4. Sun'iy intelekt tizimining xususiyatlari A. Ichki interpretatsiya, Tarkiybilik, Faollik



Yüklə 121,3 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/10
tarix21.12.2023
ölçüsü121,3 Kb.
#188774
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
12-Robototexnologiyalar



213
4. Sun'iy intelekt tizimining xususiyatlari 
A. Ichki interpretatsiya, Tarkiybilik, Faollik 
B. Tarkiybilik , Faollik, Aniqlilik , Bog'liqlik 
C. Ichki interpretatsiya, Tarkiybilik, Bog'liqlik, Faollik 
D.Tarkiybilik, Faollik , Aniqlik va bog'liqlik 
5. Qaysi kompaniya birinchilardan sun'iy intelekt yaratishga 
kirishgan va boshqa sun’iy intellekt yaratayotgan kompaniyalarni 
moliyaviy qoʻllab turadi? 
A. Google 
B. Facebook 
C.Apple 
D. IBM 
6. 1950-yillarda yaratilgan, nerv toʻqmalarini modellashtiruvchi 
chegaraviy qurulma nomi nima? 
A. Bionik 
B. Neyrokibernetika 
C. Deep Blue
D. Perseptron 
7. EHM lardan foydalanib, fikrlash faoliyatini oʻzini emas, balki 
jarayonning natijasini kuzatuvchi dasturni yaratish bu- .... 
A. Pragmatik 
B. Neyrokibernetika 
C. MYCIN 
D.Amazon 
8. Telefon va boshqa qurulmalari allaqachon sun’iy intellektga ega 
boʻlgan kompaniya qaysi? 
A. Apple 
B. Samsung 
C. Nuance 
D. Numenta 


214
Robototexnika 
Reja:
1.
Robototexnika va uning paydo boʻlishi 
2.
Robototexnikaning tasniflanishi
3.
Robototexnikaning foydalanish sohalari
Robototexnika (inglizcha robotics; robot va texnikadan iborat) – bu 
avtomatlashtirilgan texnik tizimlarni ishlab chiqish bilan shugʻullanadigan 
va ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun eng muhim texnik asos boʻlgan 
amaliy fandir
70

Robototexnika elektronika, mexanika, kibernetika, telemexanika, 
mexatronika, informatika, shuningdek radio va elektrotexnika kabi 
fanlarga tayanadi. Qurilish, sanoat, tibbiyot, aviatsiya, maishiy va 
ekstremal (harbiy, kosmik, suv osti) robototexnikalar mavjud. 
“Robotika” soʻzi (yoki “robototexnika”, “robotics”) birinchi marta 
Ayzek Azimov tomonidan 1941 yilda chop etilgan “Yolgʻonchi” ilmiy –
fantastik hikoyasida ishlatilgan. 
“Robototexnika” atamasining negizi boʻlgan “robot” soʻzi 1920 
yilda chex yozuvchisi Karel Shapek va uning ukasi Yozef tomonidan Karel 
Shapekning “R.U.R” (“Rossum Universal Robotlar”) ilmiy fantastika 
pyesasida qoʻllanilgan. Ushbu pyesa birinchi marta 1921 yilda 
sahnalashtirilgan va tomoshabinlar tomonidan olqishlangan. Unda zavod 
egasi dastlab dam olmasdan ishlaydigan, lekin keyin esa oʻzlarining 
yaratuvchilarini yoʻq qiladigan koʻplab androidlar chiqarilishini yoʻlga 
qoʻyadi.
71
Agar soha tarixiga nazar tashlansa, robototexnika uchun asos boʻlgan 
ba’zi gʻoyalar yuqoridagi atamalar kiritilishidan ancha oldin qadimgi 
davrda paydo boʻlgan. Miloddan avvalgi I asrda yasalgan harakatlanuvchi 
haykallarning qoldiqlari topilgan. Gomer “Iliada”sida ta’kidlashicha, 
Gefest xudosi oltindan gapiruvchi xizmatkorlar yasab, ularga aql (ya’ni 
zamonaviy tilda – sun’iy ong) va kuch bergan. Qadimgi yunon mexanik va 
muhandisi Arxit Tarentskom uchishga qodir boʻlgan mexanik kabutarni 
70
Politexnicheskiy terminologicheskiy tolkoviy slovar / Sostavlenie: V. Butakov, I. Fagradyants. – М.: 
Polyglossum, 2014. 
71
Makarov, Topcheev, 2003, с. 101. 


215
yaratgan (mil. avv. 400 y.). Bundan ikki ming yil oldin, Geron 
Aleksandriyskiy “Singing Bird” (kuylovchi qush) avtomat mashinasini va 
qadimiy ibodatxonalar uchun bir qator harakatlanuvchi figuralar tizimini 
yaratgan
72
. 270 yilda qadimgi yunon ixtirochisi Ktesibiy klepsidra (yoki 
«oʻgʻirlangan vaqt») deb nomlangan maxsus suv soatlarini ixtiro qildi, u 
oʻzining ajoyib vositasi bilan zamondoshlarda katta qiziqish uygʻotgan. 
1500 yilda buyuk Leonardo da Vinchi arslon shaklidagi mexanik apparatni 
yaratdi, u qirol shaharga kirganda Frantsiya gerblarini ochishi kerak edi. 
18-asrda shveytsariyalik soat ishlab chiqaruvchisi P. Jake-Droz 40 tagacha 
harfdan iborat matnli xabarlarni yozish uchun mushtli barabanlar 
yordamida dasturlashtirilishi mumkin boʻlgan “Yozgʻich” mexanik 
qoʻgʻirchogʻini yaratdi. 1801 yilda frantsuz savdogari Jozef Jakkar oʻsha 
paytda rivojlangan toʻqimachilikda matolarga takroriy dekorativ naqshlarni 
oʻyish uchun teshiklari boʻlgan maxsus kartalar yordamida “dasturlash” 
mumkin boʻlgan ishlanmani taqdim etdi. 19-asr boshlarida ushbu ixtiro 
ingliz matematiki Charlz Babbidj tomonidan dastlabki avtomatik hisoblash 
mashinalaridan birini yaratish uchun gʻoya sifatida turtki boʻlgan. XX 
asrning 30-yillariga kelib, androidlar paydo boʻldi, ular oddiy harakatlarni 
bajarib, eng oddiy iboralarni odamning buyrugʻi bilan talaffuz qila oldilar. 
Shunday dastlabki ishlanmalardan biri 1927 yilda Nyu-Yorkdagi Jahon 
koʻrgazmasi uchun yaratilgan amerikalik muhandis D. Uekslining ixtirosi 
edi
73


Yüklə 121,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin