88
rekonvalessentlarning chiqindilari orqali tushishi.
Endogen infeksiya
- ma’lum bir sharoitda odamning
normal mikroflorasiga
kiruvchi shartli patogen mikroorganizmlarning kasallik qo‘zg‘ashi. Bunday holat
ko‘pincha har xil sabablarga ko‘ra, masalan, organizmning himoya omillari
susayganda, uzoq vaqt antibiotiklar olganda yuz beradi.
Autoinfeksiya
- endogen infeksiyaning bir turi bo‘lib, odam mikroflorasi bir
biotopdan ikkinchisiga ma’lum bir sabablar bilan tushganida yuzaga keladi.
Masalan, ifloslangan qo‘l bilan ko‘zni ishqalaganda.
Patogen mikroorganizmlarning mahsus belgilari.
Patogenlik
- mikrobning irsiy determinantalashgan potensial kasallik chaqira
oladigan qobiliyatiga aytiladi yoki patogenlik- turga xos, nasldan-naslga beriluvchi
xossadir.
Bir turdagi mikrob o‘ziga xos infeksion jarayon chaqiradi.
Infeksion
jarayonning xususiyligi bu yaxshi belgi bo‘lib, u yordamida qo‘zg‘atuvchilarni
organizmda joylanishini ayrim hujayra va organlarni tanlab ta’sir etishini,
kasallikni klinik belgilarini, mikroblarni organizmdan ajralib chiqish yo‘llarini va
immunitetni hosil bo‘lishini bilib olamiz.
Virulentlik
–shtammga xos belgi bo‘lib, patogenlik darajasiga aytiladi.
Patogen mikroblarning virulentligi ham o‘zgarib turadi. Uni kuchaytirish va
pasaytirish mumkin. Agar virulentligi past bo‘lgan
mikroblarni, ularga sezgir
hayvonlarga bir necha marta passaj qilinsa, transduksiya,
transformatsiya,
konversiya yo‘li bilan virulentlikni ko‘paytirish mumkin. Agar virulentli
mikroblarga turli tashqi omillar ta’sir ettirilsa (dezinfektorlar, immun zardoblar)
virulentlik pasayadi. Virulentligi pasaytirilgan mikroblar turli vaksinalar
tayyorlashda ishlatiladi. Patogen mikroblarning virulentligini ta’riflash uchun
o‘lchov birligi qabul qilingan. O‘lchov birligini qilib, DLM – dosis letalis
minima
olingan, bu sezgir hayvonlarni ma’lum vaqt ichida o‘ldira oladigan mikroblarning
eng oz miqdori. DSL - dosis certa letalis laborator hayvonlarning hammasini 100%
o‘ldiradi. Hozirgi vaqtda DL
50
birligi ishlatilmoqda,
bunda zararlantirilgan
hayvonlarning 50% o‘lishi kerak.
89
Organizmda kasallik chaqiradigan patogen mikroblarning ma’lum miqdoriga
infeksion doza
deyilidi. Virulentlik mikroblarning turli xususiyatlarini yig‘indisi
bo‘lib, u mikrobning invazivlik, toksigenlik, kapsula hosil qilish,
adgeziya,
kolonizatsiya xususiyatlariga bog‘liq.
Adgeziya
- mikroorganizmlarni sezuvchan hujayra yuzasiga so‘rilishi,
yopishishi xossasidir. Bunga kiprikchalar, tukchalar ma’sul.
Kolonizatsiya
- patogen mikroorganizmlarni moyil organizmda ko‘payishi.
Invazivlik
- patogen mikroorganizmlarni organizmning limfoid, epiteliy, asab
va hujayra to‘qimalariga kira olish qobiliyati va infeksiyaning tarqalishi. Invazivlik
patogen mikroblar tomonidan ishlab chiqarilgan patogenlik fermentlari tomonidan
amalga oshiriladi:
-
gialuronidaza – qo‘shuvchi to‘qimalardagi gialuron kislortasini emiradi;
-
neyraminidaza
–
glikoproteidlar,
glikopeptidlar,
polisaxaridlar,
turli
to‘qimalardan neyramin kislotasini ajratadi va ularning mikroblar uchun
o‘tkazuvchanligini oshiradi;
-
fibrinolizin – odam qoni fibrinini gidrolizlaydi va qon bilan tarqalishini
ta’minlaydi;
-
letsitinaza – hujayra qobig‘i tarkibiga kiradigan letsitinni parchalaydi va shu
bilan o‘tkazuvchanligini oshiradi.
Dostları ilə paylaş: