan katalizatrorlar ekanligini ko’rsatib
berdi. Ana shu vaqtda “
ferment”(lot.fermentatio-bijg’ish) va “enzim”
(yunoncha.
-achitqida)
terminlari paydo bo’ldi. 1897 yilda
nemis olimlari
H. Buchner
va
E.Buchner
lar achitqini infuzor tuprog’i
bilan aralashtirish natijasida olingan suyuqlik qandni bijg’itib spirt va
hosil qilishini ko’rsatib berdilar. Achitqi suyuqligi o’z tarkibida
fermentlarni murakkab aralashmasini (zimaza) tutib, bu fermentlar
hujayra ichida va tashqisida faoliyat ko’rsatishlari ma’lum bo’ldi.
Birinchi kristall holatdagi ferment amerikalik biokimyogar
J.Sumner
1926 yilda kanavali urug’laridan ajratib olgan ureaza fermentidir.
1930 yilda u pepsin, tripsin va ximotripsinni ajratib olib barcha
fermentlar oqsillar ekanligi ma’lum bo’ldi. Fermentlar molekulyar
massasi 10000 dan 1000000 gacha va undan yuqori bo’ladi. Ular bir
yoki bir necha polipeptid zanjirlaridan iborat bo’lib, o’z tarkibida
nooqsil tarkibiy qismlar(kofaktorlar) -metall ionlari, kichikroq organik
molekulalar vitaminlarni tutadilar. Fermentlar yuqori samarali
katalizatorlardir: ular reaksiya tezliklarini million va milliardlab marta
oshirishlari mumkin. Masalan, ureaza fermenti
mochevina gidrolizini 10
14
marta oshiradi. Fermentlar yuqori o’ziga
xos katalizatorlardir. Shu bilan bir qatorda ular substrat o’ziga
xoslikka ega bo’lib, yuqori stereoo’zigaxoslikni namoyon qiladilar.
49
Hozirgi paytda qabul qilingan tasniflashga asosan fermentlar
katalizlovchi reaksiyalarga ko’ra 6 sinfga bo’linadilar:
1.Oksidoreduktazalar.
2.Transferazalar.
3.Gidrolazalar( bir guruh atmolar ajralib chiqib qo’shbog’ hosil
qiilsh).
4.Liazalar(qo’shbog’ bo’yicha birikish).
5.Izomerazalar.
6.Ligazalar (sintetaza).
Fermentlar bir sinfni ichida kichik va eng kichik sinflarga bo’linadilar,
shu asosida ularni kodli raqamlash (shifr) qabul qilingan. Ferment
shifri to’rtta bir-biridan nuqta bilan ajratilgan raqamlardan iborat:
birinchi raqam ferment sinfini, ikkinchi va uchinchisi guruh va
subguruhni, to’rtinchisi esa fermentni subguruhcha pog’onalarini
tartib raqamini ko’rsatadi. Masalan, kislotali fosfataza
Dostları ilə paylaş: |