MIKROBGA ALOQADOR BO‘LMAGAN OVQATDAN ZAHARLANISHLAR Mikrobga aloqador bo‘lmagan ovqatlanishdan zaharlanishlarga o‘simlik mahsulotlaridan (qo‘ziqorinlar,
zaharli o‘simliklar, g‘alla urug‘lari) zaharlanish, hayvon mahsulotlaridan (baliq, asal, qoramolning buyrak usti
va me’da osti bezlari) va boshqa mahsulotlarga aralashgan zaharli, kimyoviy moddalardan zaharlanishlar
kiradi.
ZAHARLI O‘SIMLIK MAHSULOTLARIDAN ZAHARLANISH Qo‘ziqorinlardan zaharlanish. Qo‘ziqorinlardan zaharlanish. Qo‘ziqorinlardan zaharlanish.
Qo‘ziqorinlardan zaharlanish. Qo‘ziqorinlardan zaharlanish. Odatda, qo‘ziqorinlardan zaharlanish yakka yoki
oilaviy zaharlanish ko‘rinishida o‘tadi. Qo‘ziqorinlardan zaharlanish, asosan, erta bahorda va yoz oxirida
kuzatiladi. Erta bahorda zaharli struchkini yanglishib iste’mol qilinadi. Yoz oxirida zaharlanish boshqa
fasllarga nisbatan ko‘proq uchraydi. Qo‘ziqorinlardan zaharlanish og‘ir kechadi va o‘lim hodisalari uchraydi.
Zaharli qo‘ziqorinlarga oq poganka, muxomor, struchki va boshqalar kiradi.
Oq poganka. Uning uch, ya’ni yashil (Amanita-pholloides) sariq (Amonita-toppa), oq (Amonita-verna)
turi bor. Bu qo‘ziqorinlar iyul oyidan oktabrgacha o‘sadi, avgust oyida juda ko‘p chiqadi. Kasallik 7—20 soat,
o‘rtacha 12 soatlik yashirin davrdan so‘ng o‘tkir qorin og‘rig‘i bilan boshlanadi, og‘riq zo‘rayib tez-tez ich
ketadi, ketma-ket qayd qiladi, najas sariq ko‘kimtir yoki loyqasimon ko‘kimtir, tez orada shilimshiqli —
suvdek, lekin hidsiz bo‘lib qoladi. Behollik kuchayadi, tashnalik avjiga chiqadi, ichilgan suv qusganda qaytib
tushadi. Suvsizlanish oqibatida bemorning ko‘zlari kirtayib, rangi bo‘zarib ketadi, so‘ngra ko‘kimtir tusga
kiradi, talvasa tutadi, oyoq-qo‘llari muzlaydi. Harorat, odatda, o‘zgarmaydi, bolalarda ba’zan 38°C gacha
chiqadi. Og‘ir hollarda 2—3 kun falajdan keyin yurak butkul to‘xtaydi.
Muxomorlar .
Muxomorlardan zaharlanish juda kam uchraydi, chunki uni iste’mol qilsa bo‘ladigan qo‘ziqorinlardan
ajratish juda oson. Zaharlanish qo‘ziqorin iste’mol qilingandan keyin 1—4 soatli yashirin davri bilan
boshlanadi. Bemor g‘araq-g‘araq terlaydi, so‘lagi oqadi, ko‘zi yoshlanadi, ko‘ngli behuzur bo‘ladi, tez-tez
qusadi, tinmay ichi ketadi. Keyinchalik bosh aylanadi, tez-tez esi kirarli-chiqarli bo‘lib qoladi, bemor bezovta
bo‘ladi, alahlaydi, ko‘ziga narsalar ko‘rinadi, mast odamga o‘xshab yuradi. Ko‘pincha tuzalib ketadi.
SSttrruucchhkkii SSttrruucchhkkii Struchki (Gyromitra esculenta). Oq pogankaga nisbatan zaharsizroq.
74
Struchki bilan zaharlanganlarning 26%i o‘lim bilan tugaydi. Aprel, may hamda iyul oyi boshlarida, yangi
terilgan qo‘ziqorindan tayyorlangan taomlarning yoki qo‘ziqorin marinovkasini iste’mol qilganda zaharlanish
qayd qilingan. Kasallik 6—10 soatlik yashirin davrdan so‘ng yuzaga chiqadi. Me’da achishib og‘riydi, ko‘ngil
ayniydi, bemor qusadi, ba’zan ichi ketadi, 2—3- kuni bo‘shashadi, keyin 2—3- kun rangi sarg‘ayadi. Bemor
yengil zaharlanadi: xushdan ketish, alahsirash, talvasa tutish kuzatiladi. Yurak faoliyati susayib ketadi.