Xo`jalik huquqining Mamuriy huquq fanidan farqi shundaki, Mamuriy huquqning predmeti mamuriyatning buyruq hamda ijro faoliyati
bilan yani hokimiyat va itoat etish sohasidagi faoliyat bilan bog`liq
munosabatdir. Bunday munosabat itoat etuvchi quyi organlarga va
mansabdor shaxslarga o`z direktivalari orqali tasir etish, boshqarish, idora
etish kabi hokimiyatni amalga oshirish bilan izohlanadi. Xo`jalik
munosabatlarida esa buyruqbozlik faoliyatlari deyarli yo`q. Borlari ham
bozor munosabatlari shakllanib borgani sari tobora uzoqlashib, barham
topib, iqtisodiy munosabatlarga o`z o`rnini bo`shatib bermoqda. Shu
sababli davlat iqtisodiyotga o`zining tegishli organlari orqali (soliq,
imtiyoz, iqtisodiy sanksiya va h.k.) iqtisodiy tasir etish usullari bilan
rahbarlikni amalga oshiradi.
Xo`jalik huquqi Moliya huquqi fanidan tubdan farqlanadi. Moliya
huquqining predmetini moliya budjeti kirim-chiqimi (davlat daromadini
sarflash va tashkil etish davlat rejasi) bilan bog`liq munosabatlar tashkil
etsa, korxona va tadbirkorlarning daromad manbaini tartibga solish va
ulardan qayta ishlab chiqarish muomalasida foydalanish kabilar Xo`jalik
huquqining predmetini tashkil etadi. Tabiiyki, xo`jalik faoliyati ham
daromadlarni tashkil etish va ularni sarf qilishning alohida qoidalaridan
holi kelib chiqmaydi. Shu sababli, xo`jalik subyektlarining pul
mablag`larining bir qismi harakatda bo`lishini taminlash Xo`jalik huquqi
qoidalari bilan tartibga solinadi.
Xo`jalik subyektining daromadlaridan olinadigan soliqlarning
budjetga kelib tushadigan davlat daromadi moliya huquqining predmetini
tashkil etadi.
Shuningdek, xo`jalik huquqi konstitusiyaviy huquq, ekologiya va
qishloq xo`jaligi huquqi bilan bog`liq munosabatlarda ham o`ziga xos
xususiyatlari orqali butunlay farqlanadi.
Nazorat savollari: 1.
Xo`jalik (tadbirkorlik) huquqi tushunchasiga tarif bering.
2.
Bozor iqtisodiyotining shakllanishida xo`jalik (tadbirkorlik)
huquqining ahamiyati qanday?
3.
Xo`jalik (tadbirkorlik) huquqining predmeti nimalarni o`rgatadi?
4.
Xo`jalik (tadbirkorlik) huquqining tamoyillarini tasniflang.
5.
Xo`jalik (tadbirkorlik) huquqining boshqa huquqiy fanlardan
farqini tushuntirib bering.
www.ziyouz.com kutubxonasi