Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълими вазирлиги


Xo`jalik (tadbirkorlik) huquqi manbalarining turlari



Yüklə 2,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/173
tarix21.12.2023
ölçüsü2,56 Mb.
#189062
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   173
Xo\'jalik (tadbirkorlik) huquqi (B.Ibratov, I.Nasriyev)

Xo`jalik (tadbirkorlik) huquqi manbalarining turlari
 
Xo`jalik huquqi manbalari turlari bo`lib Konstitusiyaga muvofiq 
qabul qilingan qonunlar va belgilangan tartibda chiqarilgan boshqa 
huquqiy hujjatlar hisoblanadi. Ular O`zbekistonning shu kecha-yu 
kunduzdagi iqtisodiy taraqqiyotini belgilovchi asosiy omillardan biri, 
bozorni tashkil etish, bozor iqtisodiyoti munosabatlarini rivojlantirish va 
uni qonun bilan kafolatlashga qaratilgandir. Qachonki bozor munosabatlari 
qonunlar bilan kafolatlanmas ekan, o`z-o`zidan malumki tovar ishlab 
chiqarish ham, xizmat ko`rsatish ham ko`ngildagiday rivojlanmaydi, 
buning natijasida undan moddiy manfaatdor bo`lishi ham susayadi, 
mulkdorlar sinfi shakllanmaydi. Bu o`z navbatida mustaqil davlatimizning 
iqtisodiy taraqqiyotiga to`sqinlik qiladi. Aholining moddiy va maishiy 
farovonligi taminlanishini qiyinlashtiradi. Shu sababli respublikamizda 
bozor iqtisodiyoti munosabatlarini borgan sari rivojlantirib borishga va 
uning taraqqiyotini qonun bilan kafolatlashga alohida etibor berilayapti. 
Ayniqsa, O`zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksini qabul 
qilinishi amalga kiritilishi bu borada muhim voqea bo`ldi.
1
Malumki, Fuqarolik kodeksining mulk huquqi, majburiyat huquqi, 
mulkning bir shaxs egaligidan ikkinchi shaxs egaligiga o`tishiga qaratilgan 
shartnomalar xususidagi qoidalari bevosita bozorni tashkil etishga, uni 
tovarlar va xizmatlar bilan to`ldirishga, xo`jalik subyektining bozor 
munosabatlarida erkin ishtirok etishini taminlashga qaratilgan. 
O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining mulk huquqi va 
boshqa ashyoviy huquqlar, majburiyat huquqi bo`limlari bevosita xo`jalik 
huquqiga doir bo`lgan qoidalarni o`zida mujassamlashtirgan. Mulkning 
mulkdor 
qo`lida 
bo`lishining 
faqat 
o`zigina 
bozor 
iqtisodiy 
munosabatlarini to`liq shakllantirmaydi, albatta.
Bozor iqtisodiyoti munosabatlari mulkdorlarning va mulkning 
bo`lishi bilan birga, shu mulkning ko`payishi bilan ularni ayribosh qilish 
bilan, mulkdorlarga xizmat ko`rsatish, bozor infrastrukturasining 
shakllanishi bilan birgalikda rivoj topadi. Ayniqsa Fuqarolik kodeksining 
majburiyatlarning ayrim turlarini tashkil etgan shartnomalarga oid 
qoidalari bu borada muhim ahamiyatga ega bo`ladi. Jumladan, mahsulot 
1
Ўзбeкистoн Рeспубликaси Фуқaрoлик кoдeкси. –Т.: Aдoлaт, 1996-й. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


yetkazib berish, qishloq xo`jalik mahsulotlarini xarid qilish kontraktasiya 
shartnomalari respublikamizda bozor iqtisodiyoti munosabatlarining 
bosqichma-bosqich shakllanib borishi bilan birga butunlay yangi 
munosabatga aylanadi. Bu shartnomalarni tuzish va ijro etish yuzasidan 
bo`ladigan davlat reja topshiriqlari, mamuriy buyruqbozlik asosida 
tovarlarni taqsimlash kabi cheklashlar butunlay olib tashlanadi. 
Ana shunga o`xshash mulk ijarasi, lizing, pudrat, qurilish pudrati, 
tashish, kredit, hisob-kitob va shunga o`xshash xo`jalik subyektlari 
ishtirokida tuziladigan shartnomalarga oid qoidalar bevosita xo`jalik 
huquqiga manba bo`ladigan qoidalardir.
Xo`jalik huquqining manbai bo`lib, O`zbekiston Respublikasining 
Havo kodeksi,
1
Xo`jalik prosessual kodeksi 
2
ham hisoblanadi. Havo 
kodeksida aeroportlar, havo transporti orqali tashish, korxona, tashkilot, 
muassasa va fuqarolarga bir martalik buyurtma asosida shartnomaga 
muvofiq xizmat ko`rsatishga doir qoidalar belgilangan. Xo`jalik prosessual 
kodeksi esa bevosita xo`jalik subyektlari o`rtasida va tadbirkorlar 
ishtirokidagi mulkiy nizolarni xo`jalik sudlari tomonidan hal qilishda 
qo`llaniladi. 
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan bir 
qator qonunlar xo`jalik huquqining manbai hisoblanadi. Bu qonunlarning 
aksariyati bozor munosabatlarini shakllantirishga xizmat qiladi. Ulardan 
bir guruhi mulk bilan bog`liq munosabatlarga doirdir. Jumladan, bozor 
iqtisodiyoti munosabatlarini qonuniy kafolatlashga qaratilgan mulkchilik 
to`g`risida: «Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish 
to`g`risida»
3
, «Ijara to`g`risida»
4
, «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining 
kafolatlari to`g`risida»
5
va boshqa shunga o`xshash bir qator qonunlar 
qabul qilingan. 
Qabul qilingan qonunlarning bir guruhi bozor iqtisodiyoti sharoitida 
xo`jalik subyektlarining huquqiy holatiga bag`ishlangan. Bunga misol 
sifatida O`zbekiston Respublikasining «Masuliyati cheklangan hamda 
qo`shimcha masuliyatli jamiyatlar to`g`risida»
6
, «Bank va banklar faoliyati 
to`g`risida»
7
, «Dehqon xo`jaligi to`g`risida»
8
, «Fermer xo`jaligi 
1
Ўзбeкистoн Рeспубликaси Oлий Кeнгaшининг Axбoрoтнoмaси, 1993 йил 6 сoн 247-мoддaси. 
2
Ўзбeкистoн Рeспубликaси Oлий Кeнгaшининг Axбoрoтнoмaси, 1993 йил 10 сoн 371-мoддaси. 
3
Ўзбeкистoн Рeспубликaси Oлий Кeнгaшининг Axбoрoтнoмaси, 1992 йил, Н 1, 43-мoддa; 1993 йил, Н 5, 236-
мoддa 
4
Ўзбeкистoн Рeспубликaси Oлий Кeнгaшининг Axбoрoтнoмaси, 1993 йил, №9, 329-мoддa 
5
Хaлқ сўзи. 2001 й. 22 янвaр. 
6
Ўзбeкистoн Рeспубликaси Oлий Мaжлисининг Axбoрoтнoмaси, 2002 йил, Н 1, 10-мoддa 
7
Ўзбeкистoн Рeспубликaси Oлий Мaжлисининг Axбoрoтнoмaси, 1996 йил, Н 5-6, 54-мoддa 
8
Ўзбeкистoн Рeспубликaси Oлий Мaжлисининг Axбoрoтнoмaси, 1998 йил, Н 5-6, 88-мoддa 
www.ziyouz.com kutubxonasi


to`g`risida»
1
, «Birja va birjalar faoliyati to`g`risida»
2
va boshqa qonunlarni 
qonunlarni ko`rsatib o`tish mumkin. 
Bundan tashqari bozor iqtisodiyoti munosabatlarini kafolatlashga 
qaratilgan: «Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat 
to`g`risida»
3
gi, «Tovar belgilari, tovar kelib chiqish joy nomi 
to`g`risida»
4
gi, 
«Standartlashtirish 
to`g`risida»
5
gi, 
«Meterologiya 
to`g`risida»
6
gi, «Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlash to`g`risida»
7
gi, 
«Xo`jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy huquqiy bazasi 
to`g`risida»gi qonunlari bu sohada muhim ahamiyatga ega bo`ladi. 
Xo`jalik huquqi manbalari turlaridan birini O`zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan qarorlar tashkil etadi. Bunga misol 
sifatida O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning 1995 yil 31 avgustidagi 
«Ayrim korxonalar va molmulkni davlat tasarrufidan chiqarish va 
xususiylashtirishning bazi masalalari haqida»gi qarorini keltirib o`tishimiz 
mumkin. Bu qaror bilan xususiylashtirilishi mumkin bo`lmaydigan mulk 
obyektlari sanab ko`rsatiladi. Ayniqsa, xo`jalik huquqining yangi 
sharoitlarda bozor iqtisodiyoti munosabatlari bilan birga rivojlanishida 
Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan Farmonlar ham muhim 
ahamiyatga 
ega 
bo`lib 
hisoblanadi. 
O`zbekiston 
Respublikasi 
Konstitusiyasi 94-moddasida, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti 
Konstitusiya va qonunlarga asoslanib, ularni ijro etish yuzasidan 
Respublikaning butun hududida majburiy kuchga ega bo`lgan Farmonlar, 
qarorlar va farmoyishlar chiqaradi, deb belgilangan. Bunga misol 1999 yil 
28 iyundagi «Moliya xo`jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va 
qonunchilikda belgilangan muddatlarda o`zlarining ustav jamg`armalarini 
shakllantirmagan korxonalarni tugatish tartibini soddalashtirish chora-
tadbirlari to`g`risida»gi, 1999 yil 23 iyuldagi «Korxonalar bankrotligi va 
sanatsiya mexanizmini takomillashtirish to`g`risida», 2000 yil 2 avgust 
«O`zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni 
rivojlantirish davlat qo`mitasini tashkil etish to`g`risida»gi, 2005 yil 14 
iyundagi «Bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada 
erkinlashtirish sohasidagi ustuvor yo`nalishlar amalga oshirilishini 
jadallashtirish chora-tadbirlari to`g`risida», 2005 yil 14 iyundagi 
1
"Ўзбeкистoн Рeспубликaси қoнун ҳужжaтлaри тўплaми", 2004 йил, 40-41-сoн, 433-мoддa. 
2
Ўзбeкистoн Рeспубликaси Oлий Мaжлисининг Axбoрoтнoмaси, 2001 йил, Н 9-10, 171-мoддa; 
3
Ўзбeкистoн Рeспубликaси Oлий Мaжлисининг Axбoрoтнoмaси, 1997 йил, Н 2, 54-мoддa 
4
Ўзбeкистoн Рeспубликaси Oлий Мaжлисининг Axбoрoтнoмaси, 2001 йил, №9-10, 178-мoддa 
5
Ўзбeкистoн Рeспубликaси Oлий Кeнгaшининг Axбoрoтнoмaси, 1994 йил, Н 2, 46-мoддa 
6
Ўзбeкистoн Рeспубликaси Oлий Кeнгaшининг Axбoрoтнoмaси, 1994 йил, Н 2, 48-мoддa, 
7
Ўзбeкистoн Рeспубликaси Oлий Кeнгaшининг Axбoрoтнoмaси, 1994 йил, Н 2, 50-мoддa 
www.ziyouz.com kutubxonasi


«Tadbirko rlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimini yanada 
takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi, 2005 yil 20 iyundagi 
«Mikrofirmalar va kichik korxonalarni rivojlantirishni rag`batlantirish 
borasidagi qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida» 2005 yil 24 iyundagi 
«Tadbirkorlik subyektlarining xo`jalik sohasidagi huquqbuzarliklari uchun 
moliyaviy javobgarligini erkinlashtirish to`g`risida» gi Farmonlarini 
ko`rsatish mumkin. 
Xo`jalik 
huquqining 
manbalaridan 
yana 
biri 
O`zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi chiqaradigan normativ hujjatlardir. 
O`zbekiston 
Respublika 
Konstitusiyasining 
98-moddasida 
belgilanganidek, Vazirlar Mahkamasi amaldagi qonunlarga muvofiq 
O`zbekiston Respublikasi hududidagi barcha organlar, korxonalar, 
muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan 
bajarilishi majburiy bo`lgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi. Ushbu 
qarorlarda xo`jalik huquqi subyektlarining huquqiy holati, ularning mulk 
huquqi va bozorni tashkil etish, tovar ishlab chiqarish va xizmatlar 
ko`rsatish bilan bog`liq faoliyatlarni tashkil etish, rivojlantirishning chora-
tadbirlari belgilanadi. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
qarorlariga misol tariqasida quyidagilarni ko`rsatish mumkin: 
2000 yil 2 avgust «O`zbekiston Respublikasi monopoliyadan 
chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo`mitasi faoliyatini tashkil 
etish to`g`risida», 2000 yil 14 avgust «Ijtimoiy muhim oziq-ovqat 
tovarlarini import qilish va sotishni tartibga solish chora-tadbirlari 
to`g`risida», 2002 yil 20 avgustdagi «Lisenziyalashni bekor qilish hamda 
istemol tovarlarni olib kelish va ularni ichki bozorda sotishni 
takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi, 2005 yil 9 avgust 
O`zbekiston Respublikasining xo`jalik yurituvchi subyektlari tomonidan 
xorijiy mamlakatlardagi ular tashkil etgan savdo uylari, vakolatxonalar, 
korxonalar orqali, shuningdek O`zbekiston Respublikasi savdo-sanoat 
palatasining xorijiy mamlakatlardagi savdo-investisiya uylari orqali olib 
chiqilayotgan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish tartibi to`g`risidagi 
Nizomni tasdiqlash haqida qarorlari. 
Bundan tashqari, O`zbekiston Respublikasi vazirliklari va davlat 
qo`mitalari o`z vakolatlari doirasida qabul qilgan huquqiy hujjatlari ham 
xo`jalik huquqi manbasi sifatida ko`riladi. Ayniqsa, mahalliy hokimiyat va 
idora etish organlari o`z hududi doirasida kuchda bo`ladigan huquqiy 
hujjatlar ham bu borada muhim ahamiyatga ega bo`ladi.
O`zbekiston 
Respublikasi 
Konstitusiyasining 
111-moddasida 
mulkchilikning turli shakllariga asoslangan korxonalar, muassasa, 
www.ziyouz.com kutubxonasi


tashkilotlar o`rtasidagi, shuningdek tabdirkorlar o`rtasidagi iqtisodiyot 
sohasida va uni boshqarish jarayonida vujudga keladigan xo`jalik 
nizolarini hal etish Oliy xo`jalik sudi va xo`jalik sudlari tomonidan 
ularning vakolatlari doirasida amalga oshiriladi deb ko`rsatilgan. Xo`jalik 
sudlarida ko`rilgan ishlarning to`g`ri va aniq hal etilishi yuzasidan sud 
amaliyotini umumlashtirib Oliy xo`jalik sudi plenumida qarorlar qabul 
qilinadi. Bunday qarorlar xo`jalik huquqi uchun manba bo`lmasada, 
qonunlarni xo`jalik sudlari tomonidan to`g`ri tatbiq etib, xo`jalik nizolarini 
tez va to`g`ri hal etishda muhim qo`llanma vazifasini o`taydi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, xo`jalik sohasida normativ 
hujjatlarni qabul qilish vakolati berilgan organlarning juda ko`pligiga 
ishonch hosil qilish mumkin. Bu organlar xo`jalik sohasida hozirgi kunda 
qabul qilinayotgan normativ hujjatlar muayyan tizimiga ega emas. Shu 
bilan birga qabul qilinayotgan normativ hujjatlarda takrorlanish, birini 
ikkinchisiga nisbatan zid qoidalarini ham uchratish mumkin. 
Bu esa bir xil xo`jalik munosabatini huquqiy tartibga solishda 
chalkashliklarni kelib chiqishiga sabab bo`ladi. Ushbu muammo yechimi 
quyidagilarni talab etadi:

Yüklə 2,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin