Sotsializm yemirilishining sabablari va oqibatlari.
Hozirgi kunda barcha
xalqlar va davlatlar yer yuzida bo’layotgan voqealar, taraqqiyot jarayonlari bilan
uzviy bog’langan sharoitda yashamoqdalar. Chunki, dunyoning u yoki bu
mintaqasida bo’layotgan keskinlik albatta, qo’shni mintaqalarda ham o’z ta’sirini
ko’rsatishi tabiiydir. Mamlakatimizning Birinchi Prezidenti I. A. Karimovning
223
2000- yil sentabrda BMT Bosh Assambleyasida so’zlagan nutqini eslash joizdir.
“Kimki qandaydir tor xavfsizlik qobig’iga o’ralib, bu Yevropa, Amerika yoki
boshqa biron mintaqaga taalluqli deya “o’zga” davlatlar muammolaridan go’yo
chetda turishga intilayotgan bo’lsa, mavjud voqelikdan tamomila yiroqdir, bugun
dunyo mamlakatlari bir-biri bilan uzviy bog’liq va ajralmasdir”. Shu sababli sodir
bo’lgan bunday o’zgarishlarni chuqurroq o’rganib, ularga o’z munosabatimizni
bildirishimiz muhimdir. XX asrning oxirida yuz bergan buyuk voqea sifatida
tarixga kirgan sotsializm tizimining yemirilishi shubhasiz tarixchilarning diqqat
markazida turishi tabiiydir. Markaziy va Janubi-Sharqiy Yevropadagi sotsialistik
davlatlarda shuningdek, SSSRda yuz bergan o’zgarishlar jarayonining kelib
chiqish sabablari va oqibatlarini chuqur o’rganish hamda tegishli xulosalar
chiqarish, amalga oshirilayotgan islohotchilik harakatlarini qiyosiy ravishda tahlil
qilish nihoyatda ahamiyatlidir.
Aftidan, 1989-yil 1848-yilga o’xshab tarixda ramziy yil bo’lib qoldi.
Markaziy va Janubi-Sharqiy Yevropa ko’z o’ngimizda o’zgarib ketdi, ommaning
kuchli harakatlari natijasida avtoritar tuzumlar quladi, kommunistik partiyalarning
yakka hukmronligiga chek qo’yildi. Ba’zan fojiali va oldindan aytib bo’lmaydigan
voqealar sodir bo’ldi.
Shuni ham aytib o’tish kerakki, sobiq sovet kishilarining aksariyati uchun
voqealarning bunday burilish olishi kutilmagan hol bo’ldi va deyarli
esankiratuvchi ta’sir ko’rsatdi. Buni shunday tushuntirsa bo’ladi: Markaziy va
Janubi-Sharqiy Yevropa davlatlarida va SSSRda keyingi yillarda yuz bergan real
ichki jarayonlar, aytish mumkin, Vengriya va Pol’shani istisno qilganda, ular
o’rtasidagi o’zaro munosabatlar va hamkorlikning murakkab muammolari sovet
ommaviy axborot vositalarida aynan mushohada qilinmadi hamda yoritilmadi.
Ular o’tmishning ayanchli an’analariga mahliyo bo’lib, odatda bu mamlakatlardagi
ishlarning haqiqiy ahvolini ancha bo’yab tasvirladilar, bunda yaqinda
hokimiyatdan chetlashtirilgan doiralarning rasmiy nuqtai nazarini ifodaladilar. Shu
bilan bir vaqtda u yerda sotsial keskinlik kuchaya bordi, oxiri 1989-yilning oxirida
bo’ronga aylandi va totalitar hamda avtoritar boshqaruv rejimlariga chek qo’yildi.
224
Markaziy va Janubi-Sharqiy Yevropadagi, shuningdek, SSSRdagi muhim
o’zgarishlar jarayoni kontinentdagi muqitni tubdan o’zgartirib yubordi. Sovuq
munosabatlar urushiga chek qo’yilib, G’arb bilan Sharq o’rtasida ishonch ruhi
vujudga keldi, German davlatlarining birlashish jarayonini tezlashtirdi, mustaqil
davlatlarning tashkil topishiga zamin tayyorladi.
Avvalo shuni aytib o’tish kerakki, sobiq sotsialistik mamlakatlardagi
o’zgarishlar jarayoni jamiyatdagi inqirozlar oqibatida, xalqlarning uzoq yillar
davomida yetilib kelgan pinhoniy noroziliklari natijasida yuzaga keldi. Demak,
XX asr 40-yillar oxirida “sotsialistik” inqiloblar g’alaba qilgan va forma jihatidan
sotsialistik tuzum o’rnatilgan davlatlarda ommaning antiavtoritar va antitotalitar
chiqishlari bu tizimning taqidirini hal qildi. Bunday o’zgarishlar Ruminiyadan
tashqari boshqa sotsialistik davlatlarda qon to’kishlarsiz amalga oshirildi.
Demak, sotsialistik davlatlardagi o’zgarishlar jarayoni birdaniga yuzaga
kelgan yo’q, buning boshlanishini oldingi 10 yilliklardan izlamoq kerak. Bu haqda
mutaxassislarning bir necha marta bahslari va munozarali tortishuvlari bo’lib
o’tganligini eslash joizdir. Unda sotsialistik davlatlarda yuz berayotgan va yetilib
kelayotgan inqirozli jarayonlar muhokama qilingandi, undan qutulish yo’llari
qidirilgandi. Biroq olimlarning fikrlari ma’muriy-buyruqbozlik apparati rahbarlari
tomonidan inobatga olinmadi. Natijada, 1989-yilning oxiridagi voqealarning
shiddatli kechishi GDR, Ruminiya, Bolgariya, Chexoslovakiya, Pol’sha va
Vengriyada mavjud bo’lgan sotsialistik tuzumni ostin-ustun qilib tashladi. Bu
voqealar ushbu davlatlarda siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy inqirozlarning yuqori
cho’qqisiga chiqqanligining oqibati bo’ldi. Yana shuni ta’kidlash lozimki, ushbu
jarayonlar yuz berishining asosiy sababi, Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda
asosan, 1947–1948-yillarda sotsializm qurish sovetcha modelining ushbu
davlatlarga aynan ko’chirilishi oqibatida bo’ldi. Jamiyatni boshqarishning
Stalincha ma’muriy-buyruqbozlik usulining mahalliy va milliy xususiyatlarni
hisobga olmay Markaziy va Janubi-Sharqiy Yevropadagi sotsialistik davlatlar
hayotiga aynan ko’chirilishi noto’g’ri ekanligini hayotning o’zi ko’rsatdi. To’g’ri
o’sha paytda sotsializm qurishning sovetcha modelidan boshqa yo’l yo’q edi, bu
225
yo’l yagona, to’g’ri yo’l deb qabul qildirilgandi. Biroq, ushbu sovetcha yo’lni
qabul qildirishda xalqlarning ko’p mingyillik milliy an’analari, urf-odatlari va
qadriyatlari, mahalliy sharoitlari va milliy xususiyatlari, diniy e’tiqodi va
chegaralari hisobga olinmadi.
Yevropada sotsializm yo’liga o’tgan davlatlarda mavjud sovet modelini ko’p
Dostları ilə paylaş: |