Mikrobiologiya va immunologiya


Homila va yangi tug‘ilgan chaqaloqlar infeksiyasi



Yüklə 2,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/46
tarix21.12.2023
ölçüsü2,61 Mb.
#188224
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46
Umumiy mikrobiologiya

Homila va yangi tug‘ilgan chaqaloqlar infeksiyasi. 
Bachadon yo‘ldosh to‘sig‘i orqali onadan homilaga o‘tadigan infeksiyalar 
germinativ infeksiyalar deyiladi. Ona qornida rivojlanayotgan homila infeksiyasi – 
prenatal, tug‘ishdan avval kelib chiqadigan infeksiyalar intranatal, chaqaloq 
davrida, tashqi muhit bilan aloqa natijasida kelib chiqadigan infeksiyalar postnatal 
yoki neonatal infeksiyalar deyiladi.
S.V.Prozorovskiy va boshqalar yuqumli kasalliklarning tarqalishiga ko‘ra 
quyidagilarga bo‘lishadi: 
1.
Sporadik – 100000 aholiga yakka- yakka holati (m: toshmali terlama). 
2.
Boshqarib bo‘lmaydigan tarqalgan kasalliklar – 100000 aholiga 20 dan 
kam kasalliklar (gazli gangrena, psevdotuberkulez). 
3.
Boshqariladigan tarqoq kasalliklar – har 100000 aholiga 20-100 tagacha 
kasallanish holati. 
4.
Ko‘pchilik – 100000 aholiga 100dan ortiq kasallanish (OITS). 
Yuqumli kasalliklarni ekologik – epidemiologik tasniflash. 
Odamlar yuqumli kasalliklarni ekologik- epidemik bo‘linishida eng avvalo 
qo‘zg‘atuvchining tabiatda yashash muhitning (manbasini) hisobga olmoq kerak. 
Asosan 3 ta maxsus yashash muhiti ajratiladi: odam organizmi (antroponozlar), 
hayvon organizmi (zoonozlar), tashqi muhit (sapronozlar). 


95 
Antroponozlarda odam qo‘zg‘atuvchining yagona tabiiy o‘chog‘i va kasallik 
manbasi hisoblanadi. Bu infeksiyalar ichak, qon, respirator, tashqi qoplama 
infeksiyalar va vertikal infeksiyalar kiradi. 
Zoonozlarda qo‘zg‘atuvchining tabiatdagi asosiy manbasi bo‘lib, hayvonlar 
xizmat qiladi. Zoonozlar quyidagi ekologik-epidemik guruhlarga bo‘linadi: 
a) uy hayvonlari kasalliklari (qishloq xo‘jaligi); 
b) sinantrop hayvonlar kasalliklari (asosan kemiruvchilar); 
v) yovvoyi hayvonlar kasalliklari. 
Antropozoonoz infeksiyalar odam va hayvonlarga yuqadi. Bunda bakteriya 
tashuvchi odam hamda hayvonlar infeksiya manbai bo‘lib xizmat qiladi. 
Sapronozlarda qo‘zg‘atuvchining asosiy manbasi tashqi muhit substratlari 
(tuproq, suv va boshqalar) hisoblanadi. 

Yüklə 2,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin