Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълими вазирлиги


 BOB. XO`JALIK (TADBIRKORLIK) HUQUQINING MANBAI



Yüklə 2,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/173
tarix21.12.2023
ölçüsü2,56 Mb.
#189062
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   173
Xo\'jalik (tadbirkorlik) huquqi (B.Ibratov, I.Nasriyev)

2 BOB. XO`JALIK (TADBIRKORLIK) HUQUQINING MANBAI 
 
Xo`jalik (tadbirkorlik) huquqi manbai tushunchasi 
 
O`zbekiston Respublikasidagi huquq tizimining manbai bu vakolatli 
organlar tomonidan belgilangan tartibda qabul qilinadigan qonunlar va 
chiqariladigan huquqiy hujjatlardir. Ana shu qonunlar va huquqiy hujjatlar 
eng avvalo, O`zbekiston xalqining erkini, xohishini ifoda etadigan huquqiy 
qoidalar yig`indisidir. Har bir fan uchun ana shu qonunlarning va huquqiy 
hujjatlarning qaysi biri yoki uning qanday qoidasi manba ekanligini ajratib 
olish kerak bo`ladi. Ayniqsa, bu masala xo`jalik huquqi uchun muhimdir. 
Chunki, xo`jalik huquqiy normalarini yagona tizimga soluvchi alohida 
huquqiy hujjat hozircha yo`q. Lekin shunday bo`lsada, mustaqil 
respublikamizning vakolatli organlari tomonidan qabul qilingan qator 
qonunlar va huquqiy hujjatlar borki, ularning deyarli juda katta qismi 
bevosita xo`jalik huquqining manbai bo`la oladi. 
O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi barcha huquqlar qatori 
xo`jalik huquqining asosiy manbaidir.
Eng avvalo, Konstitusiyaning 12-
bobi jamiyatning iqtisodiy negizlari xususida belgilangan qoidalari 
xo`jalik 
huquqining 
manbai 
bo`lib 
hisoblanadi. 
Jumladan, 
Konstitusiyaning ana shu bobining 53-moddasida «Bozor munosabatlarini 
rivojlantirishga qaratilgan O`zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil 
shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat istemolchilarning huquqi 
ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish 
erkinligini barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy 
jihatdan babbarobar muhofaza etilishini kafolatlaydi», - deb belgilangan. 
Shu bilan birgalikda Konstitusiyada xususiy mulkning boshqa mulk 
shakllari bilan bir qatorda davlat himoyasida bo`lishi, mulkdorning 
mulkiga o`z xoxishicha egalik qilishi, undan foydalanishi va uni tasarruf 
etishi (Konstitusiyaning 54-moddasi), yer, yer osti boyliklari, suv, o`simlik 
va hayvonot dunyosi va boshqa tabiiy zahiralarning umummilliy boylik 
bo`lishi (Konstitusiyaning 55-moddasi) kabi moddalari xo`jalik huquqiga 
bevosita manba bo`lib hisoblanadi.
Bundan tashqari xo`jalik huquqining manbai bo`lib Respublikamiz 
Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan boshqa qonunlar, Prezident 
farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda tegishli vakolatga 
ega bo`lgan idoralar tomonidan qabul qilingan huquqiy hujjatlar ham 
hisoblanadi. Xo`jalik huquqi manbai deb, xo`jalik subyektlari o`rtasida 
www.ziyouz.com kutubxonasi


kelib chiqadigan xo`jalik faoliyatiga oid munosabatlarni huquqiy tartibga 
soluvchi qonunchilik normalarining yig`indisiga aytiladi. 

Yüklə 2,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin