Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълими вазирлиги



Yüklə 2,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/173
tarix21.12.2023
ölçüsü2,56 Mb.
#189062
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   173
Xo\'jalik (tadbirkorlik) huquqi (B.Ibratov, I.Nasriyev)

subyektning 
mutlaq faoliyati
alohida o`rin tutadi. Mazkur munosabat obyektini 
shunday tushunmoq lozimki, xo`jalik subyektlari o`z xo`jalik faoliyatini 
qonunga muvofiq yuritadi va boshqa barcha shaxslar uning xo`jalik 
faoliyatini yuritishiga to`sqinlik qilishi taqiqlanadi. 
Xo`jalik huquqiy munosabatlar obyektlarining yana biri xo`jalik 
faoliyatida foydalaniladigan 
nomulkiy nematlar,
yani firma, tovar belgisi, 
tijorat siri va boshqalar hisoblanadi. Bunday nematlardan subyektlarning 
erkirodasidan tashqari hech bir shaxs foydalanishga, tovar ishlab 
chiqariladigan nomni o`zgartirishga, tijorat siri xususida axborot olishga 
haqli emas. 
Xo`jalik huquqiy munosabatlarining 
mazmunini
munosabatda 
ishtirok etuvchilarning subyektiv huquqlari va burchlari tashkil etadi. 
Subyektiv huquq deganda, muayyan huquqiy munosabatda qatnashuvchi 
shaxsga tegishli bo`lgan huquq tushuniladi. Subyektiv huquq obyektiv 
huquq normalari, yani davlat tomonidan o`rnatilgan tartib qoidalar asosida 
vujudga keladi va ularga muvofiq ravishda amalga oshiriladi. 
Subyektiv huquq shaxsga o`z xohishini erkin amalga oshirish 
imkoniyatini beradi. Masalan, fuqaro xususiy mulk asosida ashyodan 
foydalanishga yoki uni qonun hujjatlariga zid bo`lmagan tarzda o`z 
ixtiyoricha tusarruf qilishga haqli bo`ladi. Bundan tashqari, subyektiv 
huquq shaxsning boshqalardan o`z huquqlarini buzilmasligini talab qilish 
imkoniyatini nazarda tutadi. Masalan, mulk egasining subyektiv huquqi bir 
tomondan, o`z mulkini egallash, foydalanish va tasarruf etish bilan bog`liq 
www.ziyouz.com kutubxonasi


huquqlarni nazarda tutsa, ikkinchi tomondan, u subyektiv huquq egasi 
sifatida o`z huquqlarining buzilmasligini har kimdan talab qila oladi. 
Xo`jalik huquqiy munosabatlarning mazmunini huquqlar bilan bir qatorda 
majburiyatlar ham tashkil etadi. 
Majburiyat fuqarolik huquqiy munosabat bo`lib, unga asosan bir 
shaxs (qarzdor) boshqa shaxs (kreditor) foydasiga muayyan harakatni 
amalga oshirishga, chunonchi: mol-mulkni topshirish, ishni bajarish
xizmatlar ko`rsatish, pul to`lash va hokazo yoki muayyan harakatdan 
o`zini saqlashga majbur bo`ladi, kreditor esa qarzdordan o`zining 
majburiyatlarini bajarishni talab qilishga huquqiga ega bo`ladi. Bir 
shaxsda subyektiv huquqning bo`lishi, boshqa birovda bu huquqqa 
yarasha, albatta majburiyat bo`lishini taqozo qiladi va aksincha, har 
qanday majburiyat uni bajarishni talab qilishga haqli bo`lgan shaxsning 
mavjud bo`lishini bildiradi. Chunonchi, mulk egasi o`ziga qarashli mol-
mulkdan foydalanish huquqiga ega bo`lish bilan bir qatorda u boshqa har 
qanday shaxsdan bu huquqlardan foydalanishda to`sqinlik qilmasliklarini 
talab qila oladi. 
Xo`jalik 
huquqiy 
munosabatlarning 
vujudga 
kelish 
asosi 
sifatida

Yüklə 2,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin