53
optimumiga egadirlar.
qoidasi bo’yicha kimyoviy
reaksiyalar tezligi harorat har 1 (
)
ga oshganda reaksiya tezligi
taxminan ikki marta ortadi. Bu qoida haroratni cheklangan
qiymatlarida fermentlarga ham tegishlidir.
Harorat
dan
ortganda issiqlik denaturasiyasi hisobiga oqsil katalizatorining
nofaollanishi sodir bo’ladi. Faollikni bunday jadal su’ratlarda
kamayishini asosiy sababi oqsillar uchun issiqlik denaturasiyasi Q
10
koeffitsientini yuqori qiymatga egaligidir. Termofil bakteriyalarni
fermentlari yuqori harorat optimumiga egadirlar. Fermentativ katalizni
muhim tomonlaridan biri shuki ferment substrat bilan ferment-substrat
kompleksi hosil qiladi va substratni kimyoviy o’zgarishi kompleks
tarkibida sodir bo’ladi. Bu kompleksda substrat fermentning
faol
markaz
deb ataluvchi ma’lum bir qismi bilan bog’lanadi va shu faol
markazda
substratni
mahsulotga
aylanishi
sodir
bo’ladi.
Fermentlarning faol markazlari umumiy belgilarga egadir. Odatda faol
markaz ferment molekulasini kichikroq
qismini egallaydi hamda
ferment globulasida yoriq yoki botiq ko’rinishidagi shaklga ega
bo’ladi. Faol markaz bir-biridan olisda joylashgan polipeptid
zanjirdagi aminokislota birliklari hisobiga vujudga keladi. Shartli
ravishda faol markazda
bog’lovchi va katalitik markazlarni
ajrtish
mumkin. Bog’lovchi qismni hosil qiluvchi aminokislotlar substratni
faol markazda ushlab turilishini ta’minlaydilar.
Substrat va faol
markaz o’rtasidagi bog’lanish elektrostatik, vodorod, gidrofob va van-
der-vaals kuchlar hisobiga amalga oshadi. Fermentning katalitik
markazida katalizda ishtirok etuvchi aminokislotalar joylashadi.
Katalitik guruhlar sifatida odatda ionogen guruhlar hisoblanadilar.
Fermentativ va kimyoviy kataliz asoslari o’rtasida deyarli farq
yo’q, ularning kimyoviy mexanizmlari bir xildir. Lekin shunga
qaramay normal bosimda suvli eritmalarda
da fermentlar
samarali katalizatorlardir. Buni tushuntirish uchun ferment-substrat
kompleksini hosil bo’lishi hisobiga
amalga oshadigan bir necha
omillar keltiriladi: yaqinlashish, yopishish va yo’nalish. Bu omillar
reaksiya
energetik
barherini
kamaytiradilar.
D.Koshland
ni
“indutsirlangan to’g’ri kelish”
ta’limotiga
ko’ra substratni
54
bog’lanishida fermentni konformasiyasi shunday o’zgaradiki, bunda
katalitik guruhlar katalizni samarali sodir bo’lishini ta’minlovchi
holatni egallydilar. Substrat tomonidan amalga oshiriladigan ferment
konformasiyasini o’zgarishi erkin ferment
uchun ham ruxsat etilgan
holatlarda sodir bo’ladi. Ferment ta’sirini samaradorligiga oralatma
kislota-asos hamda nukleofil kataliz katta hissa qo’shadi. Mikromuhit
omili ham katta ahamiyatga ega. Eng ko’p tarqalgan ta’limotga binoan
energetik barerni kamayishi substrat tuzilishini substrat-ferment
kompleksida oraliq holat tuzilishiga yaqin kelishi bilan tushuntiriladi.
Dostları ilə paylaş: